Millionlab topilgan mablag‘larni bir zumda ko‘kka sovurganidan keyin moliyaviy ahvoli tang bo‘lib qolgan mashhurlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Mayk Tayson

Foto: Cosmopolitan

Sportchi karyerasi davomida 400 million dollar pul topgan. Oyiga 400 ming dollar sarflaydigan Tayson uchun bu mablag‘ yetarli bo‘lmagan. 2003-yilda Mayk bankrot bo‘lganini e’lon qilgan, bu vaqtda uning qarzi 23 million dollarni tashkil qilgan.

Pamela Anderson

Foto: Cosmopolitan

2008-yilda Pamelaning moliyaviy ahvoli tang holatga kelib qolgan. Yulduz qurilish firmasidan 3 million dollar qarzdor bo‘lgan.

Kris Taker

Foto: Cosmopolitan

2007-yilda ekranlarda ko‘rinmay qolgan Kris klublarda chiqish qila boshlagan va hatto film suratga olishni mo‘ljallagan. 2010-yilda 11,5 million dollar miqdorida soliq to‘lamagani sabab sudga berilgan.

Lindsi Loxan

Foto: Cosmopolitan

2013-yilda Loxan oyiga 6 ming dollarni tashkil qiladigan kommunal to‘lovlarni to‘lay olmagani sabab Beverli-Xillzdagi ishidan voz kechishiga to‘g‘ri kelgan. Sudma-sud yurgan aktrisa spirtli ichimliklar va narkotik vositalarga ruju qo‘ygan va reabilitatsiya markazida davolanishiga to‘g‘ri kelgan. Shundan keyin Loxan kinoga qaytishga qaror qilgan, ammo suratga tushgan “Liz va Dik” va boshqa filmlari muvaffaqiyatli chiqmagan.

Kortni Lav

Foto: Cosmopolitan

Nirvana guruhining a’zosi Kurt Kobeynning bevasi, so‘nggi bir necha yil eridan qolgan pullar hisobiga yashagan. Kortni 2014-yilda bergan intervyuda 29 million dollarni ko‘kka sovurgani va pulning asosiy qismi sud jarayoniga ketganini ta’kidlagan.

50 Cent

Foto: Cosmopolitan

2015-yilda reper 50 million dollar qarzi borligi sabab o‘zini bankrot deb e’lon qilgan. Qizig‘i shundaki, 2014-yili qo‘shiqchi Forbes’ning eng badavlat kishilari ro‘yxatidan o‘rin olgan va uning moliyaviy ahvoli 150 million dollar, deb baholangan. Ammo keyinroq uning o‘zi boyligi illyuziya ekani, aslida esa hisobida 4 million dollar borligini ma’lum qilgan.

Brendan Freyzer

Foto: Cosmopolitan

2013-yilda “Mo‘miyo” yulduzi 2007-yildan buyon sobiq rafiqasiga to‘lab keladigan aliment miqdorini kamaytirishni so‘rab sudga murojaat qilgan. Aktyor so‘nggi paytda unga qilinayotgan takliflar kam ekanini aytib, yiliga 900 ming dollar to‘lash og‘irlik qilayotganini bildirgan. Bunga javoban rafiqasi uni daromadini yashirayotganlikda ayblagan.

Nikolas Keyj

Foto: Cosmopolitan

1996-yildan 2011-yilgacha 150 million miqdorda pul ishlab topgan Keyj bosar-tusarini bilmay qolgan va pulini ko‘kka sovurgan. 15 ta uy, 300 millionga xususiy samolyot, 4 ta yaxta va o‘ttizta motosikl va 9 ta mashina sotib olgan. Bu hali hammasi emas, bir marotaba aktyor 276 ming dollarga dinozavrning bosh suyagini sotib olgan. Bora-bora pulni ayamasdan sarflashi moliyaviy ahvoli yomonlashishiga olib kelgan. Shundan keyin hamma takliflarni qabul qilishiga va bir martadan ko‘p tomosha qilib bo‘lmaydigan filmlarda suratga tushishiga to‘g‘ri kelgan.

Jenis Dikinson

Foto: Cosmopolitan

2013-yilda Jenis bankrot ekanini ma’lum qilgan. Uning qarzi 1 millionni tashkil qilgan bo‘lib, undan yarmi soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamagani hisobiga yig‘ilib qolgan. Shuningdek, sobiq supermodel Kaliforniyadagi kosmetika va plastik jarrohlikka ixtisoslashgan klinikadan katta miqdorda qarzdor bo‘lib qolgan.