30-avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkent shahriga tashrif bilan kelgan Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, muloqot chog‘ida O‘zbekiston–Germaniya hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilingan, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, Afg‘onistondagi bugungi vaziyatga alohida e’tibor qaratilgan. Xayko Maas O‘zbekiston tomoniga Afg‘onistondan Germaniya va boshqa xorijiy davlatlar fuqarolarining evakuatsiyasini tashkillashtirishda ko‘rsatgan yordami uchun yana bir bor minnatdorlik bildirgan. Tomonlar Afg‘oniston yo‘nalishida yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi.
“Uchrashuvda ikki mamlakatning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorligi yuzasidan ham fikr almashildi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Abdulaziz Komilov Yaponiya tashqi ishlar vazirining parlamentar o‘rinbosari Satoshi Nakanishini qabul qilgani, Abdulaziz Komilov Pokiston tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy bilan uchrashuv o‘tkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)