Italiya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 12-sentabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Roma” o‘z maydonida “Sassuolo”ni qabul qildi. Uchrashuvning 37-daqiqasida Brayan Kristante “Roma”ning dastlabki golini urdi. 57-daqiqada Filip Jurichich hisobni tenglashtirdi.

Eldor Shomurodov 74-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Shomurodovning uzatmasidan keyin Stefan ash-Shaaravi rimliklarning g‘alaba to‘pini kiritdi.

“Milan” turning markaziy o‘yinlaridan birida “Latsio”ga qarshi bahs olib bordi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Rafael Leau milanliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 67-daqiqada Zlatan Ibrahimovich jamoasining ikkinchi golini urdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

“Inter” Genuyada “Sampdoriya” mehmoni bo‘ldi va ikki bor oldinda borib, g‘alabani ushlab qololmadi. Mehmonlar safida Federiko Dimarko va Lautaro Martines o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, maydon egalarining gollariga Maya Yoshida va Tommazo Aujello mualliflik qildi.

3-turdan keyin “Roma”, “Milan” va “Napoli” 9 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Top-5 ligalar onlayn jadvallari, o‘yinlar taqvimi, to‘purarlar ro‘yxati — ko‘rish.

A Seriya

3-tur bahslari

12-sentabr, yakshanba

“Roma” — “Sassuolo” 2:1

Gollar: 1:0 – 37 Kristante, 1:1 – 57 Jurichich, 2:1 – 90+1 ash-Shaaravi.

“Roma”: Ruy Patrisiu, Karsdorp (Reynolds, 89), Manchini, Rojer, Vinya, Mxitaryan (ash-Shaaravi, 70), Veretu (Karles Peres, 74), Kristante, Pellegrini, Zaniolo (Shomurodov, 74), Abraham.

“Sassuolo”: Konsilyi, Tolyan, Kirikesh, Ferrari, Rojerio, Jurichich (Traore, 84), Lopes, Boga (Kiryakopulos, 89), Frattezi (Ayxan, 84), Berardi (Defrel, 77), Raspadori (Skamakka, 46).

Ogohlantirishlar: Kirikesh (36), Rojer (43), Kristante (66).

“Milan” — “Latsio” 2:0

Gollar: 1:0 – 45 Rafael Leau, 2:0 – 67 Ibrahimovich.

“Milan”: Menyan, Kalabriya, Romanyoli, Tomori, Ernandes, Florensi (Salemakers, 61), Kessie (Bakayoko, 61; Bennaser, 74), Tonali, Rebich, Rafael Leau (Ibrahimovich, 60), Braim Dias (Ballo-Ture, 80).

“Latsio”: Reyna, Marushich (Lazari, 64), Acherbi, Luis Felipe, Xyusay, Leyva, Luis Alberto, Milinkovich-Savich (Bashich, 74), Pedro (Moro, 84), Immobile (Muriki, 84), Felipe Anderson (Zakkanyi, 64).

Ogohlantirishlar: Marushich (17), Reyna (45), Luis Alberto (45), Xyusay (57), Bakayoko (63).

“Sampdoriya” — “Inter” 2:2

Gollar: 0:1 – 18 Dimarko, 1:1 – 33 Yoshida, 1:2 – 44 Martines, 2:2 – 47 Aujello.

“Sampdoriya”: Audero, Bereshinski, Yoshida, Kolli, Aujello (Murru, 78), Kandreva, Damsgor (Verre, 78), Adriyen Silva (Torregrossa, 88), Torsbyu, Kualyarella (Askildsen, 68), Kaputo.

“Inter”: Handanovich, Darmian, de Vrey, Shkrinyar, Dimarko (Dumfris, 67), Perishich (D`Ambrozio, 54), Brozovich (Vidal, 54), Chalxono‘g‘lu (Sensi, 67), Barella, Jeko, Martines (Korrea, 62).

Ogohlantirishlar: Brozovich (22), Torsbyu (35), Bereshinski (66), Kolli (82), Adriyen Silva (88), Jeko (89), Korrea (90), Vidal (90).

“Kalyari” — “Jenoa” 2:3

Gollar: 1:0 – 16, penalti Joao Pedro, 2:0 – 56 Cheppitelli, 2:1 – 59 Destro, 2:2 – 69 Fares, 2:3 – 78 Fares.

“Torino” — “Salernitana” 4:0

Gollar: 1:0 – 45 Sanabriya, 2:0 – 65 Bremer, 3:0 – 87 Pobega, 4:0 – 90 Lukich.

“Spetsiya” — “Udineze” 0:1

Gol: 0:1 – 89 Samarjich.