Daryo

O‘zbekistonda faoliyati rasman cheklangan ijtimoiy tarmoqlar ro‘yxati e’lon qilindi

Kompaniyalar o‘z serverlarini O‘zbekistonga ko‘chirsa, shaxsga doir ma’lumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar reyestridan chiqariladi

1 daqiqa o‘qish106 824 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekistonda ayrim ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish rasman cheklangani haqida xabar berilgan edi. Bunga ular qonun talablariga zid ravishda o‘zbekistonliklarning shaxsiy ma’lumotlarini O‘zbekistondan tashqarida saqlashi va qayta ishlashi sabab bo‘lgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekistonda shaxsga doir ma’lumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar reyestridan Twitter, TikTok, “VKontakte”, Skype va WeChat o‘rin olgani ma’lum bo‘ldi.

Ushbu servislarga “O‘zkomnazorat” ko‘rsatmasi iyun oyi o‘rtalarida yuborilgan, oradan ikki hafta o‘tib ular faoliyati cheklangan. Kompaniyalar o‘z serverlarini O‘zbekistonga ko‘chirsa, shaxsga doir ma’lumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar reyestridan chiqariladi.

Spot’ning yozishicha, shaxsga doir ma‘lumotlar bazalarining davlat reyestri Facebook, Google, Telegram’ga ham ko‘rsatma yuborgan. Ularning ishiga hozircha cheklov o‘rnatilmagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunining 27-1-moddasi (O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishning alohida shartlari) qonunga 2021-yil 14-yanvardagi qonun bilan kiritilgan bo‘lib, uning amal qilishi 2021-yil 15-apreldan boshlangan edi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar