• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12762.53
    • RUB162.66
    • EUR14978.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Mashinada chiroyli kiyinib, dadasi bilan ketayotgan bolalarni ko‘rib, havas qilaman”. Avtomashina g‘ildiragini qoraytirib, pul topayotgan andijonlik bola hikoyasi

    Andijon viloyatida onasi tomonidan kaltaklanib, tilanchilik qilishga majburlab kelingani aytilgan bola voqeasi internetda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Voqea yuzasidan tegrovga qadar tekshiruv boshlangani xabar berildi. Bosh prokuratura matbuot xizmati bola manfaatlarini ko‘zlab, Andijon tuman xalq ta’limi bo‘limi, bolalarni ijtimoiy himoyalash, vasiylik va homiylik organi tomonidan “Onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida” Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritgani ma’lum bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shu voqeadan so‘ng “Daryo” muxbiri Andijon shahrining Eski shahar hududida o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa-da, chorrahalarda turib, avtomobillar g‘ildiragini qoraytirib berish xizmatini taklif qilayotgan bolalarni kuzatdi va ularning ayrimlari bilan suhbatlashdi.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan Behruz Ahmadjonovning aytishicha, u 6-sinfda o‘qiydi. Bir necha yil avval ota-onasi ajrashgan. Behruz mashina g‘ildiraklarini qoraytirish orqali kuniga o‘rtacha 30-40 ming so‘mgacha pul ishlab topadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Ota-onam ajrashgan. Oyim va singlim bilan buvimnikida yashaymiz. Shahardagi maktablarning birida 6-sinfda o‘qiyman. Darsdan chiqib, shu yerda tirikchilik qilaman. Hozir yozgi ta’tilda kunduzi boshqa joylarda ish qilsam, kechga yaqin g‘ildirak qoraytiraman. Bir kunda o‘rtacha 30-40 ming so‘m topishim mumkin. Gohida umuman ishlab topolmayman. Onam temirchilik bozorining orqasida joylashgan savdo majmuasida farroshlik qiladi. Ertalab ketib kechga yaqin qaytadi. Bola bo‘lsam ham onam bizni deb boshidan qiyinchiliklarni o‘tkazayotganini his qilaman. To‘g‘risini aytaman, onam borligi uchun men o‘zimni boy hisoblayman. Otasiz bo‘lsak-da, birovdan kam joyimiz yo‘q. Dadam tirik bo‘lsa ham bizdan umuman xabar olmaydi. Hattoki, aliment ham to‘lamaydi. Aslida bizga uning puli ham, boshqa narsasi ham kerak emas, otalik mehrini bersa bo‘lgani edi. Afsuski, eslab ham qo‘ymaydi. Gohida shularni o‘ylab, o‘zimni keraksiz odamdek his qilaman.

    Eng sevimli fanim matematika. Uni yaxshi ko‘raman-u, lekin bilmayman, ko‘proq o‘rganishim uchun esa imkoniyatim yo‘q. O‘qiy desam bu yoqda onam qiynalyapti. Shuning uchun ishlashga majburman. Ish paytida ko‘p odamlarga duch kelaman. Mashina ichida chiroyli kiyinib, dadasi bilan birga ketayotgan bolalarni ko‘rib ularga havas qilaman. Hamma qatori mening ham olam-olam orzularim bor. Men ham o‘qishim kerak, deyman. Lekin qachonligini bilmayman. Maktabni, institutni a’lo baholarga tamomlab, jamiyatga foydam tegadigan inson bo‘lishni istayman. Ammo sharoitimiz bunga imkon bermaydi. Aytingchi, biz shu ahvolda qanday qilib orzularimizga erishamiz? Bizning hayotimiz ham yorug‘ kunlardan iborat bo‘larmikin?” — deydi Behruz Ahmadjonov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Endigina 10 yoshni qarshilagan Otabekning aytishicha, otasi har kuni uyga ichib kelib janjal ko‘taradi, onasini uradi. Yaqinda dadasini davolash uchun shifoxonaga yotqizishgan. Tuzalishi uchun katta pul sarflangani uchun oilasi qarz bo‘lib qolgan. Qarzni uzish esa uning zimmasida.

    “Nega men ham boshqa bolalar kabi baxtli emasman? Savolim sizni o‘ylantirishni boshladi-a? Ishoning o‘zimni boladek his qilmayman. Boshqalar kabi o‘ynab kulishni, maktabga chiroyli kiyinib borishni, ko‘proq kitob o‘qishni, birorta kasbni egallashni istayman. Lekin bular faqat orzu bo‘lib qoladiganga o‘xshaydi. Nega deysizmi? Yomonlash emas-u, dadam har kuni uyga ichib kelib, janjal ko‘taradi. Oyimni bizning ko‘z o‘ngimizda uradi. Bizning kelajagimiz unga qiziqmasdek tuyuladi. Bo‘lmasa topganini icharmidi? Yaqinda dadamni davolash uchun “bolnitsa”ga yotqizdik. Shifokorlar yozib bergan dorilar qimmat ekan. Shu sababli ancha pul sarfladik. Natijada hammadan qarz bo‘lib ketdik. Aniqrog‘i men qarz bo‘ldim. Bizga dadam ichishni tashlasa bo‘lgani. Qolgani bir gap bo‘lar. Ayni paytda oilada pul topayotgan faqat menman. Har kuni shu yerga chiqib, mashina g‘ildiraklarini tozalayman. Ishlash xavfli bo‘lsa-da, shunga majburman. Chunki kunimga 30-40 ming so‘mgacha pul tushishi mumkin. Bu biz uchun katta pul. Onam avval ishlardi, oxirgi paytlarda negadir ishga bormay qo‘ydi. Sabablarini esa aytmadi”, — deydi Otabek Odilov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    8-sinf o‘quvchisi Ro‘zimuhammadning holati ham Otabek va Behruznikidan kam emas. Uning aytishicha, “ballon” qoraytirish orqali bir kunda 100 ming so‘mgacha pul topishi mumkin. Biroq ayrim ichki ishlar xodimlari bolalar ishlab topgan pullarni olib qo‘yishadi.

    “Soydagi trikotajni orqasida turamiz. Ertalabdan beri 10 ming so‘m ishlab topdim. Bu ketishda kechga qadar taxminan 100 ming ishlashim mumkin. Agar ‘militsiya’dagilar kelib qolmasa. Bo‘lmasa hammasi barbod bo‘ladi. Ular bizni ushlab olib, hattoki ‘senlarni quvlab benzinimiz ketdi’, deb topgan pulimizni ham tortib oladi. Lekin men kaltak yesam ham pulimni bermayman. Nega peshona teri bilan topgan pulimni ularga berishim kerak? Biz tilanchilik qilib yurganimiz yo‘q, halol mehnat qilib topyapmiz. Yosh bolalarning puliga ko‘z olaytirmasdan, ana baquvvat bo‘lsa-da, tilanchilik qilib yurgan kattalardan olsin. Ololmaydi, qo‘rqishadi. Bizni esa bola deb mensishmaydi. Yordam ham berishmaydi.

    Ishonasizmi, endi 15 ga kirgan bo‘lsam ham to‘qqiz yildan beri qora mehnatdaman. Shu vaqtgacha qilmagan ishim qolmadi, desam yolg‘on bo‘lmas. Kosib, sartaroshga shogird tushdim. Ammo ustalarimning va boshqa tengdoshlarimning gaplari dilimni vayron qilgani uchun u yerlarga ham bormay qo‘ydim. Men bilan birovning ishi yo‘q. Chunki, ota-onam uch yoshimda ajrashib ketgan ekan. Shuning uchun otamni eslolmayman. Onam hozir Turkiyada, shukur hech bo‘lmasa kiyimlarim, yashashim uchun pul jo‘natib turibdi. Lekin menga uning onalik mehri kerak”, — deya yig‘laydi  Ro‘zimuhammad.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    14 yoshli Oybekning aytishicha, pasport olishi bilan Rossiyaga ketmoqchi. Boisi, oilaviy sharoit hamda o‘qituvchilarining unga bo‘lgan munosabati uning ko‘nglini cho‘ktiradi.

    “Oilada pensioner buvim, onam, akam va men yashaymiz. Asosan buvimning pensiyasiga kun kechiramiz. Onam kasal, uyda o‘tiradi, ishlashga imkoniyati yo‘q. Akam shahardagi ‘moyka’larning birida ishlaydi. Men esa ko‘chada bir amallab, pul topib uyga narsa olib kiraman. Rus tilini yaxshi ko‘raman, biroq bilmayman. O‘rganishim uchun esa pul kerak. Pasport olishim bilan Rossiyaga ketib, ishlab kelish niyatim bor. Balki o‘sha yerda o‘rganib olarman.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Hozir yoz kunlarida u yer, bu yerlardan ish chiqyapti. O‘shalarni qilib, pul topyapman. Ishonasizmi, maktabga qachon borganimni eslolmayman. Yangi o‘quv yilida ham bormasam kerak. Negaki o‘qituvchilarim meni bezdirib qo‘ygan. Ular menga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lmaydi. Hattoki o‘tgan yili pulini bermaganim uchun kitob ham bermadi. Aytingchi, boshqalardan nima kamim, nuqsonim bor? Shunday paytlarda kattalarni yomon ko‘rib ketaman”, — deydi 14 yoshli Oybek.

    21.08.2021, 10:43   Izoh (0)   71860
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda bir kunda 881 kishida koronavirus, 412 kishida pnevmoniya qayd etildi. 10 nafar bemor vafot etdi

    21.08.2021, 10:35

    “O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi ishchi guruh Ustyurt regionida amalga oshirilayotgan geologiya-qidiruv ishlari holatini o‘rgandi

    21.08.2021, 10:30

    Qashqadaryolik ayol tungi klublarda o‘ynashga rozilik bermagach, eri uning sochini qirib tashlagani haqida videomurojaat qildi. So‘ng xato qilganini aytib, uzr so‘...

    21.08.2021, 09:33

    Rossiyadagi OTMlarda o‘zbekistonlik talabalar o‘qishni an’anaviy tarzda boshlashlari mumkin

    21.08.2021, 08:32

    Foto: Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ilk bor o‘tkazilgan ochiq muloqoti

    21.08.2021, 08:00

    Angela Merkelni guldasta bilan kutib olgan Putin, Germaniyaga yetib borgan afg‘on qochqinlari, dalalarda ochilgan paxta. 20-avgust suratlari

    20.08.2021, 23:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina avgust oyining oxirigacha Putin va Zelenskiy uchrashuvini o‘tkazishni taklif qildi” — Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi

    Dunyo | 24 iyul, 00:39

    “Svetni o‘chirib-yoqaverib, texnikalarimizni ishdan chiqaryapsiz” — aktyor Mehriddin Rahmatov energetika tizimi masʼullariga murojaat qildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 23:46

    Fransiya Isroilni ommaviy ocharchilikni keltirib chiqarishda ayblamoqda

    Dunyo | 23 iyul, 23:15

    MMA tarixidagi eng xato qarorlar top-10 ligi

    UFC | 23 iyul, 22:59

    Surxon qo‘riqxonasida yong‘in chiqdi. Besh gektar yerni qamragan olovni 250 kishi o‘chirmoqda

    O‘zbekiston | 23 iyul, 22:56

    Malayziya yashash xarajatlarining oshishi munosabati bilan fuqarolarga pul tarqatadi

    Dunyo | 23 iyul, 22:30

    Zelenskiy korrupsioner amaldorlarni himoya qilmoqchimi? Yevropa tashvish bildirgan, ukrainaliklarni esa g‘azablantirgan qonun ortida nima bor?

    Dunyo | 23 iyul, 22:10

    Eron MAGATE texnik missiyasini qabul qilishga rozi bo‘ldi

    Dunyo | 23 iyul, 21:50

    O‘zbekiston pasporti jahonda o‘z mavqeyini yaxshiladi

    Dunyo | 23 iyul, 21:35

    O‘zbekistonda olti oyda 5,6 trln so‘mlik samarasiz byudjet xarajatlari qisqartirildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.