O‘zbekistonga yaqin kunlarda Pfizer/BioNTech va AstraZeneca vaksinalari olib kelinishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi. Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, 13-sentabr kuni Toshkent xalqaro aeroportiga 1,2 million dozadan ortiq Pfizer/BioNTech vaksinasi yuklangan samolyot kelib qo‘ndi.
Ayni paytda O‘zbekistonda ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca, “Sputnik V” va Moderna vaksinalaridan foydalanilmoqda. Pfizer/BioNTech vaksinasi O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan 5-vaksina bo‘ldi.
Shunday qilib, mamlakatga keltirilgan jami vaksina 24 002 540 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
- 1 342 480 dozasi AstraZeneca,
- 18 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
- 460 000 dozasi “Sputnik V”,
- 3 000 060 dozasi Moderna,
- 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasidir.
Izoh (0)