• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Ibrahimovichning rekordini yangilagan Mbappe, Allegriga yetib olgan Mourinyo va “PSJ”da navbatdagi mojaro. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    Dunyo va o‘zbek sportiga oid 24-sentabr kunining eng muhim xabarlari dayjesti bilan tanishing.

    O‘zbekiston

    Superliga 20-turining to‘rtta o‘yinida VAR ishlaydi

    O‘zbekiston chempionatining 20-tur uchrashuvlari 25—27-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. PFL 20-tur bahslarida faoliyat yuritadigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi. Mazkur turning to‘rtta o‘yinida VAR tizimi ishlaydi: “Paxtakor”—“Turon”, “OKMK”—“Surxon”, “Nasaf”—“Navbahor”, “Lokomotiv”—“Mash’al”.

    Jahon

    Mourinyoda rekord, “Roma” yetakchisi derbini o‘tkazib yuboradi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Hafta o‘rtasida Yevropaning qator ligalarida navbatdagi tur o‘yinlari o‘tkazildi. “Roma” o‘z uyida “Udineze”ni minimal hisobda taslim etdi. Uchrashuvda Eldor Shomurodov so‘nggi daqiqalarda maydonga tushdi. Mazkur bahsda rimliklar sardori Lorenso Pellegrini qizil kartochka oldi va jamoa yetakchisi keyingi turdan o‘rin olgan “Latsio”ga qarshi derbini o‘tkazib yuboradi.

    Joze Mourinyo A Seriyada qatorasiga 41 uy o‘yinidan beri yutqazmayapti. Bu ko‘rsatkich uch ochkolik tizimdagi (1994/95) rekord natija hisoblanadi. Massimiliano Allegri 2015—2017-yillarda “Yuventus” boshqaruvida shunday ko‘rsatkich qayd etgan. Mourinyo ushbu mavsumdan “Roma”ni boshqarmoqda. Ungacha mutaxassis 2008—2010-yillarda “Inter”da ishlagan.

    “Barselona”ning muvaffaqiyatsiz seriyasi davom etadi

    “Barselona” La Liga 6-turi doirasida “Kadis”ga qarshi kechgan bahsda nursiz durang qayd etdi va g‘alabasiz seriyasini (1 mag‘lubiyat, 2 durang) uchta o‘yinga yetkazdi. Bitta zaxira o‘yiniga ega katalonlar yetakchi “Real”dan 7 ochkoga ortda qolmoqda.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    O‘yindan avval “Barselona” prezidenti Ronald Kumanga ishonishi, biroq “Kadis”ga qarshi o‘yin uning uchun so‘nggi imkon ekani haqida aytgandi. “Ko‘k-anorranglilar” keyingi bahsni yakshanba kuni “Levante”ga qarshi o‘tkazadi. Jamoa kelasi haftadagi o‘yinini boshqa murabbiy qo‘l ostida o‘tkazishi ehtimoli yo‘q emas. Biroq, Marca versiyasiga ko‘ra, “Barselona” hali-beri Kumanni bo‘shatish niyatida emas va keyingi uch o‘yin uning uchun so‘nggi imkoniyat bo‘ladi. Katalonlarni “Levante”, “Benfika” va “Atalanta”ga qarshi o‘yinlar kutib turibdi.

    Kilian Mbappe Ibrahimovichning rekordini yangiladi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “PSJ”ning 22 yoshli forvardi Fransiya chempionatida avgust oyining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Shu tariqa Mbappe faoliyati davomida oltinchi marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi va Zlatan Ibrahimovichning rekordini yangiladi. Parijliklar sobiq hujumchisi besh marta oyning eng yaxshisi bo‘lgandi.

    Mbappe avgust oyida Liga 1 da 4 ta o‘yin o‘tkazib, uchta gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.

    Messi “PSJ”ning navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuboradi

    Parijliklar hujumchisi tizzasidagi jarohatini tiklashda davom etmoqda. Le Parisien xabariga ko‘ra, Messi hafta oxirida to‘p bilan mashg‘ulotlarga kirishadi.

    “PSJ” Messini “Monpelye”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritmadi. Qayd etilishicha, 34 yoshli futbolchi 28-sentabr kuni YChL doirasida “Manchester Siti”ga qarshi kechadigan uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.

    Antonio Ryudiger “Bavariya”ga yo‘l olishi mumkin

    2022-yilning yozida erkin agentga aylanadigan “Chelsi” markaziy himoyachiga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. 28 yoshli germaniyalik futbolchiga “Bavariya”dan qiziqish bor. Ryudigerning o‘zi ham Myunxenga yo‘l olishga qarshi emas, deya xabar qiladi Bild.

    “Chelsi” himoyachi bilan shartnomani uzaytirmoqchi va unga yiliga 8,5 million yevro maosh taklif qilyapti. Antonio esa 10 million talab qilmoqda.

    “PSJ”da navbatdagi mojaro

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Parijliklar darvozaboni Janluiji Donnarumma yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmayotganidan norozi, deya xabar qilmoqda Corriere della Sera. Jiji Keylor Navas bilan yuzaga keladigan jiddiy raqobatni kutgan, biroq zaxira o‘rindig‘ida bu qadar ko‘p qolib ketishga tayyor bo‘lmagan.

    Qayd etilishicha, “PSJ” ustozi Maurisio Pochettino Donnarummani asosiy tarkibga kiritishga qiynalmoqda. Chunki Navasni Lionel Messi, Anxel di Mariya, Neymar, Markinyos va Leandro Paredes kabi lotinamerikalik futbolchilar qo‘llab-quvvatlamoqda.

    Donnarummani olib kelish qarori “PSJ” sport direktori Leonardoga tegishli. Italiyalik funksioner yulduz posbonni tekinga qo‘lga kiritish imkoniyatini yo‘qotishni istamagandi.

    Donnarumma Fransiya chempionatining 7-turiga kelib bor-yo‘g‘i ikkita o‘yinda maydonga tushdi.

    24.09.2021, 20:34   Izoh (0)   26912
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Karim Benzema — Yevropaning ayni damdagi eng yaxshi futbolchisi. U joriy mavsumda “Yuventus” va “Arsenal”dan ko‘proq, “Barselona” bilan esa bir xil gol urdi

    24.09.2021, 17:09

    A Seriya. “Roma” Abrahamning yagona goli evaziga qiyin g‘alabaga erishdi, Shomurodov so‘nggi daqiqalarda maydonga tushdi

    24.09.2021, 06:40

    La Liga. Bir kishi kam bo‘lib qolgan “Barselona” “Kadis”ni yenga olmadi

    24.09.2021, 06:18

    Zarrux Adashevning UFC’da navbatdagi jangi, yangi avtomobilda ko‘rinish bergan Ronaldu va Jahon chempionatiga yo‘llanma olgan gandbolchilar. Eng so‘nggi sport yang...

    23.09.2021, 20:12

    Qadrlanmagan sadoqat: “Real”dan quvilgan afsonalar haqida

    23.09.2021, 14:10

    Liga 1. Messisiz “PSJ” 90+5-daqiqadagi gol evaziga autsayderni bazo‘r yengdi

    23.09.2021, 06:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Sistit — bu uyat emas!


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    Dunyo | 2 iyun, 23:30

    Parijda Makronning haykali o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 2 iyun, 23:15

    Yaponiya 10 ming nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:58

    Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nimalarga kelishildi?

    Dunyo | 2 iyun, 22:40

    Yamal “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 2 iyun, 22:28

    Namanganda Onix lyukidan tanasini chiqarib harakatlangan qiz uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.