O‘zbek muxlislariga “Kumush”, “Jasur va go‘zal” seriallaridagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan turk aktyori Kivanch Tatlitug‘ yangi serialda rol ijro qiladi.
Yangi loyiha uchun tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan. Nar Film kompaniyasi tomonidan suratga olinadigan serial “Oshiqlar bayrami” deb nomlanadi. Ushbu ijod mahsuli turk yozuvchisi Kemal Varol romanidan ruhlanib yozilgan. Unda O‘zjan Alper rejissor, Kemal Varolning o‘zi esa ssenariy muallifi sifatida faoliyat olib boradi. Ota-bola o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar haqida hikoya qiladigan mazkur kartinada Kivanch kasbi advokat bo‘lgan bosh qahramon rolini ijro qiladi. Settar Tanriogen esa uning otasini gavdalantiradi.
Avvalroq Kivanch Tatlitug‘ idish yuvish vositasini reklama qilish uchun 1 mln dollarlik shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)