• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qirg‘iziston “Tolibon” bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ymoqda. Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Afg‘oniston hukumati vakillari bilan uchrashdi

    Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Talatbek Masadikov toliblar tomonidan tayinlangan Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttakiy bilan uchrashdi. Bu haqda “Tolibon” hukumati matbuot kotibi Zabihulla Mujohid o‘z Twitter’ida ma’lum qildi, deb yozadi Kloop.

    Talatbek Masadikov va Amir Xon Muttakiy

    Talatbek Masadikov va Amir Xon Muttakiy
    Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

    Uchrashuv Kobulda 23-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyatining tashqi siyosat bo‘limi rahbari Jeenbek Kulubayev ham qatnashgan.

    Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Masadikov Afg‘onistonga prezident Sadir Japarovning topshirig‘i bilan yetib kelgan. Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Qirg‘iziston delegatsiyasi “Kobulga Qirg‘iziston xalqi nomidan Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordam yetkazgan”.

    “Gumanitar yuk rasman bosh vazir birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi mulla Abdulg‘ani Barodarga topshirildi”, — deyiladi xabarda.

    Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati, shuningdek, Masadikov “Tolibon” siyosiy qanoti yetakchisi, dala qo‘mondoni mulla Abdulg‘ani Barodar bilan suhbatlashganini xabar qildi.

    “Tomonlar Afg‘onistondagi siyosiy vaziyatni muhokama qilib, mamlakatdagi va umuman mintaqadagi xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almashdi”, — deyiladi xabarda.

    Qirg‘iz tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, Abdulg‘ani Barodar Japarovga va Qirg‘iziston xalqiga taqdim etilgan gumanitar yordam uchun minnatdorlik bildirgan.

    “U Afg‘onistonning ehtiyojlarini alohida qayd etdi, chunki xalqaro hamjamiyat tomonidan va’da qilingan gumanitar yordam kelib tushganicha yo‘q, Afg‘oniston moliyaviy hisoblari esa hamon muzlatilgan holatda turibdi”, — deyiladi xabarda.

    Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmatiga ko‘ra, Abdulg‘ani Barodar qo‘shni mamlakatlar bilan ishonchni mustahkamlash zaruriyatini qayd etgan, “Tolibon” uchun mamlakatda tinchlik o‘rnatib, aholi hayotini yaxshilash uchun iqtisodiyot bilan shug‘ullanish muhimligini ta’kidlagan.

    Qirg‘iziston Markaziy Osiyoda “Tolibon” tomonidan tayinlangan hukumat bilan bunday darajada uchrashuv o‘tkazgan birinchi mamlakatga aylandi.

    Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat Afg‘onistonning “ichki ishlariga aralashmaslik” va bu mamlakat bilan “do‘stona aloqalarni saqlash” tarafdori ekanini aytgandi. Shuningdek, u mamlakatda vaziyat tezroq barqarorlashishi uchun Afg‘oniston yangi hukumati vakillari bilan turli masalalar bo‘yicha hamkorlikning ehtimoliy variantlari haqida muloqot olib borish zaruriyatini qayd etgandi.

    “Biz Afg‘onistondagi vaziyat tezda barqarorlashib, ushbu mamlakat xalqi uchun maqbul bo‘lgan davlat tuzumiga ega yangi inklyuziv hukumat shakllantirilishiga umid qilamiz”, — degan edi u.

    “Tolibon” hokimiyatni egallab olganidan keyin, Afg‘oniston bilan aloqalar o‘rnatishga avvalroq O‘zbekiston ham harakat qilib ko‘rgandi. 14-sentabr kuni O‘zbekiston Afg‘onistonga un, turli oziq-ovqat mahsulotlari, birlamchi zarur tovarlar, dori-darmonlar, kiyim-kechak va poyabzallardan iborat mazkur insonparvarlik yordamini yubordi.

    Mavzuga doir:

    • Qirg‘iziston Afg‘oniston fuqarolariga viza berishni cheklab qo‘ydi
    • Qirg‘iziston Afg‘onistondagi vaziyat tufayli Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegarani mustahkamlamoqda

    24.09.2021, 13:15   Izoh (0)   22123
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kataloniya sobiq rahbari Italiyada qo‘lga olindi

    24.09.2021, 11:42

    Qirg‘iz-tojik chegarasida maktab o‘quvchilari o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

    24.09.2021, 11:26

    Elbrusdagi fojia. Cho‘qqiga chiqish chog‘ida besh alpinist halok bo‘ldi, 14 nafari qutqarildi

    24.09.2021, 10:36

    Qirg‘izistonda Qizil kitobga kiritilgan jayronlar qirilib ketdi. Endi ular O‘zbekistondan olib kelinadi

    24.09.2021, 08:24

    Yashash uchun dunyodagi eng xavfsiz shahar ma’lum qilindi

    23.09.2021, 19:42

    Hindistonda 2500 ga yaqin karkidon shoxi yoqib yuborildi. Shu orqali hukumat shoxlarda shifobaxsh xususiyat yo‘qligini ko‘rsatmoqchi bo‘ldi

    23.09.2021, 19:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.