Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda endilikda tadbirkorlarga kreditni milliy valyuta – so‘mda va biznes vakillari uchun maqbul foizlarda berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida qayd etildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, banklar tomonidan kelgusi yili xalqaro moliya bozorlarida 5 trillion so‘mlik milliy valyutada yevrobondlar chiqariladi. Shuningdek, O‘zbekiston bozorida ishlashga tayyor bo‘lgan, zamonaviy texnologiyalarga ega yirik xorijiy banklarni kirib kelishiga keng imkoniyatlar yaratiladi. Bu ham o‘z navbatida tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar taqdim etadi va bank tizimida biz uchun nihoyatda kerak bo‘lgan, sog‘lom raqobat paydo bo‘ladi.

“Bugungi yig‘ilishda qatnashayotgan har bir bank rahbari ‘tobora kuchayib borayotgan raqobatga munosib bo‘lish hamda tadbirkorlarni rozi qilish uchun, nimani o‘zgartirishim kerak’, degan savolni o‘ziga berishi va jiddiy xulosa qilishi lozim. Bundan tashqari, banklar chetdan resursni qanday valyutada jalb qilishidan qat’iy nazar, tadbirkorlarga kreditni milliy valyuta – so‘mda va biznes vakillari uchun maqbul foizlarda berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Valyutada kredit olgan va bugun qiyin ahvolga tushib qolgan yuzlab tadbirkorlarimiz, ushbu masalani o‘z murojaatlarida ko‘targanlar”, — deydi davlat rahbari.

Prezidentning qayd etishicha, Moliya vazirligi huzurida Valyuta xatarlarini boshqarish kompaniyasi va hududlarda uning filiallari tashkil etiladi.

“Ushbu kompaniya, banklar tomonidan chet el valyutasida jalb qilinayotgan mablag‘larni so‘mga o‘girib, kreditni ichki bozorda faqat milliy valyutada berish uchun zarur sharoit yaratadi. Lo‘nda qilib aytganda, bundan buyon dollar yoki yevro kursining oshishi, tadbirkorga qo‘shimcha muammo yoki ortiqcha xarajatlarni yuzaga keltirmaydi. Mazkur kompaniya, barcha hududlar va tarmoqlar bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi”, deya ta’kidlaydi Shavkat Mirziyoyev.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi