Toshkentda katta miqdorda pul o‘g‘irlaganlikda gumonlanuvchi enaga qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Yunusobod tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 12-sentabr kuni soat 16:00 da 36 yoshli ayol N.N. 38 yoshli ayol A.K.ning uyiga yosh bolasi uchun enaga sifatida kelgan. Uy bekasi chalg‘iganidan foydalanib, N.N. 10 100 dollarni o‘g‘irlab ketgan.
Xabarda aytilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Izoh (0)