Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident Shavkat Mirziyoyevga tadbirkorlarni eng ko‘p qiynayotgan muammolardan yana biri – yer ajratish masalasi bo‘yicha 4 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan. Bu haqda davlat rahbari ishbilarmonlar bilan o‘tkazilayotgan muloqotda ma’lum qildi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.

“Biz so‘nggi bir yarim yil davomida yerlarni auksion orqali ochiq-oshkora sotish bo‘yicha yetarli tajriba orttirdik. Lekin aksariyat hollarda auksionga qo‘yilgan yer maydonlari tadbirkorga ma’qul joylardan emas, balki olis, chekka hududdagi, infratuzilmasi bo‘lmagan joylardan berilgan. Yaxshi maydonlar esa har xil yo‘llar bilan hokimlar qarori asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri berib kelingani ham hech kimga sir emas.

Bundan buyon yer maydonlari faqat va faqat ochiq-oshkora auksion orqali xususiy mulk sifatida sotiladi yoki ijaraga beriladi. Ko‘pchilikda ‘yer xususiy bo‘ldi nima-yu, xususiy bo‘lmadi nima’, degan fikr bo‘lishi tabiiy, albatta. Chunki bizda yerga xususiy mulkchilik bekor bo‘lganidan buyon 3-4 ta avlod almashdi.

Bir narsani aniq bilib olish zarur: xususiylashgani bilan yer maydonlari kamayib yoki ko‘payib qolmaydi, lekin uning bozor qiymati paydo bo‘ladi. Yeri bor odam haqiqiy mulkdorga, kapital egasiga aylanadi”, — deydi davlat rahbari.

Prezidentning qayd etishicha, bundan keyin tadbirkorlar yerdan yuqori likvidli aktiv va garov obyekti sifatida foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“Ko‘pchilik tadbirkorlarni o‘z korxonasi joylashgan yer maydonining taqdiri ertaga nima bo‘ladi, degan savollar qiynayotgani ham, joylarda bor gap. Ushbu korxonalarning hozirda egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqi asosida egallab turgan yer maydonlari ularga mulk qilib rasmiylashtirib beriladi. Ya’ni bu yerni boshqa odam sotib ololmaydi, uni xususiylashtirishga faqat yer egasining o‘zi haqli bo‘ladi.

Bunda, yerning turiga qarab, uning joylashgan hududidan kelib chiqib yerlar imtiyozli shartlar asosida ushbu korxonalarga xususiylashtirib beriladi. Bundan keyin tadbirkorlar yerdan yuqori likvidli aktiv va garov obyekti sifatida foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Men o‘ylaymanki, bu yangiliklar tadbirkorlarimiz uzoq yillar kutgan tarixiy adolatni ro‘yobga chiqaradi”, —  deya ta’kidlaydi Shavkat Mirziyoyev.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov