O‘zbekistonning Gruziyadagi elchisi etib tayinlangan Bahrom Ashrafxonov mamlakat prezidenti Salome Zurabishviliga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.
Suhbat chog‘ida Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga eng yaxshi tilaklari va niyatlarini yetkazishni so‘radi.
Bundan avval Bahrom Ashrafxonov O‘zbekiston moliya vazirining o‘rinbosari, Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori, 2020-yildan boshlab O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh (0)