• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlarida 110 nafar abituriyent tana harorati yuqori bo‘lgani sababli test sinovlariga kiritilmagan

    Davlat test markazi O‘zbekistonda o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarining dastlabki yakunlarini e’lon qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekistonda 2021/2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari 2021-yil 5-avgustdan 16-avgustga qadar 12 kun davomida kuniga 2 smenada bo‘lib o‘tdi.

    Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tanlab olingan 53 ta ochiq maydon (stadion va xiyobon)da o‘tkazildi.

    Unda ishtirok etishi belgilangan 948 211 nafar abituriyentdan 892 242 nafari (94,1 foizi) ishtirok etgan bo‘lsa, 55 969 nafari (5,9 foizi) turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok etmadi.

    Test sinovlarida eng ko‘p abituriyent Toshkent shahri (172 400 nafar), Qashqadaryo (91 855 nafar) va Samarqand (85 987 nafar) viloyatlarida ishtirok etdi.

    Jami 563 nafar (948 211 nafardan) abituriyent, jumladan, 328 nafari (892 242 nafardan) test sinovi jarayonida, 235 nafari (55 969 nafardan) hududga kirishda tartib-qoidasini buzgani sabab test sinovidan chetlatildi.

    Test sinoviga kelgan vaqtda 110 nafar abituriyentning tana harorati 37 darajadan yuqori ekani aniqlangani sababli boshqa abituriyentlarning salomatligini o‘ylagan holda tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, test sinovlariga kiritilmadi. Ular uchun 30-avgustga qadar qo‘shimcha test sinovlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

    Bundan tashqari mazkur test sinovlarida koronavirus bilan kasallangani sababli test sinovlarida ishtirok eta olmagan va 16-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilgan abituriyentlar ham qatnashishi belgilangan.

    16-avgustga qadar 1 200 nafardan ziyod abituriyent koronavirus bilan kasallangani sababli test sinovlarida ishtirok eta olmagani to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan bo‘lib, hozirda ularning ma’lumotlari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.

    Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalinib, tuzalib chiqqan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari qaysi sanada o‘tkazilishi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining xulosasi asosida belgilanadi.

    Mavzuga doir: DTM: “Javob belgilanmagan test topshirig‘iga ball berilishi natija xato hisoblanganini anglatmaydi”

    Hududga kirishda barcha abituriyentlar shaxsni identifikatsiyalash vositalari (videofiksatsiya, barmoq izi skaneri) orqali shaxsi tasdiqlangan holda test sinovlariga kiritildi. Test sinovi jarayoni to‘liq videokuzatuv ostida o‘tkazilib, test2021.uz sayti orqali onlayn translyatsiya qilib borildi.

    Abituriyentlar test sinovida ishtirok etgan kunining ertasigayoq my.dtm.uz sayti orqali o‘zlari ishlagan javoblar varaqasining rangli skaner qilingan holatini yuklab olishlari va test sinovida to‘plagan ballarini bilishlari mumkin bo‘ldi.

    Shuningdek, test sinovlarida shaffoflikni yanada oshirish maqsadida mandat.dtm.uz sayti ishga tushirilib, mazkur sayt orqali abituriyentlarga boshqa abituriyentlarning natijalari bilan ham tanishib borish imkoniyati yaratildi.

    Test natijalariga ko‘ra 75 nafar abituriyent maksimal 189 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Eng ko‘p maksimal ball olgan abituriyentlar Toshkent davlat yuridik universiteti (22 nafar), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (13 nafar) hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (11 nafar) ni tanlaganlar orasida kuzatildi.

    Hozirda test sinovida ishtirok etgan barcha abituriyentlarning test natijalari e’lon qilingan bo‘lib, tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng yakuniy tanlov natijalari hisoblanadi va Davlat komissiyasining bayoni bilan e’lon qilinadi.

    Mavzuga doir:

    • Qashqadaryodagi imtihonlarda birovning o‘rniga kirgan 14 nafar soxta abituriyent ushlandi
    • DTM internetda imtihon savollarini tarqatgan abituriyentlar test sinovlaridan chetlatilganini ma’lum qildi

    20.08.2021, 23:11   Izoh (0)   25492
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda avtomobil transportida yuk tashuvchilar qo‘llab-quvvatlanadi

    20.08.2021, 22:43

    Toshkentda xalqaro terrorchilik tashkilotlarining yana bir guruh a’zolari aniqlandi

    20.08.2021, 22:12

    O‘zbekiston orqali 2 mingga yaqin xorijiy fuqaro Afg‘onistondan evakuatsiya qilindi

    20.08.2021, 21:50

    Afg‘onistonning 150 nafar fuqarosi orqaga qaytarilgan, “Tolibon” ularning xavfsizligini kafolatlagan — O‘zbekiston TIV

    20.08.2021, 21:42

    Shavkat Mirziyoyev Asakadagi avtomobil zavodi hech qachon O‘zbekiston xalqiga foyda keltirmaganini aytdi

    20.08.2021, 20:25

    Ish haqining oshirilishi O‘zbekiston budjetiga qanchaga tushishi ma’lum qilindi

    20.08.2021, 19:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.