• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “O‘rnidan turdi va ‘xayr’ dedi”. O‘zbek futboli afsonasi Gennadiy Krasnitskiyning fojiali taqdiri

    Gennadiy Krasnitskiy — O‘zbekiston va SSSRning 1960-yillardagi eng yorqin futbolchilaridan biri. “Paxtakor”ning afsonaviy hujumchisi o‘zining kuchli zarbasi va Grigoriy Fedotov to‘purarlar klubi ro‘yxatiga kirishiga sababchi bo‘lgan samaradorligi bilan ajralib turardi. Toshkentda muxlislar uni qadrlar va hattoki, “o‘zbek Pelesi” deb chaqirardi. Raqib himoyachilari esa Krasnitskiydan ochiqchasiga qo‘rqardi.

    Balki mashhur hujumchi yanada ko‘proq muvaffaqiyatga erishishi mumkin edi. Afsuski, oddiy bo‘lmagan xarakteri nafaqat faoliyatiga, hatto hayotiga ham putur yetkazdi.

    Foto: “Chempionat”

    Gennadiy Krasnitskiy nimasi bilan yodda qolgan?

    • Krasnitskiy 1940-yilning 27-avgustida Toshkentda tavallud topgan. O‘sha yerda futbol bilan shug‘ullanishni boshlagan. “Paxtakor” safida professional debyutini nishonlagan. Butun faoliyatini shu jamoada o‘tkazgan.
    • “Paxtakor”dagi 13 mavsumi davomida hujumchi raqiblar darvozasini 112 marta ishg‘ol qilgan va muxlislar tomonidan “o‘zbek Pelesi” laqabini olgan. Grigoriy Fedotov nomidagi to‘purarlar klubining (100 tadan oshiq gol urgan sobiq sovet va rossiyalik futbolchilar — izoh “Daryo”) 54-o‘rnini band etib turibdi.
    • Krasnitskiy “Paxtakor” bilan sovrin qo‘lga kirita olmagan. Lekin 1964-yilda jamoaning SSSR yuqori ligasiga chiqishiga ko‘maklashgan, 1968-yilda SSSR Kubogi finaliga qadar chiqqan.
    • Gennadiy mamlakat terma jamoasida o‘ynashga ham ulgurgan. Uning hisobida terma jamoadagi 3 ta o‘yin va Yugoslaviyaga urilgan bitta gol bor.
    • Hujumchi juda kuchli zarbaga ega bo‘lgan. Shuning uchun raqib himoyachilari va darvozabonlari undan qo‘rqqan. 1963-yilda “Dinamo” klublar terma jamoasi va Peruning “Sporting Kristal” klubi o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida u zarba berib, darvoza to‘rini uzib yuborgandi. Aynan o‘sha zarba g‘alaba golini olib kelgan edi. Raqib himoyachilari Krasnitskiy to‘pga yaqinlashganda “jonli devor”da turishdan qo‘rqqanini tan oladi.

    Foto: “Sport24”

    Afsonaviy futbolchi haqida zamondoshlari qanday fikrda?

    “SSKA” sobiq hujumchisi Boris Kopeykin:

    “Gennadiy Krasnitskiyning zarbasi bilan 1964-yil Chelyabinskda to‘qnash kelganman. O‘shanda mahalliy ‘Lokomotiv’ safida o‘ynardim, Gena esa yuqori ligadan chiqib ketgan ‘Paxtakor’ safida. Jarima zarbasi vaqtida jamoa yoshi katta o‘yinchilaridan hech biri “jonli devor”ga turmasdi. Iloji boricha u yerga yoshlarni qo‘yishga urinardi”.

    “Lokomotiv” sobiq futbolchisi Yuriy Ivanov:

    “1969-yilda biz Cherkizovoda ‘Paxtakor’ bilan o‘ynadik. Darvozamizdan 25 metr uzoqlikda jarima zarbasi belgilandi. ‘Jonli devor’da turmagandim, ularning yonida ko‘rsatma berib turgandim. Krasnitskiy zarba berdi va to‘p mening boshimga tegdi. Undan keyin nima bo‘lganini eslolmayman, hushimni yo‘qotgandim. Aksiga olib, o‘sha kuni yomg‘ir yog‘ayotgandi, to‘p esa suvdan og‘irlashib qolgan edi. O‘yinni oxiriga yetkazib qo‘ydim. Keyin tekshirtirsam — miyaning yengil chayqalishi yuz beribdi”.

    “Dinamo” va “Spartak” sobiq murabbiyi Konstantin Beskov:

    “Krasnitskiy bizning futboldagi eng yorqin o‘yinchilardan biri edi — jismoniy jihatdan baquvvat, mehnatsevar va kuchli zarbasi bor edi. Bu yigit menga yoqib qolgandi. Barcha Gennadiyning individual mahorati haqida gapirardi, lekin uning taktik fikrlashi ham tahsinga sazovor edi — bitta uzatma bilan jamoadoshini hal qiluvchi zarbaga chiqarardi. Krasnitskiy istalgan zamonaviy top-jamoada o‘ynay olardi”.

    Gennadiy Krasnitskiy (o‘ngda) himoyachi Stanislav Semyonov bilan

    Gennadiy Krasnitskiy (o‘ngda) himoyachi Stanislav Semyonov bilan
    Foto: “MyTashkent”

    Alkogol Krasnitskiyning faoliyatiga zarar yetkazdi

    Afsuski, hujumchi ko‘p gol urish bilan birga ko‘p mojarolarga ham aralashib qolardi. Yaxshi xulqli Krasnitskiy navbatdagi golni nishonlash uchun muxlislar va “xayrixohlar”ning taklifini rad etolmasdi. Shuning uchun klub bazasiga ko‘pincha mast holda tashrif buyurardi.

    Doimiy spirtli ichimlik iste’mol qilish futbolchining hayotidagi jiddiy muammoga aylandi. Masalan, 1962-yilda “Paxtakor”ning Xarkovga safari vaqtida shovqin ko‘targan. Mehmonxonada mast holda navbatchi xodimlarni va jamoa rahbari O‘ktam Bektemirovni urgan. Bir nechta jamoadoshigina uni to‘xtatib qola olgan.

    Bu harakati uchun SSSR hujumchini “sport ustasi” maqomidan mahrum qildi va mavsum so‘ngiga qadar chempionatdan diskvalifikatsiya qildi.

    Klub almashtirib bo‘lmas futbolchining mojarolariga ko‘z yumar va faqatgina tanbeh bilan kifoyalanardi. Shuning uchun Krasnitskiy jazolanmaganini his qilar, yana va yana ichardi.

    Bir kuni mast holatda “Lujniki” xodimlarini haqorat qilgan. Boshqa safar esa “Spartak” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Moskvadagi mehmonxonaga oyoqda tura olmaydigan ahvolda kirib kelgan. Toshkent restoranlaridan birida esa inkassatorga hujum qiladi, uni faqatgina havoga o‘q uzish orqali to‘xtatib qolishadi.

    Bunday turmush tarzi Krasnitskiyning hayotini og‘irlashtirib yubordi. 27 yoshida Gennadiy futboldan ketishga qaror qiladi.

    Keyinchalik o‘ylab ko‘rgach, sevimli o‘yiniga qaytadi. Oradan ikki yil o‘tgach esa yana futboldan ketish haqida o‘ylab qoladi. Krasnitskiy 29 yoshida butsisini mixga iladi.

    Foto: “Chempionat”

    Nega Krasnitskiy o‘z xohishi bilan hayotdan ko‘z yumdi?

    Faoliyatini yakunlagach Gennadiy o‘zini murabbiylikda sinab ko‘rishga qaror qiladi. Avvaliga “Paxtakor”ning murabbiylar shtabida ishlaydi, keyin jamoa bosh murabbiyiga aylandi. Undan so‘ng “Yangiyer” va “Zvezda” jamoalarini boshqaradi. Barcha urinishlari muvaffaqiyatsiz yakunlanadi. Mutaxassislar Krasnitskiy murabbiy bo‘lishi uchun unda sabr yetishmasligini ta’kidlaydi.

    1986-yilda sobiq futbolchi Respublika ixtiyoriy sport hamjamiyatiga rahbar bo‘ladi. Yangi ishxonasida 135 rubl maosh olgan Gennadiy oilasini boqish uchun bu pullar yetmasligini bilardi. Maoshini ko‘tarishlarini so‘raganda uni yanada quyiroq mansabga — O‘zbekiston chempionati hakam-inspektori etib tayinlashdi.

    Bu sovet futboli afsonasining hayotidagi oxirgi va jiddiy zarba edi. Shundan so‘ng Krasnitskiy o‘z xohishi bilan o‘lishni xohladi.

    Fojiadan bir necha kun oldin u yaqinlariga ishora qila boshladi. Lekin qarindoshlari uning xatarli ogohlantirishini tushunmasdi.

    “1988-yilda u Qo‘rg‘ontepada (Tojikiston) bo‘lib o‘tadigan navbatdagi o‘yinda inspektorlik qilishi kerak edi. Gennadiy aeroportga oilasi bilan: onasi, rafiqasi va qizi bilan chiqishni xohlayotganini aytdi. U oilasiga: ‘Meni oxirgi marta kuzatib qo‘yinglar’, — dedi. Ammo rafiqasi Krasnitskiyning nima xohlayotganini tushunmasdan, ko‘chada haddan ziyod issiq ob-havoni bahona qilib, aeroportga bormadi. U o‘zi bilan qizini ham olib qoldi. Gennadiyni kuzatib qo‘yish uchun onasi aeroportga bordi. U samolyotga qarab yo‘l oldi va darhol ortga qaytdi. Onasiga sport sumkasini uzatdi va endi buning keragi yo‘qligini aytdi”, — deb yozadi Fyodor Razzoqov “Yulduzli fojia” kitobida.

    Natijada Qo‘rg‘ontepada Krasnitskiy o‘ylagan ishini amalga oshirdi. 1988-yil 12-iyunda baxtsiz hodisa yuz berdi. Qo‘rg‘ontepaning “Vaxsha” jamoasi murabbiyi Vladimir G‘ulomhaydarov bu voqeani yodga oladi:

    “Gennadiy Aleksandrovichni aeroportda kutib oldim va kun bo‘yi u men bilan edi. U hushyor edi. Lekin g‘amgin ko‘rinardi. Toshkentlik hakam o‘yinni noxolis boshqardi va futbol tili bilan aytganda, bizni ‘sindirgandi’. Krasnitskiy xafa bo‘lgandi. Gennadiy Aleksandrovich inspektor sifatida hakamlarning harakatini 2 ga baholadi. Toshkentga o‘yin haqida ma’lumot berish uchun qo‘ng‘iroq qildi va men bilan birgalikda mehmonxonaga qaytdi.

    O‘z xonasida ham u asabiylashishda davom etardi. Barmog‘idan uzukni yechib, yana qayta taqardi. Ketma-ket sigaret chekardi. Kechki ovqatga biz bilan chiqmadi.

    Bizga ikkita xona ajratilgandi. Krasnitskiy darhol o‘rnidan turib ‘Mayli, xayr!’, — deb tezkor qadamlar bilan yotoqxonaga kirib ketdi.

    Avvaliga biz hayron bo‘ldik, keyin o‘zimizni qo‘lga oldik: ‘Bu yerda nimadir g‘alati’.

    Uning ortidan yugurdik, lekin derazada Krasnitskiyning oyoqlarini ko‘rgandik, xolos”.

    Afsonaviy futbolchi 1988-yil 21-iyunda mehmonxona derazasidan o‘zini tashlab, fojiali o‘lim topadi.

    27.08.2021, 14:22   Izoh (0)   83026
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Eldor Shomurodov va Jasur Yaxshiboyev Yevrokuboklarda o‘ynaydi. Yevropa Ligasi va Konferensiyalar Ligasi 2021/22-yilgi mavsumining barcha ishtirokchilari ma’lum bo...

    27.08.2021, 10:08

    “Roma” Turkiya klubini mag‘lub etib, Konferensiyalar Ligasi guruh bosqichiga yo‘l oldi. Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi

    27.08.2021, 00:07

    “Barselona” “Bavariya”ga, “PSJ” esa “Man Siti”ga qarshi. Chempionlar Ligasi 2021/22-yilgi mavsumi guruh bosqichiga qur’a tashlandi

    26.08.2021, 22:26

    Superliga. “Paxtakor” o‘zida “OKMK”ni taslim etdi, “Bunyodkor” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Andijon”dan ustun keldi

    26.08.2021, 21:20

    Legionerga aylangan O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi, “Manchester Siti”ga o‘tishni xohlayotgan Ronaldu, qizg‘in pallasiga kelgan Mbappe “serial”i. Eng so‘nggi...

    26.08.2021, 21:00

    Messi — “burga”, Ronaldu — “yig‘loqi”. Jahon futboli yulduzlarining kulgili laqablari

    26.08.2021, 20:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Sistit — bu uyat emas!


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    HAMAS garovdagilarni ozod qilish uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 1 iyun, 23:35

    Rossiya Kubogi. “SSKA” superfinalda “Rostov”ni yengib, bosh sovringa ega chiqdi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 1 iyun, 22:48

    Turkiyada Ukraina va Rossiya muzokaralarining 2-raundi bo‘lib o‘tadi

    Dunyo | 1 iyun, 22:45

    Futbol tarixidagi eng kuchli 10 ta futbol akademiyasi nomi e’lon qilindi

    Sport | 1 iyun, 21:47

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.