Toshkent viloyatidagi Xumson hududida joylashgan do‘konlardan birida spirtli ichimliklar qatorida Qur’oni karim oyatlari tushirilgan portretlar borligi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat IIBB axborot xizmati ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, hozirda spirtli ichimliklar bilan bir qatorda turgan portretlar olib tashlangan.
Hududiy profilaktika inspektori do‘kon mas’ullari bilan profilaktik suhbat o‘tkazgan.
Bundan avval O‘zbekistonda “Qur’oni karim suralari va duolari fazilati” kitobida xatoliklar chiqqani sabab uni sotib olingan joyga topshirish tavsiya etilgani hamda Islom sivilizatsiyasi markazida dunyodagi eng katta Qur’oni karim sahifasini qo‘lda ko‘chirish ishlari yakunlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)