Jizzaxda viloyati Forish tumanida “GAZ-53” yuk mashinasi ag‘darilishi oqibatida uning haydovchisi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea 16-avgust kuni soat 20:00 atrofida tumanning “Uchma” mahalla fuqarolar yig‘inidagi ichki yo‘lda yuz bergan. Haydovchi “GAZ-53” boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yuk mashinasi ag‘darilgan, oqibatda 34 yoshli haydovchi olingan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Ayni paytda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)