• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyoboniga bordi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-avgust kuni erta tongda Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    U yerda jamoatchilik vatan fidoyilari, milliy istiqlol yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlar xotirasini yod etish uchun yig‘ildi. Qur’on tilovat etilib, o‘tganlar haqiga duo qilindi. Elga osh tortildi.

    Mustabid tuzum davrida yurt ozodligi uchun kurashgan 100 mingdan ortiq vatandoshlar qatag‘onga uchragan. Ularning qanchasi “xalq dushmani” degan tuhmat bilan shafqatsiz otib tashlangan. Yana qanchasi surgun qilinib, azob-uqubatlarga duchor etilgan. Oilalari parokanda bo‘lib, mol-mulklari tortib olingan. Bu mudhish jinoyatdan mushtipar momolar, onalar ham omon qolmagan. Minglab ayollar beva, bolalar yetim qolgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bu nafaqat ularning avlodlari, balki butun xalq yuragidagi og‘riqdir. Shu bois oradan shuncha vaqt o‘tsa-da, barcha o‘sha mudhish davrni iztirob bilan eslaydi.

    2001-yildan buyon 31-avgust – “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni” sifatida nishonlab kelinmoqda. Vatan fidoyilarining hayoti va merosini o‘rganish, xotirasini abadiylashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

    Bu yil Shahidlar xotirasi xiyobonida bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi binosi rekonstruksiya qilindi.

    Davlat rahbari ushbu muzeyni kirib ko‘rdi. U yerda yaratilgan sharoitlar, tarixiy hujjatlar bilan tanishdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Ko‘rinib turibdiki, katta salohiyatga ega yetakchilar, olimlar, adiblar, shifokorlar, o‘qituvchilar qatag‘on qilingan. Ular xalqimizning eng sara vakillari edi. Mustabid tuzumga millat ko‘zini ochadigan, unga o‘zligini tanitadigan ziyoli insonlar kerak emas edi. Ularning aybi — buyuk bo‘lgani”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

    Afsuski, shu paytgacha qatag‘on qurbonlarining to‘liq ro‘yxati shakllantirilmagan edi. 2020-yil 8-oktabrda O‘zbekiston Prezidentining “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilindi.

    Tarixchi olimlar jalb etilib, zulm qurboni bo‘lgan barcha insonlarni aniqlash va nomlarini tiklash bo‘yicha katta ishlar boshlandi. Chet ellardagi arxiv va muzeylar, kutubxona va fondlar bilan ham hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etilmoqda. Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Fanlar akademiyasi va boshqa tashkilotlarning arxivlaridan yangi-yangi ma’lumotlar topilmoqda.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda qatag‘on qurbonlariga bag‘ishlangan muzeylar tashkil etildi. Ularda rasmiy materiallar bilan birga oilaviy arxivlarda saqlanib qolgan ko‘plab tarixiy hujjatlar, noyob suratlar to‘planmoqda. Qatag‘on qurbonlarining nomlari, ularning hayoti va faoliyati viloyatlar, tumanlar kesimida aniqlanmoqda. Bu ma’lumotlar asosida ko‘p jildlik “Qatag‘on qurbonlari” kitobi nashrga tayyorlanyapti.

    Prezident bunday katta, ilmiy asarlar bilan birga maktab o‘quvchilari uchun sodda tilda, kichik-kichik kitoblar chiqarish zarurligini ta’kidladi. Buning uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga Tarix institutining ilmiy xodimlarini biriktirib, har bir hududdagi jadid bobolarimiz, qatag‘on qurbonlari nomini tiklab borish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

    Davlat rahbari tarixni o‘rganish va o‘rgatish vazifalari haqida gapirdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Biz shu vaqtgacha tarixning o‘zimizga yoqqan joylarini olib, yoqmagan tomonini yashirib o‘tdik. Birovga yoqadimi-yoqmaydimi, g‘ururimizmi-armonimizmi, muvaffaqiyatmi yo xiyonatmi — hammasini haqqoniy yozish kerak”, — deya ta’kidlagan Prezident.

    Haqiqatni tiklash borasidagi yana bir qadam — shu yil 25-avgust kuni O‘zbekiston Oliy sudi tomonidan 115 nafar qatag‘on qurboni oqlandi. Prezident ushbu qarorni olqishladi.

    “Oradan qariyb yuz yil o‘tib adolat qaror topdi. Milliy istiqlolimiz uchun kurash olib borgan, lekin reabilitatsiya qilinmay qolgan 115 nafar bobomizning pok nomlari oqlandi. Hali bundaylar qancha? Vatanparvar insonlarning sha’nini tiklashga qaratilgan ezgu ishlarni davom ettirish kerak”, – deydi Shavkat Mirziyoyev.

    Xiyobondagi ramziy qabr yonida nuroniylar, ulamo va ziyolilar bilan muloqot bo‘ldi. Davlat rahbari ajdodlar xotirasi, bugungi mustaqillik va tinchlik qadri haqida gapirgan.

    “Jadid bobolarimiz yurtimizni ozod etishga, qoloqlikdan olib chiqib, hamma sohalarni rivojlantirishga borini bag‘ishlagan. Buning badalini o‘z jonlari bilan to‘lagan. Biz bugungi mustaqillik, tinchlik, erkinlik sharoitida ularni eslashimiz, e’zozlashimiz ham qarz, ham farz”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Dunyoda bo‘layotgan voqealarga ogoh ko‘z bilan qarash, tinchlik-osoyishtalikning qadriga yetish muhimligi ta’kidlangan.

    “Hamma natijalar, mana shunday bayramlarimiz tinchlik tufayli. Ishlarimiz, ibodatlarimiz tagida ilm-ma’rifat bo‘lishi kerak. Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarini tashkil etdik. Buyuk muhaddis va islom dini ulamolarimiz asarlari nashr etilmoqda. Yangi tahrirdagi ‘Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida’gi qonun shu masalalarga qaratilgan. Imom-xatiblar, diniy jamoatchilik ma’naviyatni yuksaltirish, mehr-oqibatni mustahkamlash, yoshlarga to‘g‘ri tarbiya berishga bundan buyon hissa qo‘shadilar, deb ishonaman”, — dedi Prezident.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Allohdan o‘tganlarga rahmat, yurtga tinchlik va farovonlik tilab duo qilingan.

    31.08.2021, 12:23   Izoh (0)   31912
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chilonzor tumani IIO FMBga yangi boshliq tayinlandi

    31.08.2021, 11:49

    O‘zbekistonda koronavirus bilan to‘liq emlanganlar soni 1,8 mln kishidan oshdi

    31.08.2021, 11:15

    O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoalari “ArMI—2021” doirasida o‘tkazilgan ikki musobaqada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

    31.08.2021, 10:45

    WSJ: O‘zbekiston AQShni afg‘on uchuvchilarini chiqarib yuborishni rejalashtirayotgani haqida ogohlantirdi

    31.08.2021, 10:28

    O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 755 kishida koronavirus, 201 kishida pnevmoniya qayd etilib, 10 bemor vafot etdi

    31.08.2021, 10:16

    Ispaniyadagi otlar sartaroshxonasi, an’anaviy daryo futboli, qo‘ylar hosil qilgan yurak shakli. 30-avgust suratlari

    30.08.2021, 23:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonlik voyaga yetmagan aka-uka xorijda qarovsiz qoldirilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:15

    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

    Reklama | 20 iyun, 21:00

    Isroil Falastin uylarini harbiy bazalarga aylantirmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 21:05

    Biz har doim noto‘g‘ri saqlab kelgan 12 mahsulot

    Maslahatlar | 20 iyun, 20:50

    Endi davlat tashkilotlari xodimlarining tana vazni indeksi o‘lchab boriladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 20:40

    Tramp Eronning yadro dasturini rivojlantirishda Obamani aybdor deb atadi

    Dunyo | 20 iyun, 20:30

    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi

    Reklama | 20 iyun, 19:30

    O‘zbekiston Xitoydan 200 ta elektrobus sotib olishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 20:20

    Afsonaviy inson: Maykl Jekson haqida kutilmagan haqiqatlar

    Musiqa | 20 iyun, 20:10

    Bloomberg: Eron Isroildagi shaxsiy kameralarga ulanib hujumlarini aniqlashtirmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 20:01

    Yangi buklanadigan iPhone 2026-yilda sotuvga chiqadi

    Gadjetlar | 20 iyun, 19:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.