• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Eldor Shomurodov Mourinyo tufayli “Roma”ga o‘tdi. U Drogbaning muxlisi, lekin Joze qo‘l ostida Diyego Kosta va Fernando Torres uslubida o‘ynaydi

    Iyul oyining boshida Yevgeniy Savin o‘z kanalida Eldor Shomurodov bilan intervyusini e’lon qildi. Savin “Jenoa” hujumchisidan “Joze Mourinyoning short-listiga kirganingni eshitdingmi?”, deb so‘radi.

    “Eshitganim yo‘q, to‘g‘risi. Yaxshi jamoaga o‘tishdan qo‘rqmayman. Nimaga qodirligimni bilmoqchiman. Sinab ko‘rgan bo‘lardim”, — degandi Eldor.

    Ushbu video e’lon qilingandan bir oy o‘tib Shomurodov “Roma” futbolchisiga aylandi. 7-avgustda esa “Betis”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (2:5) rimliklar safidagi birinchi golini urdi.

    Eldor nega aynan Rim jamoasida paydo bo‘ldi? U Joze Mourinyo bilan ishlay oladimi? Bu savollarga rossiyalik mashhur tahlilchilar Vadim Lukomskiy va Yuriy Shevchenko javob qidirib ko‘rdi.

    Eldor va “Jenoa”ning manfaatlari bir-biriga mos keldi. Shomurodov top-jamoaga o‘tishni, “Jenoa” esa futbolchini yaxshiroq narxga sotishni istagandi

    Italiyalik jurnalist Janluka di Marsioning so‘ziga qaraganda, “Jenoa” Shomurodov bilan tasodifan shartnoma imzolagan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Jamoa prezidenti Enriko Pretsiozi Mario Balotellini olib kelishni istagandi, lekin sport direktori Daniele Fajano va murabbiy Rolando Maran (ikkalasi ham o‘tgan mavsum jamoadan ketdi) qarshi chiqdi. Maran boshqa hujumchi topishni maslahat berdi.

    “Fajano agent Gabriel Juffrido bilan (u “Jenoa”da o‘ynagan Kshishtof Pyontek bilan ham birga ishlaydi) Shomurodov nomzodini ilgari surdi, Maran darhol rozi bo‘ldi. Chunki u prezident Balotelli olib kelmasidan oldinroq harakat qilishi zarur edi.

    Lekin Pretsiozining roziligisiz bu transfer amalga oshmasdi. ‘Prezident — juda aqlli tadbirkor’. U Shomurodovni ko‘rganidan so‘ng transferga rozi bo‘ldi. Hozir uni 7-8 millionga sotib olsa, bir-ikki yildan so‘ng bemalol 20-25 millionga sotish mumkinligini tushundi.

    Agarda Pretsioziga ko‘proq pul bersangiz, u hamma narsani — hattoki, oyog‘ini ham sotishga tayyor”, — deydi di Marsio hazil aralash.

    Shomurodov uchun Italiya ideal variant edi. RPL u uchun top-chempionatga tayyorgarlik vazifasini o‘tadi.

    Qatar va Xitoydan takliflar bor edi, lekin u yerda faqat pul ishlash mumkin. Men esa futbolchi sifatida rivojlanishni, doim Yevropada o‘ynashni xohlaganman. Italiyada o‘ynayapsanmi, demak seni butun dunyo kuzatyapti.

    Eldor Shomurodov

    Italiyadagi debyut mavsumida Shomurodov 8 ta gol urdi va “Jenoa”da ikkinchi to‘purarga aylandi (Mattia Destro 11 ta gol bilan to‘purar). La Gazzetta dello Sport Eldorning mavsumning eng yaxshi futbolchilari ichida 85-o‘ringa qo‘ydi. U Samir Handanovich, Marselo Brozovich, Kristian Eriksen (barchasi “Inter”), Jorjio Kyellini, Voytsex Shchesni (ikkalasi ham “Yuventus”), Dris Mertens (“Napoli”) kabi futbolchilardan oldinda turibdi.

    Foto Getty Images

    Foto Getty Images

    “Italiya futboli o‘ylaganimdan ham murakkabroq ekan. Lekin men tanlovimdan qoniqdim. Faqatgina yuqori darajadagilarga qarshi o‘yinda o‘sish mumkin. “Jenoa”da o‘zimni qulay his qilyapman”, — degan edi may oyida Eldor.

    Murabbiy Davide Ballardini yangi futbolchini maqtadi (“U chiroyli va samarali o‘ynaydi. Mashg‘ulotlarda angladimki, unda ajralib turadigan sifatlar bor. Umuman boshqacha futbol olamiga moslashish kerak, lekin unda ulkan salohiyat bor”), sport direktori Franchesko Marrokku ham Eldor haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tgandi: “Bu klubimiz uchun ajoyib topilma, Eldor kuchli futbolchi. Biz bundan juda xursandmiz”.

    Qishda “Yuventus” Shomurodovga qiziqayotgani haqida xabarlar chiqa boshlagandi. Eldorning o‘zi ham: “U yerda o‘ynasam hech narsa yo‘qotmayman. Raqobatdan qo‘rqmayman, hattoki bu menga yoqadi ham”, — dedi. Eldor bilan birga ishlaydigan ProSports Management kompaniyasi rahbari German Tkachenko tezroq ketish mumkinligi va yuqoriroq darajaga chiqish imkoniyatini bera olishi uchun “Jenoa” tanlanganini yashirib o‘tirmadi. “Ular hujumchilarni tez sota oladi. Transferni amalga oshirayotganda shuni ham hisobga olgandik”, — deydi Tkachenko.

    Pretsiozi “Jenoa”ni 2003-yilda sotib olgan. 18 yil davomida genuyaliklar juda ko‘p hujum chizig‘i vakillarini sotishga ulgurdi. Eng ko‘p pulni Kshishtof Pyontek keltirgan — yarim yilda uning transfer narxi 8 baravarga oshgan. “Jenoa” uni “Krakoviya”dan 4,5 millionga xarid qilib, 35 million yevroga “Milan”ga sotib yubordi.

    Yozda “Jenoa” 18 yoshli erkin agent Aleksander Buksa bilan shartnoma imzoladi. Uning taqdiri qanday bo‘lishini taxmin qilish qiyin emas.

    Shomurodovning “Roma”ga o‘tishiga asosiy sababchi — Mourinyo

    Eldor omadli futbolchi. Agarda Joze Mourinyo “Roma”ga murabbiy bo‘lmaganida u ham Rimga kelmasdi. Jozega ma’lum bir xarakterga ega hujumchi kerak edi, Shomurodov esa Mourinyo qo‘l ostida to‘p surishni xohlardi.

    “Mourinyoga muhabbat qayerdan? Barchasi oddiy. U — birinchi raqamli murabbiy. Men “Chelsi”ga muxlislik qilaman, Didye Drogba esa sevimli futbolchilarimdan biri”, — degandi Eldor 2021-yil yanvarda La Gazzetta dello Sport’ga bergan intervyusida.

    Foto: “Roma”

    Foto: “Roma”

    German Tkachenko Mourinyoni Roman Abramovich orqali yaxshi biladi. Agent biznesmenga “Chelsi”ni sotib olishiga yordam bergan, Ernan Krespo, Adrian Mutu, Xuan-Sebastyan Veron, Samyuel Eto’O kabi futbolchilarning transferlarida qatnashgandi. Shuning uchun Shomurodovni kumiri bilan tanishtirib qo‘yish, keyin uni portugaliyalik mutaxassisga tavsiya qilish Tkachenko uchun muammo emasdi.

    “German Mourinyo bilan uchrashish haqida hech narsa demadi. Shunchaki syurpriz borligini aytdi. Biz stol atrofida o‘tirganimizda Mourinyo kirib keldi. Avvaliga ishonmadim, keyin salomlashdik va ozroq suhbat qurdik. U Osiyo Kubogi haqida o‘z fikrini bildirdi. Tkachenko u yerda o‘ynaganimni, gol urganimni tushuntirdi. Mourinyo buni bilardi”, — deydi Shomurodov 2019-yilda Joze bilan uchrashuvini yodga olarkan.

    “Joze ‘Tottenhem’da ishlab yurgan vaqtida menga qo‘ng‘iroq qilib, bench-option (zaxira o‘rindig‘i uchun) hujumchi kerakligini aytdi. Shunda men unga Osiyo Kubogida ko‘rgan, undan so‘ng uchrashgan bola haqida eslatdim. Keyin ular skaut yubordi, qanaqadir harakatlar bo‘ldi. Afsuski, hech narsa ro‘y bermadi, Eldor jiddiy jarohat tufayli gol ura olmayotgan vaqtga to‘g‘ri kelgandi. E’tibor bo‘ldi, ammo bu shunchaki do‘stona suhbat edi. Ammo bu Shomurodovning foydasiga deb hisobladik”.

    Mourinyo Eldorni eslab qolgan ko‘rinadi.

    Mourinyo Shomurodovning to‘psiz harakat qila olishini yuqori baholaydi va o‘tish epizodlarida uni kuchliroq qiladi

    “Roma” bosh direktori Tiagu Pintu Eldorning Mourinyo futboliga moslashib ketishiga shubha qilmayapti: “Eldor — ulkan salohiyatga ega hujumchi. U “Roma”da o‘zini ko‘rsatishni istaydi. O‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan ligada buni uddalay oladi. Bu xohish, shuningdek, Shomurodovning sifatlari Joze Mourinyoga mos keladi. Eldorni jamoada ko‘rib turganimizdan xursandmiz”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Pintu qaysi xislatlar haqida gapirdi? Mourinyo uchun hujumchining himoyadagi (pressing va chuqur himoyada jamoaga yordam beradigan) va o‘tish epizodlarida (to‘pni yo‘qotganda va qarshi hujumlardagi harakatlar) sifatlari muhim.

    Mourinyo himoyada o‘ynashni yaxshi ko‘radi — odatda uning jamoalari raqibni himoyada yoki maydon markazida kutib oladi, lekin yuqori bosim uyushtiradi. Mehnatsevarlik — Mourinyo tizimidagi hujumchilarning muhim sifatlaridan biri.

    Bu borada Shomurodov Jozega mos tushadi. Pressingdagi harakatlari bilan butun A Seriya fonida ajralib turadi, uning asosiy faolligi raqiblarga bosim qilishida

    Eldorni judayam maqtab yubormaslik uchun ba‘zi narsalarni ham aytib o‘tish lozim. “Jenoa” to‘pni kam nazorat qildi (18-o‘rin), shuning evaziga pressing qilish uchun ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ldi. Jamoa raqiblarni oldingi chiziqlarda kutib olmaydi, lekin o‘zining intensiv o‘yini evaziga pressing-harakatlar bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi. Bu esa raqamlarni osongina oshirib yuboradi.

    Ikkinchi faktor — Shomurodovning o‘yin vaqti. U ko‘p o‘yin o‘tkazmadi: A Seriyaning 31 o‘yinida ishtirok etdi, ularning 16 tasini asosiy tarkibda boshladi; 4 ta o‘yinda 90 daqiqa harakat qildi; biror marta ketma-ket 90 daqiqa o‘ynamadi. Yuqori darajadagi himoyaviy sifatlari va mehnatsevarligisiz Shomurodov pressing reytingida yuqori o‘rinni egallay olmasdi, shunday rejimda unga ajratilgan vaqtdan unumli foydalana oldi.

    Boshqa tomondan “Roma”da unga asosiy tarkibdan joy kafolatlanmagan, demak pressing-faollikni yuqori darajada ushlab turishga majbur. Ushbu jihati bilan o‘zbekistonlik hujumchi ligada yashirin yulduzlardan hisoblanadi. Unda to‘pni olib qo‘yish qobiliyati ham bor — 90 daqiqada to‘pni olib qo‘yish bo‘yicha eng yaxshi hujumchilardan biri (1,56).

    Shomurodovning mehnatsevarligi — nafaqat himoyaviy o‘yinga foydali. Eldorning A Seriyadagi 8 ta goldan ikkitasi individual pressing natijasidir. Imkoni yo‘qdek ko‘ringan vaziyatlarda u imkoniyat ko‘ra oladi va raqibga bosim o‘tkazib, o‘z maqsadiga erishadi.

    Ayniqsa, “Atalanta”ga qarshi o‘yin yorqinroq bo‘ldi. Ruslan Malinovskiy to‘pni orqaga, himoyachilarga oshiradi, Eldor oldida ikkita himoyachi bo‘lishiga qaramasdan bu noaniq oshirilgan to‘pga yuguradi:

    Skrin: “Sports.ru”

    Skrin: “Sports.ru”

    Eldor pas noto‘g‘ri amalga oshirilganini, har qanday holatda ham himoyachi to‘pni o‘ziga to‘g‘rilab olishga qiynalishini tushundi. U raqibga bosim qilishni maqsad qildi:

    Skrin: “Sports.ru”

    Skrin: “Sports.ru”

    Berat Gimshitidan to‘pni olib qo‘yishni uddaladi — uyog‘iga esa mahorat bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

    Pressing uyushtirish bo‘yicha Shomurodov — ligada eng yuqori o‘rinda turadi. Isbot uchun uning alohida epizodlardagi harakatlarini raqamlarda ko‘rish kifoya.

    Joze uni qadrlaydi. Uning tizimida yulduzlarga ko‘proq vazifalar yuklash mexanizmi bor, qoidaga ko‘ra ular qanot futbolchilari bo‘ladi (masalan, Eden Azar yoki Krishtianu Ronaldu). Portugaliyalik mutaxassis hujumchilarni hech qachon ishlardan ozod qilmaydi, hattoki u super yulduz bo‘lsa ham.

    Mourinyo davrida ishimning asosiy qismi — jamoa to‘psiz harakat qilgan vaqtda raqiblardan to‘pni olib qo‘yishga urinish edi. Albatta, men gol uraman va uzatmalar amalga oshiraman, lekin himoyaga qaytishdan ham rohatlanish imkoniga ega bo‘laman, bu menga yoqadi.

    Harri Keyn, “Tottenhem” futbolchisi

    Yevro—2020 ning asosiy yulduzlaridan biri Alvaro Morata ham Mourinyoning himoyaviy o‘yini haqida iliq fikr bildirdi: “O‘yinga o‘zingni to‘liq bag‘ishlamasang, umuman o‘ynamaysan — aynan Joze shu fikrni menga singdirgan”.

    Ikkinchi muhim lahza — o‘tish epizodlaridagi harakatlar. Mourinyo bu bosqichda futbolchilarning harakatlariga alohida e’tibor beradi. Portugaliyalik mutaxassis aynan shu lahzalar o‘yinda g‘alaba qozonish yoki mag‘lubiyatga uchrashni hal qiladi deb hisoblaydi. Balki zamonaviy futbolda bu tezis Joze faoliyatidagi eng yuqori cho‘qqiga erishgan davridagi kabi ahamiyatga ega emasdir, ammo bu jamoa va hujumchilar uchun muhim ekanligini inkor etmaydi.

    Joze bu holatda hujumchilarning vazifasini “jamoaga bosimdan chiqib ketishi uchun yordam beradi” deb tushuntiradi. Bu ishni turlicha bajarish mumkin.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Didye Drogba — to‘pni ushlab turish orqali bosimdan xalos bo‘lish bo‘yicha etalon. Uzatmadan so‘ng to‘pni qabul qilib olib, darvozaga orqa qilgan holda sheriklari qarshi hujumga o‘tgunga qadar to‘pni ushlab turadi. Bu uslub bo‘yicha ivuarlik hujumchi dunyoda eng yaxshi edi. Keyn ham xuddi shu vazifani bajargan (u nafaqat to‘pni ushlab turgan, balki aylanib olib, darvozaga zarba ham bergan). Lekin vazifa bir xil — to‘ni ushlab turish.

    “Ba’zi o‘yinlarda mening asosiy vazifam to‘pni ushlab turish bo‘ladi. Asosan jamoa yuqori bosim ostida bo‘lganda. Fol ishlab olishga harakat qilish yoki qolganlar hujumni qo‘llab quvvatlashini kutish uchun. Qarshi hujumlarda men albatta qaysidir jamoadoshim ochilishini bilgan holda hujumchi pozitsiyasiga o‘taman. Ko‘pincha bu imkoniyatdan unumli foydalana olaman”, — deydi Harri.

    Shomurodov Mourinyoning bu ko‘rsatmasini bajarish uchun darvozaga orqa qilib yaxshi o‘ynay olmaydi. Baxtga qarshi Mourinyoning ikkinchi uslubi ham bor, Joze uni “raqib himoyachilarini kuchaytirish” deb ataydi.

    “Diyego Kostada men qadrlaydigan juda ko‘p sifatlar bor. Uning xarakteri, harakatlari, yuqori pressingda bosim qilishni uddalay olishi tahsinga sazovor. U ochiq zonani topib, to‘pni oshirishni talab qiladi. Bu esa jamoaga bosimdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Kostada jamoaga nafi tegadigan taktik sifatlar mavjud”, — deydi Mourinyo.

    Maqsad o‘sha-o‘sha — pressingda yordam berish. Joze taktikasidagi hujumchining asosiy vazifasi. Kosta misolida buni boshqacha usulda bajarsa ham bo‘lishi mumkinligini ko‘rishimiz mumkin. Himoyachining orqasidan ochilib borish — bunda uzatma hujumchiga emas, ochiq zonaga oshiriladi, jamoa tezkor hujum qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Foto: “Roma”

    Foto: “Roma”

    Bunday vaziyatlarda Shomurodovning ochila olishi Kostani eslatib yuboradi. Muhim sifat — tezlik. Eldor buni juda yaxshi uddalay oladi. Shomurodov Kostadan emas, kumiri Fernando Torresdan bu jihatni o‘zlashtirgan: “Bolaligimda Fernando Torres va Didye Drogbalarning o‘yinini tomosha qilishni yaxshi ko‘rardim. Menga Torresning uslubi va Drogbaning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yoqardi. Ularga o‘xshash uchun juda ko‘p mehnat qilaman”.

    Drogba va Torres — yuqorida aytilgan ishlarni aynan shu ikki futbolchi yuqori darajada bajara olgan. Uslub bo‘yicha Eldor — bu Torres, Drogba emas (aynan uslub bo‘yicha, daraja bo‘yicha emas). U himoyachilar ortidan yaxshi ochila oladi, buning evaziga bosimdan xalos bo‘lishga yordam beradi.

    “Jenoa”da ikkita hujumchi bir vaqtda maydonda bo‘lgan, shuning uchun Eldor yo to‘pni olish uchun orqaroqqa qaytishga majbur bo‘lgan yoki sherigi to‘p uzatishi uchun o‘zi ochilgan. Mourinyo ikkinchi uslubni talab qilsa kerak.

    Jamoa to‘pni egallab oldi, Shomurodov sevimli zonasi tomonga yugurishga tayyor (o‘ng qanot va markaziy himoyachi orasidan). Raqib esa bu vaziyatda kerakli himoyalanish sxemasini tanlay olmadi, shekilli:

    Skrin: “Sports.ru”

    Skrin: “Sports.ru”

    Yana qarshi hujum — bu safar Shomurodov boshqa qanotdan ochildi (ochiq zonaga chiqish uchun imkoniyat borligini sezdi, “Kalyari”ning chap qanot himoyachisi Xaralambos Likoyannis ortga qaytishga ulgurmadi):

    Skrin: “Sports.ru”

    Skrin: “Sports.ru”

    Eldor bu epizodlarda yaxshi harakat qiladi. Mourinyo qo‘l ostida yanada yaxshiroq bo‘lishi mumkin. Romelu Lukaku Joze hujumchilarni rivojlanishida yordam berishini ta’kidlagandi. “Mourinyo jamoa uchun o‘ynashni o‘rgatdi. Bu pressing va pozitsiya tanlash bilan bog‘liq. Keyin men uning Harri Keyn bilan qanday ishlayotganini kuzatdim”, — deydi belgiyalik futbolchi.

    Mourinyo idealida ikki detal bor — yugurish (Kosta misolida) va darvozaga orqa qilgan holda to‘pni ushlab turish (Drogba misolida). Albatta hujumchi bu xislatlardan birini egallashi kerak, lekin ikkalasini ham o‘zlashtirish foydali.

    Eldorning o‘z vaqtida ochilishi jamoasining pozitsion hujumlarida yordam beradi. “Makkabi” darvozasiga urilgan gol Fabregas—Kosta tandemini eslatib yuboradi. Sesk rolida — Matias Normann.

    Normann to‘pni erkin tarzda egallab oldi. Shomurodov buni ko‘rdi:

    Skrin: “Sports.ru”

    Skrin: “Sports.ru”

    Shomurodov ertaroq yugurishni boshladi. Normann to‘pni egallayotgan mahalda Eldor harakatlanishni boshlagandi — bu esa noaniq vaziyatda himoyachini ortda qoldirishda ustunlik beradi:

    Skrin: “Sports.ru”

    Skrin: “Sports.ru”

    Fabregas to‘pni egallab olganda Kosta doim shunday usulni qo‘llardi (ertaroq yugurishni boshlardi). Shomurodov ham shu harakatni Lorenso Pellegrini bilan birga bajarishi mumkin.

    Umuman olganda Mourinyoning taktikasida pozitsion hujumlar uchun hujumchilarning vazifasi noaniq. Murabbiy bu borada kam ishlaydi, shuning uchun ko‘p narsa hujumchilarning o‘ziga, jamoadoshlari bilan o‘zaro bir-birini tushunishiga bog‘liq. Joze uchun gollar ssenariysi boshqa epizodlar orqali keladi.

    Agar joylashuvning iloji bo‘lmasa, Mourinyo futbolchilarning individual qarorlariga ishonadi. Qiyin vaziyatlarda yuqori darajadagi ijodkor yarim himoyachilar yordam beradi (Fabregas, O‘zil va albatta Pogba). Jozening futbolida bunday o‘yinchilarga joy topiladi, garchi himoya chizig‘iga zarar yetsa-da, Mourinyo ushbu futbolchilarni qanday bo‘lmasin maydonga tushiradi.

    Aynan hujumchilar uchun aniq talablar yo‘q. Qiyin vaziyatlarda gol ura olish — bu tizim uchun ajoyib bonus. Yana bir muhim jihat — Mourinyo jamoalari qanotdan jarima maydoni ichiga to‘pni oshiradi. Bunday vaziyatlarda hujumchi qanday harakat qilishi kerakligini Shomurodov yaxshi biladi.

    Foto: “Roma”

    Foto: “Roma”

    Shomurodov Jekoning o‘rniga kelmadi, lekin bosniyalik futbolchining jamoadan ketishi Eldorga ko‘proq o‘yin amaliyoti berilishini kafolatlaydi

    O‘tgan mavsumda “Roma” safida ikkita hujumchi bor edi — Edin Jeko va Borxa Mayoral. Paulu Fonseka rotatsiyadan unumli foydalandi va ikkala hujumchi ham maydonda deyarli bir xil o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. Jeko barcha musobaqalarda 2419 daqiqa harakat qilgan bo‘lsa (38 o‘yin, 13 ta gol), Mayoralda — 2302 daqiqa (45 o‘yin, 17 ta gol).

    Shomurodov rotatsiya uchun olindi — u Abraham va Mayoraldan keyingi uchinchi hujumchi. Ammo Eldorning maydondagi vazifasi ularnikidan farq qiladi, bu esa Mourinyoga tanlov imkoniyatini beradi. Joze Edin Jekoni asosiy hujumchi sifatida ko‘rayotgandi, lekin “Inter” hujumchini o‘z safiga qo‘shib oldi.

    Romelu Lukaku “Chelsi”ga ketdi, Jeko esa “Inter”ga o‘tdi. Milan jamoasi to‘rt yildan buyon bosniyalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun urinardi. Luchano Spaletti va Antonio Konte Jekoni hujum chizig‘i uchun ideal variant deb bilardi. Endi u Simone Inzagi qo‘l ostida o‘ynash imkoniga ega bo‘ladi.

     

    Foto: “Roma”

    Foto: “Roma”

    “Roma” Jeko ketganidan so‘ng “Chelsi”dan Temmi Abrahamni sotib oldi. Unga Mourinyo mavsum davomida 20 dan ortiq gol urish talabini qo‘yadi. Lekin “Roma” murabbiyi har doim ham hujumchilarni urgan gollariga qarab baholamaydi: “Egoist hujumchilarning muammosi shundaki, ular gol urmasa, maydonda o‘zlarini yo‘qdek hisoblaydi. Lekin boshqa turdagi hujumchilar borki, ular gol urmasa ham katta vazifalarni bajaradi. Harri Keyn bunga misol. Ueyn Runi ham hujumchi, lekin u hattoki yarim himoyada ham o‘ynashiga to‘g‘ri keldi. Bunday hujumchilar jamoaga ko‘proq yordam bera oladi”.

    Jozening so‘zlarida o‘z gapini inkor qilish borligini sezish mumkin — avvaliga u gol muhim emas deyapti, keyin esa ko‘p gol uradigan super hujumchilarni sanab o‘tyapti. Mourinyoning jamoasida doim jamoaviy ishlarni gollar bilan uyg‘unlashtira oladigan hujumchilar bo‘lgan.

    Shomurodov — alturistik hujumchi. Bu xislati portugaliyalik mutaxassisga yoqishi mumkin. Eldor zaxira futbolchisi sifatida mavsumni boshlashi mumkin, lekin Joze qo‘l ostida u o‘sishga erishadi.

    “O‘tgan mavsumda men 8 ta gol urdim, endi esa 10—15 ta gol urmoqchiman. Bu oson bo‘lmasligini bilaman. Ushbu chempionatda bu vazifani bajarish qiyin, lekin meni endi yaxshi bilishadi”, — degan edi Shomurodov “Roma”ga o‘tishidan avval.

    Endi esa yana bir maqsad qo‘shildi: “Yuqori darajadagi jamoa sharafini himoya qilaman, Vatanimda meni qo‘llab-quvvatlaydiganlar juda ko‘p. Ularning ishonchini oqlashga harakat qilaman”.

    Shomurodov 19-avgust kuni “bo‘rilar” safida rasmiy debyutini o‘tkazishi mumkin. “Roma” Yevropa Konferensiyalar Kubogi saralash bahsi doirasida “Trabzonspor”ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin O‘zbekiston vaqti bilan 22:30 da boshlanadi.

    19.08.2021, 13:31   Izoh (0)   36917
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Kubogi. “Olimpik” “Dinamo”ni musobaqadan chiqarib yubordi, “Qizilqum” va “Surxon” ham keyingi bosqichda

    18.08.2021, 23:16

    Donnarummaning narxi 6 yilda 120 baravarga oshdi. “PSJ” Yevro—2020 ning eng yaxshi o‘yinchisini tekinga qo‘lga kiritgani haqida

    18.08.2021, 20:29

    Joze Mourinyo: Eldor Shomurodov “Roma”ga kelishi bilan o‘zini ko‘rsatdi

    18.08.2021, 15:02

    “Nasaf” 10 yil avval OFK Kubogini qo‘lga kiritgandi. Tarixiy natija qayd etgan jamoa a’zolari hozir qayerda?

    18.08.2021, 11:26

    “Bavariya” “Borussiya D”ni mag‘lub etib, 9-bor Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Levandovskidan dubl va assist

    18.08.2021, 01:50

    Eldor Shomurodov Roberto di Matteoning Rim markazidagi uyini ijaraga oldi (foto)

    18.08.2021, 00:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nogironlik pensiyalari ham endi alohida murojaat talab etmasdan tayinlanadi

    O‘zbekiston | 29 may, 16:45

    Qozog‘iston va O‘zbekiston birgalikda bolalar saratoni bo‘yicha markaz tashkil qiladi

    O‘zbekiston | 29 may, 16:35

    “Manchester Siti” arzon-garov futbolchi topdi

    Sport | 29 may, 16:30

    Shahzoda Uilyam Garrini oilasiga qaytish evaziga Megan Markl bilan ajrashishga undamoqda

    Layfstayl | 29 may, 16:30

    Pokiston bitkoin zaxirasini yaratadi

    Dunyo | 29 may, 16:25

    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

    Reklama | 29 may, 15:00

    O‘zbekistonda dollar kursi 12 800 so‘mdan tushdi

    O‘zbekiston | 29 may, 16:11

    Aktyor Hyu Jekmanning turmush o‘rtog‘i 30 yillik nikohdan so‘ng ajrimga ariza berdi

    Layfstayl | 29 may, 16:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.