Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov Eldor Shomurodovning “Roma”dagi kelajagi haqida gapirdi.

Foto: “Neftchi”

Foto: “Neftchi”
Shomurodovning “Jenoa” kabi klublarda gol urganini hisobga olib, uning “Roma”ga o‘tishi meni hayron qoldirgani yo‘q. Terma jamoa murabbiyi sifatida genuyaliklarni kuzatishni boshlagandim va ochig‘i, hayron bo‘lgandim. Jamoani bu qadar kuchsiz deb o‘ylamagandim. Eldor esa u yerda o‘zini ko‘rsata oldi. Bunday natijaga erishish juda murakkab edi. U katta iste’dod egasi. Kam sonli o‘yinchilargina o‘zini “Jenoa”da ko‘rsata olardi.

Zero, hujumchining o‘yini boshqa futbolchilarga bog‘liq. Uni qulay vaziyatga olib chiqadigan futbolchilar ham yo‘q edi. Shunga qaramay, Eldor ko‘p gol ura oldi. “Roma”da esa gol urish osonroq. Hatto Krishtianu Ronalduni ham “Jenoa”ga olib keling, u “Yuventus”da erishgan natijani ko‘rsata olmaydi.

Shomurodovning ikkita o‘yinda urgan ikkita goli Joze Mourinyoni qoyil qoldirishi kerak. Lekin gol urib ham tarkibga kira olmaslik mumkin. Nomi chiqqan futbolchilar bor. Misol uchun, Eden Jeko yoki Olivye Jiruga moslashish uchun vaqt beriladi. Eldordan esa Mourinyo darhol natijani kutadi. U bunday raqobatda o‘zini ko‘rsata oladimi, bu Eldorga bog‘liq. Ammo buning uchun hamma imkoniyat bor.

Shomurodov “Roma”dan ham yaxshiroq klublarda o‘ynashi mumkin. Eldor hech kimdan kam emas. Agar ko‘proq gol urish uchun shart-sharoit yaratib beradigan yigitlar borasida omadi kelsa, u yaxshi natijaga erishishi mumkin. Biz Shomurodovni “Real” va “Barselona” kabi eng yaxshi klublarda ko‘rishimiz mumkin. Hozir bu fantastikadek tuyuladi, ammo bu haqiqat.

Vadim Abramov, futbol murabbiyi

Eslatib o‘tamiz, Rim klubi Eldor Shomurodovni “Jenoa”dan 17,5 million yevro evaziga xarid qildi. Shomurodov “Roma” bilan 2026-yil 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. U 2020/21-yilgi mavsum boshida “Rostov”dan 7,5 million yevro evaziga “Jenoa”ga o‘tgandi. Bungacha Eldor “Mash’al” va “Bunyodkor” klublarida to‘p surgan. Eldor 2019/20-yilgi mavsumda A Seriyada 31 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekistonlik futbolchi “Roma” tarkibidagi ilk rasmiy o‘yinida gol urdi. Bungcha u rimliklarning “Betis”ga qarshi nazorat o‘yinida (2:5) raqib darvozasini ishg‘ol qilgandi. “Raja” klubiga qarshi o‘yinda (5:0) esa bitta gol va golli uzatma muallifiga aylangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank