Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining (O‘FA) navbatdagi Hisobot-saylov Kongressi 25-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilot prezidentligiga Abdusalom Azizov qayta saylandi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Abdusalom Azizov

Abdusalom Azizov
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘FA birinchi vitse-prezidentiligiga esa avvaldan ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Ravshan Ermatov saylandi. Qayd etish kerak, O‘FA prezidenti va vitse-prezidenti lavozimlariga Azizov va Ermatovdan boshqa da’vogar yo‘q edi.

Bundan tashqari, tashkilot vitse-prezidenti ikki lavozimi uchun saylov bo‘lib o‘tishi belgilangandi. O‘FA vitse prezidenti lavozimiga olti nafar nomzoddan besh nafari o‘z nomzodini qaytib olgan. Faqatgina bir nomzod — Azizbek Ikromov qolgan. Unning nomzodini barcha bir ovozdan ma’qulladi va Ikromov O‘FA vitse-prezidenti etib saylandi. Yana bir vitse-prezident keyinchalik saylanishi aytildi.

Ma’lumot uchun, Abdusalom Azizov ayni damda Davlat xavfsizlik xizmati raisi ham hisoblanadi. U 2008—2009-yillarda O‘zbekiston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti bo‘lgan. Bundan tashqari, Azizov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri, Mudofaa vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan. U 2019-yildan beri O‘FAga rahbarlik qilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi