• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Nukusda o‘tayotgan II Xalqaro baxshichilik san’ati festivali ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

    Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida 17-sentabr kuni II Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev festival ishtirokchilarini qutlab, tabrik yo‘lladi.

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Muhtaram festival qatnashchilari!

    Qadrli do‘stlar!

    Xonimlar va janoblar!

    Barchangizni yangilanayotgan O‘zbekistonimizning kundan-kunga chiroy ochib borayotgan, bag‘rikeng Qoraqalpog‘iston diyorida, go‘zal Nukus shahrida o‘tkazilayotgan II Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining tantanali ochilishi bilan chin yurakdan muborakbod etaman.

    Bugungi san’at bayramida qatnashayotgan YuNESKO, AYSESKO, TURKSOY, MDHning Ijroiya qo‘mitasi, Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha xalqaro tadqiqot markazi kabi nufuzli tashkilotlardan tashrif buyurgan martabali mehmonlarga, dunyoning turli davlatlaridan kelgan 260 nafardan ziyod xalq ijodiyoti namoyandalari, san’at va madaniyat arboblari, ommaviy axborot vositalari xodimlariga samimiy minnatdorchilik bildiraman.

    O‘zbekistonga xush kelibsiz!

    Aziz do‘stlar!

    Xalq og‘zaki ijodiyotining eng qadimiy turlaridan bo‘lgan baxshichilik san’ati yuksak gumanizm g‘oyalarini, tinchlik va do‘stlik, adolat va haqiqat kabi ezgu fazilatlarni mahorat bilan tarannum etadi. Shu bois ham, baxshi, oqin va jirovlar azaldan xalq qalbining kuychilari, turli millat va elatlarni birlashtiradigan olijanob insonlar sifatida ardoqlab kelinadi.

    Ushbu noyob san’atning umumbashariy ahamiyati Termiz shahrida 2019-yili bo‘lib o‘tgan I Xalqaro baxshichilik san’ati festivalida yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi, desak, ayni haqiqat bo‘ladi.

    Men xalq ijodiyotini insoniyatning bolalik qo‘shig‘i, har qaysi milliy madaniyatning hayotbaxsh chashmasi deb bilaman. Bu qo‘shiqlarni sof va bezavol holatda saqlash, hamisha mag‘rur yangrashini ta’minlash barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas burchimizdir.

    Bugun o‘z ishini boshlayotgan festivalimiz ayni shunday ezgu maqsadlarimizning amaliy ifodasi ekanini ta’kidlamoqchiman.

    Keyingi yillarda biz baxshichilik san’atining ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini chuqur o‘rganish va o‘rgatishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Bu borada fidoyi folklorshunos olimlarimiz boshlagan muhim ishlar izchil davom ettirilmoqda.

    Mamlakatimizda 2019-yili tuzilgan Respublika baxshichilik san’ati markazi hamda Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi samarali faoliyat olib bormoqda. Ushbu yo‘nalishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlarida davlat ansambllari, boshqa hududlarda esa viloyat ansambllari tashkil etildi.

    Yurtimizdagi bolalar musiqa va san’at maktablarida, Nukus shahridagi opera va baxshichilik san’ati maktabida milliy folklor san’ati keng o‘rgatilmoqda. Shuningdek, yaqinda tashkil etilgan Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa instituti tarkibida baxshichilik bo‘limi ochilganini ham qayd etish lozim. Mazkur yo‘nalishda dars berayotgan o‘qituvchilar uchun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yildi.

    “O‘zbek xalq dostonlari”, “O‘zbek xalq qo‘shiqlari” nomli darsliklar, ko‘p tomlik “Qoraqalpoq folklori” to‘plami chop etildi. Shu bilan birga, 100 tomlik “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” majmuasi nashr etilmoqda.

    Xalq og‘zaki ijodiyotini keng targ‘ib etish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, televideniye va internet imkoniyatlaridan samarali foydalanish, folklor asarlarining audio va video variantlarini ko‘paytirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

    Bu yo‘nalishda olib borilayotgan xayrli ishlarni davom ettirgan holda, milliy baxshichilik san’atini YUNESKOning nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritish choralari ko‘rilmoqda.

    Qadrli festival ishtirokchilari!

    Biz bugungi nufuzli san’at anjumanini ko‘hna va navqiron qoraqalpoq o‘lkasida o‘tkazayotganimiz bejiz emas, albatta.

    Qoraqalpog‘iston deganda, avvalo, mardlarga vatan bo‘lgan, mehnatkash va olijanob el yashaydigan betakror diyor ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Bu zamindagi Tuproqqal’a, Ayozqal’a, Katta Guldursunqal’a, Ellikqal’a kabi noyob obidalar qadimiy sivilizatsiya va madaniyatning tarixiy ildizlaridan dalolat beradi. Ularni bir bora ko‘rgan, bepoyon kengliklarda baxshi va jirovlardan doston va termalar tinglagan inson bu diyorga umrbod maftun bo‘lib qoladi.

    Xalqimizning fidokorona mehnati bilan Qoraqalpog‘iston bugungi kunda O‘zbekistonning obod hududlaridan biriga, zamonaviy ilm-fan, madaniyat va turizm maskaniga, mana endi, xalqaro baxshichilik san’ati markaziga aylanib borayotgani barchamizni quvontiradi.

    San’at va musiqani chin dildan sevadigan, ijod ahlini yuksak qadrlaydigan qoraqalpoq eli ushbu anjumanni katta shodu xurramlik bilan kutib olmoqda.

    Bugungi san’at va nafosat bayramini baland saviyada o‘tkazish uchun astoydil mehnat qilgan barcha-barcha insonlarga, mehmondo‘st Qoraqalpoq ahliga chin yurakdan tashakkur bildiraman.

    Qadrli yurtdoshlar!

    Aziz mehmonlar!

    Sizlarning ishtirokingizda ochilayotgan ushbu festival dunyodagi nufuzli san’at anjumanlari qatoridan mustahkam o‘rin egallaydi, deb ishonaman.

    Festival doirasida o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishiga ham muvaffaqiyatlar tilayman.

    Fursatdan foydalanib, bugungi tantanamizda qatnashayotgan xorijiy davlatlarning muhtaram elchilariga, xalqaro tashkilotlarning vakillariga ham samimiy minnatdorchilik bildiraman.

    Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, yangi yutuqlar yor bo‘lsin!

    Shavkat Mirziyoyev,

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro madaniyat forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

    17.09.2021, 21:10   Izoh (0)   23642
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda PPX xodimlari va fuqarolar o‘rtasida janjal kelib chiqdi (video)

    17.09.2021, 20:35

    Andijonda aka o‘gay ukalarini chopib tashladi. Ukalardan biri vafot etdi

    17.09.2021, 20:16

    Toshkent viloyatida Matiz’ni mast holda boshqargan Milliy gvardiya xodimi sabab 14 yoshli bola YTH qurboni bo‘lgani aytildi. Ammo haydovchi Milliy gvardiya xodimi

    17.09.2021, 19:15

    Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Cobalt haydovchisi voqea joyida vafot etdi

    17.09.2021, 18:35

    “O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro regionidagi tabiiy gaz qazib chiqarish borasidagi ishlar holatini o‘rgandi

    17.09.2021, 18:30

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pastladi

    17.09.2021, 18:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00

    iPhone egalarini Android foydalanuvchilariga qaraganda internetda aldash osonroq — tadqiqot

    Layfstayl | 2 avgust, 21:45

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.