O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentabr oyidagi FIFA kunlaridan foydalanib, yig‘in o‘tkazadi.
Srechko Katanes shogirdlari 5-sentabr kuni Shvetsiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida qatnashadi. Uchrashuv Stokgolmdagi “Friends” stadionida bo‘lib o‘tadi.
27-avgust kuni terma jamoani qabul qilib olgan sloveniyalik mutaxassis yig‘inga 23 nafar futbolchini jalb qildi.
Darvozabonlar: Valijon Rahimov (“OKMK”), Sanjar Quvvatov, Eldor Suyunov (ikkisi — “Paxtakor”);
Himoyachilar: Farrux Sayfiyev, Hojiakbar Alijonov (ikkisi — “Paxtakor”), Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (“Nijniy Novgorod”, Rossiya), Islom Qobilov (“Lokomotiv”), Husniddin Aliqulov, Dilshod Saitov (“Nasaf”), Abdulla Abdullayev (“Bunyodkor”), Doston Tursunov (“Chunsin Lyanszyan”, Xitoy);
Yarimhimoyachilar: Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA), Jaloliddin Masharipov (“An-Nassr”, Saudiya Arabistoni), Hojimat Erkinov, Abror Ismoilov, Odil Hamrobekov (barchasi — “Paxtakor”), Sanjar Qodirqulov, Javohir Sidiqov (“Lokomotiv”), Oybek Bozorov, Akmal Mozgovoy (ikkisi — “Nasaf”), Farrux Ikromov (“Bunyodkor”);
Hujumchilar: Eldor Shomurodov (“Roma”, Italiya), Igor Sergeyev (“Tobol”, Qozog‘iston).
Izoh (0)