Yozuvchi va tarjimon Olim Otaxon 17-sentabr kuni 70 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Olim Otaxon 1951-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan (1974).
Dastlabki to‘plami — “Bolalik kabutarlari” (1981). Shundan so‘ng yozuvchining “Oqshom xayollari” (1986), “Ozod qushlar haqida qissa” (1988), “Adoqsiz ko‘chalar” (1990) kabi nasriy asarlari nashr etilgan.
Bundan avval huquq himoyachisi Hayitboy Yoqubov, olim Mamatqul Jo‘rayev hamda yozuvchi Dadaxon Nuriy vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)