• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev farmatsevtika tarmog‘ida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-sentabr kuni farmatsevtika tarmog‘ida amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda farmatsevtika bo‘yicha katta imkoniyatlar bo‘la turib, undan to‘la foydalanilmas edi. Oxirgi yillarda bu tarmoq “drayver”lardan biri sifatida belgilanib, izchil rivojlantirib kelinmoqda.

    Davlat rahbarining 2017-yil 3-maydagi farmoniga muvofiq, Nukus, Zomin, Kosonsoy, Sirdaryo, Boysun, Bo‘stonliq va Parkentda farmatsevtikaga ixtisoslashgan erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilgan edi. O‘sha yili 7-noyabrdagi farmonga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tuzildi. Dorivor o‘simliklar yetishtirish, ularni qayta ishlash, investitsiyalar jalb etib, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun keng sharoitlar yaratildi.

    Bularning natijasida so‘nggi besh yilda 71 ta yangi korxona tashkil etilib, 2 ming 500 dan ortiq turdagi dori vositalari, 241 turdagi tibbiy buyumlar va 78 turdagi tibbiy texnika ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi qariyb 2 barobar oshdi.

    Lekin bu natijalar hali yetarli emas. Bugungi kunda mahalliy korxonalar ichki bozor talabini natural hajmda 55 foizga ta’minlanmoqda, xolos.

    Kelgusi besh yilda tarmoqda ishlab chiqarish hajmini 3 barobar oshirish, ichki bozorni ta’minlash darajasini natural hajmda 80 foizga yetkazish vazifasi qo‘yilgan. Shu maqsadda 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan istiqbolli loyihalar ishlab chiqilgan.

    Taqdimotda ana shu loyihalar haqida ma’lumot berildi.

    Xususan, jami 1,25 milliard dollarlik 104 ta investitsiya loyihasi rejalashtirilgan. Ularning natijasida 376 million dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar tayyorlanib, 84 million dollarlik eksport quvvati yaratilishi hisob-kitob qilingan. Eng muhimi, 9 mingga yaqin kishi ish bilan ta’minlanadi.

    Prezident bu loyihalarning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatini ta’kidlab, ularni jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

    Taqdimotda mahalliy dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

    Mamlakat hududida 750 turdagi dorivor giyohlar o‘sadi. Ulardan foydalanib, dunyo bozorida xaridorgir tabiiy mahsulotlar ishlab chiqarish uchun hamma sharoit yaratib berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi qarori bilan yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi, muayyan hududlar dorivor o‘simliklar yetishtirishga ixtisoslashtirildi. Bu yo‘nalishda 19 ta korxona ishga tushirildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Lekin 750 turdagi dorivor o‘simliklardan faqatgina 70 tasi mahalliy korxonalar tomonidan faol ishlatilmoqda.

    Prezident mamlakatdagi dorivor o‘simliklarni chuqur qayta ishlash orqali eksportni 15 million dollarga yetkazish va 5 mingdan ortiq aholini ish bilan ta’minlash mumkinligini ta’kidladi. Mutasaddilarga shu yo‘nalishdagi klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yib, ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    Bunda, dorivor o‘simliklarni yetishtirish uchun yer maydonlarini ajratish, urug‘chilikni rivojlantirish, agronomlarni tayyorlash, dorivor o‘simliklarni qayta ishlash hamda iste’mol bozorlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratish topshirildi.

    Sohadagi yana bir yirik loyiha – Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteridir. Davlat rahbarining 2020-yil 28-yanvardagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan ushbu zamonaviy markaz Toshkent viloyatining Zangiota tumanida barpo etilmoqda. Xususan, farmatsevtika universiteti, farmakopeya markazi, ilmiy-tadqiqot markazi, ekspertiza markazi, laboratoriyalar, vivariy va ilmiy-tajriba ishlab chiqarish binosi qurilmoqda.

    Shuningdek, bu yerda 140 million dollarlik 7 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.

    Taqdimotda biofarmatsevtik dori vositalarini o‘zlashtirish istiqbollari ham muhokama qilindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Mamlakatdagi korxonalarda 3 mingdan ortiq nomdagi dori vositalari ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa-da, ular asosan bir komponentli, murakkab bo‘lmagan dori vositalaridir.

    Shu bois Prezident onkologik, gormonal, qon preparatlari, vaksinalar kabi innovatsion biotexnologik dori vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    Sog‘liqni saqlash tizimi davlat xaridlari orqali mahalliy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, xalqaro standartlar asosida tayyorlanayotgan mahsulotlarni sertifikatsiyalashni soddalashtirish muhimligi ta’kidlandi.

    Ilm-fan va sanoat korxonalari kooperatsiyasini rivojlantirish, zamonaviy bilimlarga ega malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev 9-sentabr kuni O‘zLiDeP qurultoyida ishtirok etadi
    • Toshkent viloyatida Farmatsevtika texnik universiteti tashkil etiladi

    06.09.2021, 22:08   Izoh (0)   26803
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chirchiq hokimligi “Chirchikstroy” mehmonxonasi buzilmasligini ma’lum qildi

    06.09.2021, 21:15

    “Vaksina oqibatida yuz beradigan o‘lim holati emlangandan so‘ng 1 soat ichida kuzatilishi mumkin” — Sevara Ubaydullayeva

    06.09.2021, 20:58

    Qashqadaryo hokimligi 13 ta xalqaro universitet talabasi bo‘lgan marhum hokim o‘g‘lining kontraktini to‘lab beradigan bo‘ldi

    06.09.2021, 20:16

    Avtomobil monopoliyasiga atalgan Toshkentdagi strit-art to‘liq o‘chirildi. Poytaxt hokimligi va “O‘zavtosanoat” bu ishga aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi

    06.09.2021, 19:56

    Toshkent metrosida Rossiyadan keltirilgan yangi poyezdlar harakatlana boshladi

    06.09.2021, 19:39

    O‘zbekistonda avgust oyida eng qimmat va arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi

    06.09.2021, 19:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 25-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 25 iyun, 22:30

    Oddiy va kamtar: boyligini ko‘z-ko‘z qilmaydigan turk aktyor va aktrisalari

    Kino | 25 iyun, 22:03

    Qidiruvda bo‘lgan 12 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 21:40

    O‘zbekiston Kubogi. “Buxoro” “OKMK”ni mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 25 iyun, 21:38

    NATO yetakchilari Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga va mudofaa xarajatlarini ko‘paytirishga kelishib oldi

    Dunyo | 25 iyun, 21:10

    Andijonda fuqaroga 300 mln so‘m imtiyozli kredit rasmiylashtirib berish evaziga 1000 dollar olgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 20:55

    Tramp AQSHning Eronga bergan zarbalarini Xirosima va Nagasaki bilan taqqosladi

    Dunyo | 25 iyun, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.