Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tadbirkorlar faoliyatida o‘tkaziladigan har qanday tekshirish, monitoring va nazorat tadbirlarida adolat mezonlari va qonun ustuvorligi ta’minlanishi shart. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

“Buning uchun Savdo-sanoat palatasiga tadbirkorning roziligi bilan barcha tekshirishlarda ishtirok etish va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish vakolati beriladi.

Bugungi kunda mahalliy hokimliklar bino va inshootlarning buzilishi bo‘yicha 349 nafar tadbirkordan 123 milliard so‘m qarzdor.

Barcha viloyat hokimlarini ogohlantiraman: 1-sentabrga qadar tadbirkorlar bilan barcha hisob-kitoblar yakuniga yetkazilishi, bir so‘m ham qarzdorlik qolmasligi shart”, — dedi Prezident.

Eslatib o‘tamiz, 20-avgust kuni Toshkentdagi O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarga o‘z korxonalari ularga mulk qilib rasmiylashtirib berilishini, mamlakatdagi 13 mingta umumiy ovqatlanish obyekti 2021-yil yakuniga qadar yer va mulk solig‘idan ozod qilinishini, tashabbus ko‘rsata olmaydigan, yangi-yangi g‘oyalarni ko‘tarib chiqishga, o‘zgarish qilishga intilishi bo‘lmagan rahbarlarga nisbatan juda qattiq talab va choralar bo‘lishini aytdi.

Shuningdek, soliq idoralari qo‘llayotgan ayrim jarimalar sonidan xavotirda ekanligi, inflyatsiya darajasini kelgusi ikki yilda 5 foizga tushirish reja qilingani, O‘zbekistonda tadbirkorlarga kreditni milliy valyuta — so‘mda berish tizimi yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?