Edgar Po, Antonio Gaudi, Emili Dikkinson, Frans Kafka... Hozir ularni hamma taniydi, ammo bu daholarning butunlay qashshoqlik va yolg‘izlikda yashab, vafot etganini ko‘pchilik bilmaydi.

Edgar Po, yozuvchi

Foto: Getty Images

Tug‘ilgan sanasi: 1809-yil 19-yanvar

Vafoti: 1849-yil 7-oktabr, 40 yoshida

O‘lim sababi: noma’lum

Hozirda hamma amerikalik yozuvchi Edgar Poni biladi. Ammo ilgari o‘z davrida uning asarlarini nashr etishni xohlashmagan. Faqat 31 yoshidagina unga hikoyalar to‘plami uchun birinchi haq jo‘natilgan, ammo u ham manziliga yetib bormagan. Taxmin qilish mumkinki, mashaqqatli turmush tarzidan Edgar qiynalgan, ayniqsa, xotinining vafotidan keyin esa butunlay aqldan ozgan: ichishni boshlagan va hech kim bilan gaplashmagan. Yozuvchi 1849-yilda 40 yoshida Baltimordagi skameykada kasal holda topilgan. Kasalxonada hushiga kelmay vafot etgan. Yozuvchi o‘limining sababi hozirgacha noma’lum bo‘lib qolmoqda. Gap shundaki, u haqidagi barcha tibbiy hujjatlar va yozuvlar yo‘qolgan. Edgar Po vafotidan bir muncha vaqt o‘tgach, uning asarlari muharrirlar va tanqidchilar e’tiborini tortadi va nafaqat amerikaliklar, balki butun dunyoda sevimli asarlarga aylanadi.

Amedeo Modilyani, rassom

Foto: Getty Images

Tug‘ilgan sanasi: 1884-yil 12-iyul

Vafoti: 1920-yil 24-yanvar, 35 yoshida

O‘lim sababi: sil kasalligi

Rassom Amedeo Modilyani hayoti davomida xohlaganidek yashadi: rasm chizdi, ijtimoiy hayot kechirdi, ayollar bilan tanishdi. Ko‘rinib turibdiki, Modilyani hech kim uning ishini qadrlamaganiga ahamiyat ham bermagan, uning hayotidagi yagona ko‘rgazmasi esa muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Ammo daho ijod qilishda va hayotdan zavqlanishda davom etgan. Hatto qashshoqlik ham uni pul uchun chizish texnikasini o‘zgartirishga majburlay olmagan. Ammo yoshlik abadiy emas. Keksayganda esa bunday beparvo hayot tarzi bilan yashab bo‘lmasdi. So‘nggi bir necha oy ichida spirtli ichimliklar va surunkali kasalliklarning kuchayishi tufayli rassomning sog‘lig‘i keskin yomonlashadi: qattiq bosh og‘rig‘i va gallyutsinatsiyalar boshlanadi. Buning ustiga Amedeo sovuqda qolib ketgani tufayli qattiq shamollab qoladi va silga chalinadi. O‘z-o‘zini davolash yordam bermagach, u shifokorlarga murojaat qiladi. Rassom 24-yanvarga o‘tar kechasi qashshoqlar kasalxonasida vafot etadi. Do‘stlari uning qabrtoshiga “O‘lim uni shon-shuhrat ostonasidan olib ketdi” degan yozuvni o‘yib yozdirishgan. Chunki Modilyani vafotidan bir necha kun oldin uning suratlari katta pulga sotilgan edi.

Antonio Gaudi, arxitektor

Foto: Getty Images

Tug‘ilgan sanasi: 1852-yil 25-iyun

Vafoti: 1926-yil 10-iyun, 73 yoshida

O‘lim sababi: baxtsiz hodisa

Antonio Gaudi butun hayotini arxitekturaga bag‘ishladi, o‘zi va shaxsiy hayotini unutdi. Aytishlaricha, me’mor bir o‘qituvchi ayolga oshiq bo‘lgan, lekin sevgisi javobsiz qolgan. Shundan keyin u hech kim bilan munosabatlar o‘rnatishga harakat ham qilmaydi. U o‘ziga to‘q badavlat odam emasdi: kambag‘al misgar oilasida tug‘ilgan va talabalik yillarida zo‘rg‘a ta’lim olgandi. Faqat omadi kela boshlagachgina Gaudi badavlat tadbirkorga o‘xshashga qaror qiladi va barcha gonararini qimmatbaho kiyim va kvartiralarga sarflaydi. Ammo keyinchalik buyurtmalar kamaygach, ijodkor avvalgi holiga qaytadi. Aslida hashamatli hayot uni zeriktirgandi. Ba’zida esa Antonio egnidagi uvadasi chiqib ketgan kiyimlari bilan uysiz odamga o‘xshardi. Bir kuni Sant Felip Neri cherkoviga ketayotgan arxitektorni tramvay urib yuboradi. Kiyimlari aftodahol va yonida hujjati bo‘lmagan dahoni qashshoqlar kasalxonasiga olib ketishadi. Balki, shuning uchun ham unga yaxshi tibbiy yordam ko‘rsatilmagandir. Faqat ertasi kuni cherkov xodimi mashhur me’morni tanib qoladi, lekin endi uning hayotini saqlab qolishning iloji yo‘q edi...

Emili Dikkinson, shoira

Foto: Getty Images

Tug‘ilgan sanasi: 1830-yil 10-dekabr

Vafoti: 1886-yil 15-may, 55 yoshida

O‘lim sababi: buyrak shamollashi

Emili Dikkinson ham Gaudi singari shaxsiy hayotga qiziqmagan. Muvaffaqiyatsiz romantikadan so‘ng, u o‘zini butunlay adabiyotga bag‘ishlaydi va hayoti davomida 1700 dan ortiq she’rlar yozadi! Biroq hayotligida ulardan faqat yettitasi nashr etilgan. Natijada ayol tilanchilik qilib kun kechiradi, oilasi hisobiga yashashga majbur bo‘ladi. 55 yoshida shoira buyrak yallig‘lanishidan vafot etadi. To‘rt yil o‘tgach esa uning ruxsat etilgan tirajdan oshib ketgan birinchi she’rlar to‘plami chiqadi. Bu shoiraning singlisi tufayli sodir bo‘ladi. Emilining vafotidan so‘ng, singlisi opasining she’rlarini mashhur tanqidchi Tomas Xigginsga jo‘natgandi.

Lyudvig Van Betxoven, bastakor

Foto: Getty Images

Tug‘ilgan sanasi: 1770-yil 16-dekabr

Vafoti: 1827-yil 26-mart, 56 yoshida

O‘lim sababi: jigar kasalligi

Lyudovik van Betxoven 12 yoshidan ishlay boshlagan, chunki onasi vafotidan keyin u oilaning yagona boquvchisiga aylangandi. Bastakor opera teatrida ishladi, viola chaldi, musiqadan dars berdi, shuningdek, shu vaqt davomida asarlar yaratdi. 20 yoshida u mashhurlikka erishdi va nihoyat yaxshi pul topa boshladi. Ammo 26 yoshida fojia yuz berdi: u eshitish qobiliyatini yo‘qotadi, yildan yilga karlik kuchayib boradi. Teatrda uning xizmatlaridan voz kechishgach, bastakorning moddiy ahvoli yomonlashadi. Betxoven 56 yoshida qashshoqlikda va yolg‘izlikda vafot etdi.

Pol Gogen, rassom

Foto: Getty Images

Tug‘ilgan sanasi: 1848-yil 7-iyun

Vafoti: 1903-yil 9-may, 54 yoshida

O‘lim sababi: baxtsiz hodisa

Hozirda Merkuriy sayyorasida Gogen sharafiga nomlangan krater bor va rassomning chizish texnikasi barcha san’at universitetlarida o‘rganiladi, lekin rassom hayotligida hammasi boshqacha bo‘lgan. Vatanida qo‘nim topolmagan rassom Taiti shahriga jo‘nab ketadi. U yerda Gogen juda ko‘p ajoyib asarlarni yaratadi, lekin baribir halovat topa olmaydi. Xaridorlar uning ishiga qiziqish bildirishmaydi, shuning uchun Pol moliyaviy tomondan juda qiynaladi. U qarilikdan emas, Dominik orolida yolg‘izlik va qashshoqlikdan vafot etadi. Depressiya bilan kurashgan daho tinchlantiruvchi dorilarni qabul qilib, o‘limining oxirgi kunida uni haddan tashqari oshirib yuboradi. Uch yil o‘tgachgina, Parijda uning barcha rasmlari ko‘rgazmasi tashkil etilib, suratlarining katta qismi sotiladi.

Frans Kafka, yozuvchi

Foto: Getty Images

Tug‘ilgan sanasi: 1883-yil 3-iyul

Vafoti: 1924-yil 3-iyun, 40 yoshida

O‘lim sababi: sil kasalligi

Frans Kafka tirikligida unchalik taniqli bo‘lmagan, uning aqlbovar qilmaydigan asarlar yozganini va har xil ruhiy kasalliklarga chalinganini ko‘pchilik bilmasdi. Bo‘lajak yozuvchi kamtarona, yopiq hayot kechirgan va sug‘urta bo‘limida amaldor bo‘lib ishlagan. Keyinchalik unga sil kasalligi tashxisi qo‘yiladi. Kasallik tufayli Frans Vena shahridagi sanatoriyda davolanadi, lekin bu yordam bermaydi va shu yerda vafot etadi. Ikki yil o‘tgach, Kafkaning qo‘lyozmalari yozuvchining uzoq yillik tanishi noshir Maks Brod qo‘liga tushib qoladi. Ularni nashr ettirgan Brod tez orada boyib ketadi.

Frans Shubert, bastakor

Foto: Getty Images

Tug‘ilgan sanasi: 1797-yil 31-yanvar

Vafoti: 1828-yil 19-noyabr, 31 yoshida

O‘lim sababi: ich terlama kasalligi

Buyuk bastakor 600 dan ortiq kompozitsiya yozgan, ammo, afsuski, Shubert hayoti davomida e’tirof va shon-sharafga ega bo‘lmagan. Uning musiqasi Bax yoki Betxovenga qaraganda noan’anaviy hisoblangan. U doimo puldan qiynalar, ko‘pincha och qolardi. Faqat 30 yoshidagina uning konsertlari mashhur bo‘lib, katta auditoriya yig‘a boshladi. Ammo endi tanila boshlaganida ich terlama kasalligiga chalinadi va shu kasallikdan vafot etadi.

Vinsent Van Gog, rassom

Foto: Getty Images

Tug‘ilgan sanasi: 1853-yil 30-mart

Vafoti: 1890-yil 29-iyul, 37 yoshida

O‘lim sababi: baxtsiz hodisa

Buyuk rassom ruhoniy, illyustrator (kitoblarga bezak beruvchi rassom) bo‘lishni orzu qilgan, ammo 30 yoshida taqdiriga rassom bo‘lish bitilganini tushunib yetadi. Biroq uning rasmlari yaxshi sotilmagan, puli yo‘qligi uchun asosan ukasi Teoning daromadiga yashagan. Sevgidagi omadsizligi va do‘stlari bilan kelishmovchilik tufayli jizzaki bo‘lib qolgan rassom o‘zini tajovuzkor tuta boshlaydi. G‘azablangan vaqtida Vinsent qulog‘ining bir qismini kesib tashlagach, uni ruhiy kasallar shifoxonasiga yotqizishadi. Davolanishdan bir muncha vaqt o‘tgach, noma’lum sabablarga ko‘ra, Van Gog sayr paytida o‘zini otib tashlaydi. Taxminlarga ko‘ra, o‘sha paytda buyuk rassom nima qilayotganini anglab yetmagan.

Rembrandt, rassom

Foto: Getty Images

Tug‘ilgan sanasi: 1606-yil 15-iyul

Vafoti: 1669-yil 4-oktabr, 63 yoshida

Rassom hayotligidayoq shon-shuhratga ko‘milgan, uning xaridorlari ko‘p edi va u o‘z ishi uchun katta haq olgan. Ammo u narx borasida hech qachon savdolashmagan, buni o‘z qadr-qimmatini yerga urish deb bilgan. Rembrandt ijodiy faoliyatida muvaffaqiyat qozongan bo‘lsa-da, oilaviy hayoti havas qilarli darajada emas edi. Rassomning birinchi xotini Saskiya 29 yoshida vafot etadi, undan yakka-yu yagona o‘g‘li Titus qoladi. Dahoning ikkinchi sevgilisi — o‘g‘lining enagasi Xendrike edi, keyinchalik u qiz farzandini dunyoga keltiradi. Avvaliga hammasi yaxshi ketayotganga o‘xshardi. Lekin ko‘p o‘tmay moliyaviy qiyinchiliklar boshlanadi. Buyurtmalar kamayib ketgan bo‘lsa-da, Rembrandt xuddi avvalgidek saxiylik bilan pul sarflardi (daromadining katta qismi kolleksion rasmlarni sotib olishga ketardi). 1663-yilda yana bir baxtsizlik yuz beradi: ikkinchi xotini ham vafot etadi. Ko‘p o‘tmay, Rembrandt o‘g‘lini ham dafn qiladi. Uning o‘zi 1669-yilda batamom yolg‘izlik va qashshoqlikda vafot etadi.

Fridrix Nitshe, faylasuf, shoir, bastakor

Foto: Getty Images

Tug‘ilgan sanasi: 1844-yil 15-oktabr

Vafoti: 1900-yil 25-avgust, 55 yoshida

O‘lim sababi: pnevmoniya

Nitshe butun umri davomida hayot haqiqati va ideallarini qidirdi, lekin topa olmadi. U o‘zini jamiyatdan ajratib, aqldan ozdi, qashshoqlikda va yolg‘izlikda vafot etdi. Dahodagi kasallikning birinchi belgilari 40 yoshdan oshganida paydo bo‘lgan: nutq va koordinatsiyaga bilan bog‘liq muammolar boshlangan. 1889-yilda u Turindagi uyidan chiqib ketayotganida izvoshning otni urayotganini ko‘radi. Frederik baqirib, izvoshga tashlanadi, lekin miya qon aylanishining buzilishi tufayli darhol hushidan ketadi. Shundan so‘ng jiddiy ruhiy muammolar boshlanadi: u o‘zini avval shahzoda, keyin esa imperator deb tasavvur qila boshlaydi, baland ovozda qo‘shiqlar aytadi va hech kim bilan muloqot qilmaydi. Natijada u ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqiziladi. 1900-yil avgust oyining boshida Nitshe pnevmoniya bilan kasallanib, bir necha kundan keyin vafot etadi.

Napoleon Hill, yozuvchi

Foto: Getty Images

Tug‘ilgan sanasi: 1883-yil 26-oktabr

Vafoti: 1970-yil 8-noyabr, 87 yoshida

Zamonaviy “o‘z-o‘ziga yordam” janrining asoschilaridan biri, o‘zini rivojlantirish va muvaffaqiyat haqida ko‘plab kitoblar muallifi qashshoqlikda vafot etgan. Shuni aytish kerakki, bestseller bo‘lgan “O‘yla va boy bo‘l” kitobi muallifi juda yaxshi yashagan. Uning qimmatbaho mashinalari, uylari va yaxtalari bor edi. Ammo yozuvchi qanday pul topishni bilsa-da, qanday sarflashni bilmasdi. Napoleon Hill umrining oxirida barcha gonararini sarflab bo‘lgan, natijada hech vaqosiz qolgan.