Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidagi “Beshkapa” mahallasida yashovchi fuqaro o‘z uyidan echkiemar topib oldi, deb xabar bermoqda “Samtur.uz”.

Foto: “Samtur.uz”

Fuqaro bu haqda mahalliy ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limiga xabar bergan. Mutaxassislar uni o‘rganib, ushbu sudralib yuruvchining uzunligi 1 metr ekanligini, u “O‘zbekiston Qizil kitobi”ga kiritilgan hayvon turi ekanligini aniqlagan.

Echkiemarning holati qoniqarli deb topilgan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng, Xo‘jaqo‘rg‘on cho‘l zonasidagi tabiiy yashash hududiga qo‘yib yuborilgan.