Siz-u bizga boy-badavlat, hech narsaga muhtojlik sezmaydigandek ko‘ringan yulduzlarning ham hayotida turli voqealar sodir bo‘lishi, bir zumda bor-yo‘g‘idan ayrilishi mumkin.
Maykl Jekson
Sayyoradagi eng badavlat hisoblangan xonanda hashamatli hayot kechirgan, shaxsiy samolyoti va o‘z saroyi bo‘lgan. Ammo axloqsizlik qilish bilan bog‘liq sudlashish sabab advokat va kompensatsiya uchun milliardlab mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri kelgan. 2009-yil 25-iyunda vafot etganidan keyin esa uning qarzi 500 million dollarni tashkil qilishi ma’lum bo‘lgan.
Nikolas Keyj
Moliyaviy ahvoli 200 million dollarga baholangan Nikolasning hayotida to‘satdan omadsizliklar kuzatilgan. Qalbaki antiqa narsalarga pul tikkan, bir necha marta turmush quribajrashgan va tovon to‘lashiga to‘g‘ri kelgan. Bora-bora hisobidagi mablag‘ sezilarli darajada kamaygan aktyorning avvalgidan ko‘proq ishlashiga to‘g‘ri kelgan. Bankrot bo‘lmagani bilan avvalgi moliyaviy ahvolini qaytara olmagan.
Mayk Tayson
Bokschi butun karyerasi davomida 400 million dollarga ega bo‘lgan. Brilliantlar, qimmatbaho mashina va uylar unga begona bo‘lmagan. Ammo soliq va aliment to‘lamagani sabab qarzga botgan. Qarzlarini yopishi uchun millionlarini sarflashiga to‘g‘ri kelgan. Sportchi kambag‘allikdan 2018-yilda shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘yibgina qutula olgan.
Reper 50 Cent
Bir qancha biznesiga ega bo‘lgan reper ham o‘z vaqtida eng badavlat reperlardan biri bo‘lgan. U ham aliment va soliqlar sabab bankrot bo‘lgan. Oqibatda qarzi miqdori 32 500 000 tashkil qilgan. Uning taxallusini bugungi kundagi moliyaviy ahvoliga tamoman mos desa ham xato bo‘lmaydi.
Toni Brekston
Yetti karra Gremmi mukofotiga sazovor bo‘lgan Tonining bankrot bo‘lishiga ovoz yozish kompaniyasi tomonidan aldangani va o‘zining haddan ortiq isrofgarchilikka yo‘l qo‘ygani sabab bo‘lgan.
Reper T-Pain
Mashhur reper nochorlik nimaligini juda yaxshi biladi. Boshqa mashhurlar o‘zidan hech nimani ayamagan bir vaqtda T-Pain yaqinlaridan bolasi uchun burgerga pul so‘ragan vaqt ham bo‘lgan. Bir vaqtlar uning moliyaviy ahvoli 40 000 000 dollarga baholanganiga ishonish qiyin.
Larri King
Bugungi kunda o‘ziga bo‘lgan havas qilsa arziydigan yulduzning bir vaqtlar moliyaviy inqiroz yoqasida bo‘lganiga ishonish qiyin. Hamkori bilan yuzaga kelgan mojaro uni so‘nggi pulidan ham mahrum bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Moliyaviy aholini tiklab olish uchun unga omad 1978-yilda mualliflik shousini olib borish taklif qilinganidan keyin kulib boqqan.
Mavzuga doir:
- Boylar ham yig‘laydi: Katta miqdorda qarzga botgan mashhurlar
- Mark Sukerberg, Robert Pattinson, Kira Naytli: hashamatli hayotdan voz kechgan yulduzlar (foto)
- Xarobadan chiqqan milliarderlar. Kambag‘al oilada voyaga yetgan mashhurlar (foto)
- Foto: Baxtsiz sevgi tufayli joniga qasd qilishga uringan mashhurlar
- Qashshoq oiladan chiqqan mashhur yulduzlar