Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 24-sentabrdan boshlab Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan elektroshokerdan foydalanish boshlandi. Bu haqda IIV matbuot kotibi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

IIO xodimlarining maxsus vositalar va o‘qotar qurollardan foydalanish tartibi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunga asoslangan bo‘lib, ichki ishlar vazirining bu boradagi tegishli buyrug‘i qabul qilingan.

Xususan, unga ko‘ra IIO xodimlari tomonidan elektroshokerdan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi ko‘rsatma tasdiqlangan. Ta’kidlanishicha, qurilmadan foydalanish faqat SSV bilan kelishilgan holda IIV tomonidan tasdiqlangan maxsus tayyorgarlikdan o‘tganini tasdiqlovchi sertifikatni olgan xodimlarga ruxsat etiladi.

Hozirgi vaqtda deyarli barcha mahalliy ichki ishlar bo‘linmalari elektroshoker bilan ta’minlangan. Qurilma bilan patrul va qorovullik xizmatlarini bajarishda, shuningdek, jamoat tartibini ta’minlashda ishtirok etgan IIO xodimlarini qurollantiriladi.

Ma’lumotga ko‘ra, ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik, hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish oqibatida IIO xodimlari yoki fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga real xavf tug‘dirgan taqdirda ushbu qurilma xodimlar tomonidan foydalaniladi.

Ma’lumot uchun, foydalanishga topshirilgan elektroshoker qurilmalari Rossiyaning “Mart” zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Avvalroq Farg‘ona viloyati IIO xodimlariga xizmati vaqtida elektroshoker moslamasidan foydalanish bo‘yicha sertifikatlar topshirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zgidromet” tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfini e’lon qildi
Mahalliy
“Vazirlikdagilarning 30 mln so‘m oyligi bir kun ham kechikmaydi, biz esa 3 millionga yetmagan pulimizni oylab kutamiz”. Energetikaning ayrim xodimlari “o‘gay”mi?
Dunyo
Global inflyatsiya o‘zining eng yuqori darajasiga yetgan — Financial Times