• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryolik tadbirkor viloyat hokimi Zoir Mirzayev va’dasini bajarmayotganini aytmoqda

    Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yashovchi tadbirkor Bekzod Berdiyev viloyat hokimi Zoir Mirzayev 2019-yil 31-dekabr kuni bergan va’dasini bajarmayotganini aytmoqda. Bu haqda “Daryo” tahririyatiga shikoyat qilgan tadbirkor viloyat hokimi tomonidan berilgan va’da — Dehqonobod tumanining Boyqo‘rg‘on qishlog‘ida qayta qurilgan bozorning egalik huquqi sotuvga qo‘yilishi haqidagi gap gapligicha qolayotganini aytdi.

    Bekzod Berdiyev.

    Bekzod Berdiyev.
    Foto: “Daryo”

    “Qishlog‘imizdagi bozor muammosi saytda yoritilgach, 2019-yil 31-dekabr kuni viloyat hokimi Zoir Mirzayev Dehqonobod tumaniga borgandi. Hokim qishloqda men rahbarlik qilayotgan ‘Boyqo‘rg‘on bekligi’ dehqon oziq-ovqat bozorini, shuningdek bizga raqobatchi ‘Tursunxon Bibizulayho’ dehqon oziq-ovqat bozorida yaratilgan shart-sharoitni ko‘rib, har ikkala bozordan ham qoniqmaganini, qishloq aholisi uchun yangi bozor qurilishi lozimligini aytgandi. Shundan so‘ng, viloyat hokimligi va tuman hokimligi tomonidan qurilish materiallari berilib, hashar yo‘li bilan bozor qayta qurildi. Ammo bir yildan beri sotuvga qo‘yilmayapti. Bozorga bizga raqobatchi bo‘lgan tadbirkor egalik qilmoqda”, — deydi dehqonobodlik tadbirkor Bekzod Berdiyev.

    Bekzod Berdiyevning aytishicha, viloyat hokimi Zoir Mirzayev bozor qayta qurilgach, sotuvga qo‘yilishini, kim sotib olsa bozorga o‘sha tadbirkor rahbarlik qilishini aytgan.

    “Bu haqda Dehqonobod tuman hokimligining rasmiy saytida ham ma’lumot berilgan. Qolaversa, ‘Daryo’ saytida ham yoritilgan. Ammo aytilgan va’da va’daligicha qolib ketmoqda”, — deydi tadbirkor.

    Tadbirkorning ma’lumot berishicha, u viloyat rahbari Zoir Mirzayevga va’dasini eslatib, adolatli qaror chiqarishini so‘rash uchun hokim qabuliga borgan. Ammo viloyat hokimi qabuliga kirolmagan.

    “Viloyat hokimi Zoir Mirzayev qabuliga kirishni so‘rab, Zoir Mirzayevning tadbirkorlar murojaati uchun tashkil qilingan Telegram'dagi manziliga ham xabar yubordim. Shuningdek, Suhrob ismli mas’ul bilan ham gaplashdim. Lekin natija chiqmadi”, — deydi adolat izlayotganini aytgan Bekzod Berdiyev.

    Tadbirkorning qo‘shimcha axborot berishicha, u so‘ngra Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov qabulida bo‘lgan.

    “Meni va ayni kunda bozorga rahbarlik qilayotgan tadbirkorlarni qabuliga chaqirgan Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov bozor tez kunda sotuvga qo‘yilishini, bozorni munosib nomzod sotib olishi mumkinligini aytdi. Ammo aynan qachon sotuvga qo‘yilishini aniq aytmadi. So‘rasam, kutib turing degan javobni olyapman. Men shundoq ham bir yildan ortiq kutdim”, — deydi “Daryo” tahririyatidan najot so‘rab kelgan tadbirkor.

    Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan e’lon qilingan munosabatda tadbirkor Bekzod Berdiyev shikoyat qilayotgan muammo viloyat hokimi Zoir Mirzayev hamda tuman rahbari Zoir Aliqulov nazoratiga olingani aytiladi. Ta‘kidlanishicha, muammo tez orada yechim topadi.

    “Tadbirkor viloyat hokimiga murojaatida 2019-yil 31-dekabr kungi kelishuvga ko‘ra bozor uchun yangi joy qurilganini, qurilish uchun barcha qurilish materiallari hokimlik tomonidan berilganini, bozor esa hashar yo‘li bilan qayta qurilganini aytib, bozorqo‘mlikka besh nafar nomzod qo‘yilishi va bozor egaligi sotuvga chiqarilishini so‘ragan. Mazkur masala viloyat hokimi topshirig‘iga ko‘ra, tuman hokimi e’tiboriga olindi. Kecha hokim Zoir Aliqulov tadbirkorlar bilan muloqot qilib, muammo tez orada adolatli yechim topishini ma’lum qildi”, — deyiladi bu haqda rasmiy axborot bergan hokimlik.

    Eslatib o‘tamiz, “Daryo”da e’lon qilingan “‘Odam yollab tadbirkorni turolmaydigan qilib kaltaklash buyurildi’. Dehqonobodda tadbirkorlar o‘rtasida mojaro kelib chiqdi”, sarlavhali maqolaga munosabat bildirgan viloyat rahbari Zoir Mirzayev Dehqonobod tumanidagi bozorlar faoliyati bilan tanishib, “Dehqonobodda bunday bozor borligi qashqadaryoliklar uchun uyat”, degandi. Hamda muammo yechimi sifatida bir-biri bilan tortishayotgan har ikkala bozor faoliyati ham tugatilib, qishloq aholisi uchun yangi bozor qurilishi hamda bozorning egalik huquqi sotilishini ma’lum qilgandi.

    Mavzuga doir: 

    • Qashqadaryo hokimi qabuliga borgan fuqarolar uchun sarflangan xarajat endilikda ular yashovchi tuman hokimlari tomonidan qoplanishi ma’lum qilindi
    • Qashqadaryo hokimi mahalliy hokimliklar panjara bilan o‘ralganini tanqid qildi
    • Zoir Mirzayev tanqididan so‘ng Dehqonobod va Shahrisabzda ham hokimliklarni o‘rab turgan panjaralar olib tashlandi

    19.08.2021, 09:10   Izoh (0)   36605
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston aholisining etnik tarkibi ma’lum qilindi

    19.08.2021, 08:39

    Qarshida harakatlanib ketayotgan Lacetti’da yong‘in chiqdi

    19.08.2021, 08:08

    Namanganda yo‘ldan o‘tayotgan 22 yoshli piyoda Nexia urib yuborishi oqibatida vafot etdi

    19.08.2021, 07:28

    Qashqadaryoda ikki mast fuqaro uch kishi bilan janjallashib, ularni jarohatladi

    19.08.2021, 07:07

    Toshkentga kelgan afg‘on bolalari, qoyadagi to‘y marosimi, Hindistondagi soyasiz kun. 18-avgust suratlari

    18.08.2021, 23:55

    Oqqo‘rg‘ondagi bog‘chada zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgan bolalar ahvoli haqida ma’lumot berildi

    18.08.2021, 23:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya kuzgacha Odessani bosib olishi va frontni yorib o‘tishi mumkin — FT

    Dunyo | 1 iyul, 10:52

    Pensiya va nafaqalar oshdi, uy-joy olishda yangi tizim, tadbirkorlarga yengillik: 1-iyuldan qator o‘zgarishlar kuchga kirdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 10:34

    Mbappe “Yuventus”ga qarshi maydonga tushadimi?

    Sport | 1 iyul, 10:27

    Bolalikni yodga soluvchi ertak: “Mio, bolaginam Mio” filmi aktyorlarining taqdiri qanday kechdi?

    Layfstayl | 1 iyul, 10:27

    Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni rasman bekor qildi

    Dunyo | 1 iyul, 10:14

    Lukashenko aholini “hokimiyat uchun duo qilish”ga chaqirdi

    Dunyo | 1 iyul, 09:55

    So‘nggi “O‘rgimchak odam” rejissyori Reddit’dagi birgina post sabab mashhur sahnani o‘zgartirgani haqida so‘zlab berdi

    Kino | 1 iyul, 09:45

    Namanganda qalbaki valyuta sotuvchilar qamoqqa olindi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 09:33
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.