Samarqandda tasvirchini harakatlanayotgan “Jiguli” yukxonasida ketishi uchun sharoit yaratib bergan haydovchi javobgarlikka tortildi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Kadr: Telegram

Ijtimoiy tarmoqda “Uddalab bo‘lmas topshiriq bajarildi” izohi bilan video tarqaldi. Unda harkatlanayotgan qizil rangli “Jiguli” yukxonasiga o‘tirib olib, Malibu’ni [aftidan to‘y korteji — tahr.] videoga olib ketayotgan tasvirchini ko‘rish mumkin.

Aniqlanishicha, videodagi holat Samarqand viloyati Toyloq tumanida sodir bo‘lgan.

Video viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, qoidani chetlab o‘tgan haydovchi F.Ya.ga nisbatan o‘rnatilgan tartibda ma’muriy bayonnoma tuzilgan.