24-sentabr kuni olingan sara suratlarni namoyish etamiz.

Shimoliy Irlandiyada suratkash Qirollik Olster qishloq xo‘jaligi jamiyatining har yili o‘tkaziladigan Balmoral ko‘rgazmasida sebrayt kumush xo‘rozini suratga olishga urinmoqda.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning Milton-Kins shahrida 71 yoshli fuqaro olti g‘ildirakli robot-kuryer — Starship’dan buyurtma qilingan tovarlarni qabul qilmoqda. Bu robotlar buyurtmalarni yetkazib berish uchun mahalliy supermarketda ishlatiladi.

Foto: Getty Images

Eron hududining bir qismida koronavirus cheklovlari olib tashlandi va odamlar odatdagi turmush tarziga qaytishni boshladi.

Foto: EPA

Buyuk Britaniyalik tennischi US Open chempioni Emma Radukanu Londondagi LTA milliy tennis markaziga tabassum bilan qaytmoqda.

Foto: Getty Images

Sochida o‘tkazilayotgan Formula-1 Rossiya Gran-prisida Aston Martin poygachisi Sebastyan Fettelning baletiga pit-stopda xizmat ko‘rsatilyapti.

Foto: Reuters

Tailandning beshta provinsiyasida koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayonlari orqada qolayotgani sabab mamlakatni chet ellik sayyohlar uchun qayta ochilish rejalari kechiktirildi.

Foto: EPA

Deportatsiyaning oldini olish uchun Meksika chegarasiga qaytib kelgan AQShdan boshpana so‘ragan muhojirlar vaqtinchalik lagerda futbol o‘ynamoqda.

Foto: Reuters

Isroil bosib olgan G‘arbiy Sohilning Xervon shahridagi to‘qnashuvlar paytida falastinlik bolani hibsga olgan Isroil askarlari.

Foto: Reuters

Angliyaning Odli End shahridagi bog‘bonlar har yil o‘tkaziladigan olma festivaliga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: English Haritage

Dunyo bo‘ylab Apple’ning yangi — iPhone 13 smartfoni va gadjetlari sotuvi boshlandi. Suratda: Kompaniyaning Pekindagi rasmiy do‘koni.

Foto: “TASS”

Keyptaunda bahorgi regata (eshkakli, yelkanli yoki motorli qayiqlarda turkum poygalardan iborat sport musobaqalari) bo‘lib o‘tdi. Hozirda Janubiy yarim sharda bahor fasli.

Foto: EPA

Karakaslik bolalar “El-Quilombo” mahallasidagi uy tomida uyali telefon o‘ynamoqda.

Foto: AP Photo

San-Sebastyan kinofestivalida qatnashish uchun kelgan Jessika Chasteyn.

Foto: AP Photo

Rossiya Ichki ishlar vazirligining Uzoq Sharq yuridik instituti Vladivostok filialining 27 nafar birinchi kurs kursanti qasamyod qabul qildi.

Foto: “TASS”

Kutilayotgan kuchli yomg‘ir oldidan Ispaniyaning Toledo shahriga tushayotgan yorug‘lik nuri.

Foto: EPA

O‘t o‘chiruvchilar Kaliforniyadagi Sekvoyya bog‘ida sodir bo‘lgan yong‘inlardan keyin daraxtlarni sovitishda davom etmoqda.

Foto: EPA

Xitoyning Chongking shahridagi harbiy kasb-hunar kollejida mashg‘ulotlarda qatnashayotgan o‘quvchilar.

Foto: Getty Images

Butun sayyora bo‘ylab eko-faollarning “Kelajak uchun juma kunlari” global aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Berlindagi tadbirga Greta Tunbergning o‘zi tashrif buyurdi. Butun dunyo faollarining talabi — global haroratni 1,5 darajaga pasaytirish bo‘yicha zudlik bilan choralar ko‘rish.

Foto: EPA

Kaliforniyada botayotgan quyosh fonidagi Long-Bich aeroportiga yaqinlashayotgan samolyot.

Foto: Getty Images

Sog‘liqni saqlash xodimlari Nyu-Dehlida ish sharoitining yomonligi va ish haqining pastligi sababli hukumatga norozilik bildirdi.

Foto: EPA

Angliyaning shimoli-sharqiy sohilida Uitli ko‘rfazidagi Sent-Meri dengiz mayog‘i ortidan quyosh chiqishi.

Foto: PA