Daryo

Farg‘onada “GAZ-53” yuk mashinasi daraxtga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi

Haydovchi boshqaruvni yo‘qotgani sababli yuk mashinasi yo‘l chetidagi archa daraxtiga urilgan

1 daqiqa o‘qish64 270 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida “GAZ-53” rusumli yuk mashinasi archa daraxtiga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Qayd etilishicha, Uchko‘prik tumanida 6-sentabr kuni fuqaro S.M. boshqaruvidagi “GAZ-53” rusumli yuk avtomashinasini Jalayer qishlog‘i hududida haydab ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada yuk mashinasi yo‘l chetidagi archa daraxtiga urilgan.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Buning oqibatida haydovchi S.M. tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar