Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Kobulda 4-sentabr kuni “Shahzoda saroyi” bozori — valyuta ayirboshlash bo‘yicha mamlakatdagi eng yirik maydoncha o‘z ishini qayta boshladi, deb yozadi Meduza.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Bozor “Tolibon” Kobulni o‘z nazorati ostiga olganidan buyon ishlamayotgan edi. “Shahzoda saroyi” Afg‘oniston moliyaviy tizimining muhim qismi bo‘lib, u yerda deyarli barcha hisob-kitoblar naqd pul bilan amalga oshiriladi. Bu bozordan nafaqat aholi va xususiy kompaniyalar, balki davlat tuzilmalari ham foydalanadi.

Afg‘onistonda bank va bankomatlar ham “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan keyin yopilgan edi. Kobulda banklarning bosh bo‘linmalari sentabrdan o‘z ishini qayta boshladi. Ammo mamlakatda naqd pul yechib olish uchun qo‘yilgan cheklov (haftasiga 20 ming afg‘oni yoki 200 dollar) tufayli odamlar banklar yonida soatlab navbat kutadi.

“Tolibon” davriga kelib, afg‘on valyutasining bozordagi ayirboshlash kursi sezilarli darajada pasaydi. 4-sentabr kuni, “Sinxua” ma’lumotlariga ko‘ra, bir dollar 89 afg‘oni atrofida baholangan, avgust o‘rtalarida Kobul “Tolibon” qo‘liga o‘tishidan avval esa 79 afg‘oni bo‘lgan.

Avvalroq Afg‘onistonga ommaviy ocharchilik xavf solayotgani ma’lum qilingandi. Fitch Solutions kompaniyasining Osiyo mamlakatlariga tahdidlar bo‘yicha rahbari Anvita Basuning fikricha, yaqin kelajakda mamlakatda jiddiy inqiroz yuz beradi.

Basuning ta’kidlashicha, bu oyda yetti foizdan ko‘proqqa pasaygan afg‘oni valyutasining qiymati yana tushishi mumkin. Bunga mamlakatning aksariyat tashqi aktivlari muzlatilgani sabab bo‘lmoqda. AQSh “Tolibon” ulardan foydalana olmasligi uchun Afg‘onistonning tashqi zaxiralarini muzlatib qo‘ygandi. Shuningdek, Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) Afg‘onistonga yordam berishni to‘xtatdi. Bunga respublikani egallab olgan “Tolibon” hokimiyatining tan olinish-olinmasligi muammosi sabab bo‘lmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Putinparast raqqos Toshkentda urushga chorlovchi qo‘shig‘i uchun senzura qilinganini aytmoqda. O‘zi nima bo‘lgandi?
Dunyo
Ganjani vayron qilgan 11 ballik zilzila, Gutenberg chop etgan ilk kitob, Suriyada harbiy operatsiya boshlagan Rossiya qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 30-sentabr
Dunyo
Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlari mustaqilligini tan oldi