Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining folklor bo‘limi mudiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, filologiya fanlari doktori, professor Mamatqul Jo‘rayev 65 yoshida vafot etdi. Bu haqda uyushma matbuot xizmati xabar berdi.

 

Foto: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Foto: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Mamatqul Jo‘rayev 1956-yil 1-oktabrda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida tug‘ilgan. 1978-yili Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ni tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – filolog, o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi. 1987-yili filologiya fanlari nomzodi, 1997-yili filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.

Ijodkor “Sehrli raqamlar siri”, “O‘zbek xalq ertaklarida sehrli raqamlar”, “El desa Navoiyni”, “Navro‘z”, “Ipak yo‘li afsonalari”, “O‘zbek xalq taqvimi va mifologik afsonalar”, “O‘zbek xalq samoviy afsonalari”, “Oy oldida bir yulduz”, “Mif, folklor va adabiyot” singari 30 dan ortiq monografiya va kitoblar muallifi.

Mamatqul Jo‘rayev “Shuhrat” medali, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Avvalroq Yozuvchi Dadaxon Nuriy 78 yoshida, yozuvchi G‘affor Hotamov 68 yoshida, mashhur sport jurnalisti va yozuvchi Vladimir Safarov 82 yoshida vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi