Markaziy bank 27-avgustdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 13,27 so‘mga pastlab, 10 640,74 so‘mni tashkil qildi. Yevro 8,88 so‘mga ko‘tarilib, 12 526,28 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi bir kunlik pastlashdan so‘ng 19,66 so‘mga ko‘tarilib, 10 654,01 so‘mni tashkil qilgandi.
Izoh (0)