Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Xitoy va Eron tashqi ishlar vazirlari Van I hamda Amir Abdullohian telefon orqali muloqot qildi. Suhbat chog‘ida ular Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan “Tolibon”ning mamlakatni tinch yo‘l bilan qayta qurish bo‘yicha harakatlarini yaqindan muvofiqlashtirish zarurligini ta’kidladi.

Foto: “IRNA”

Foto: “IRNA”

“Qo‘shnilar sifatida Xitoy va Eron Afg‘onistonda o‘tish davrining muammosiz bo‘lishida va mamlakatni tinch yo‘l bilan qayta qurishda konstruktiv rol o‘ynashi uchun aloqalar va hamkorlikni kuchaytirishi kerak”, — deyiladi suhbatda.

Van I Afg‘onistondagi yangi hukumatning “ochiqlik va bag‘rikenglikni namoyon qilishi, terrorchilik tashkilotlaridan butunlay uzoqlashishi, barcha davlatlar, ayniqsa, qo‘shni davlatlar bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatib, aloqalarni rivojlantirishiga” umid bildirdi.

“Garchi Afg‘onistondan chiqib ketgan bo‘lsa-da, AQSh mamlakatni tinch yo‘l bilan qayta qurish uchun mas’ul. Yangi tartibsizliklarni keltirib chiqarish, qo‘shni davlatlarning qonuniy huquqlari va manfaatlariga zarar yetkazish u yoqda tursin, AQSh yangi muammolar paydo qilish uchun har xil vositalardan foydalanishga urinmasligi shart”, — dedi Xitoy vaziri.

Van I ta’kidlashicha, Amerika qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi Xitoy va Rossiyaga qarshi kuchlarni to‘plashga qaratilgan edi, degan da’volari bilan Vashington “o‘z muvaffaqiyatsizliklari uchun bahona topishga uringan”. Shuningdek, “agar AQSh Afg‘onistondagi xatolaridan to‘g‘ri saboq olmasa, bu muqarrar ravishda yanada jiddiy xatolarga boshlaydi”.

Avvalroq “Tolibon” Xitoyni Afg‘onistonning asosiy hamkori deb atagandi.

“Xitoy — bizning bosh hamkorimiz, mamlakatimizga sarmoya kiritishga va uni qayta qurishga tayyorligi bilan Xitoy biz uchun muhim va alohida imkoniyatdir”, — dedi harakat vakili Zabihulla Mujohid La Repubblica gazetasiga bergan intervyusida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Putinparast raqqos Toshkentda urushga chorlovchi qo‘shig‘i uchun senzura qilinganini aytmoqda. O‘zi nima bo‘lgandi?
Dunyo
Ganjani vayron qilgan 11 ballik zilzila, Gutenberg chop etgan ilk kitob, Suriyada harbiy operatsiya boshlagan Rossiya qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 30-sentabr
Dunyo
Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlari mustaqilligini tan oldi