“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov Yevropa Konferensiyalar Ligasining saralash bosqichi doirasida “Trabzonspor”ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinidan (2:1) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Urgan golim jamoamga foyda keltirganidan xursandman.Shuningdek, Eldor rimliklar matbuot xizmatiga bergan intervyusida golini o‘yindan bir kun oldin tug‘ilgan kunini nishonlagan buvisiga bag‘ishlaganini aytdi.Mourinyo bilan muloqotda muammoga duch kelyapman. Chunki italyan tilida hali yaxshi gapira olmayman. Lekin o‘yin vaqtida bir-birimizni tushunyapmiz.
Jamoaga yangi kelgan Temmi Abraham? U bilan birga o‘ynay olaman deb o‘ylayman.
Eldor Shomurodov, “Roma” futbolchisi
Qayd etish joiz, o‘zbekistonlik futbolchi “Roma” tarkibidagi ilk rasmiy o‘yinida gol urdi. Bungcha u rimliklarning “Betis”ga qarshi nazorat o‘yinida (2:5) raqib darvozasini ishg‘ol qilgandi. “Raja” klubiga qarshi o‘yinda (5:0) esa bitta gol va golli uzatma muallifiga aylangan.
Rim klubi Eldor Shomurodovni “Jenoa”dan 17,5 million yevro evaziga xarid qildi. Shomurodov “Roma” bilan 2026-yil 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)