Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Moliya vazirligi “Ochiq budjet” portalida tashabbusli budjet jarayonining 3-bosqich ovoz berish natijalari to‘g‘risida ma’lumot berdi. “Gazeta.uz”ning yozishicha, gap fuqarolarning 286,56 milliard so‘m ajratiladigan tashabbuslariga ovoz berish jarayoni haqida ketmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tashabbusli yoki partisipator budjetlashtirish bu — aholining tashabbuslarini hisobga olgan holda budjet mablag‘larining muayyan bir qismini sarflash bo‘yicha ularning bevosita ishtirokida qarorlar qabul qilish hamda qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishini kuzatish amaliyotidir.

Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 16-avgust holatida hududlar kesimida kelib tushgan takliflar soni — 41 125 ta. Ushbu bosqich doirasida qabul qilingan va ovoz berish bosqichiga o‘tkazilgan takliflar soni — 21 832 ta (53 foiz). Tegishli hududlardagi ishchi komissiya tomonidan rad etilgan takliflar soni esa 19 293 ta, ya’ni 47 foizga yetdi.

Shuningdek, hududlar kesimida fuqarolar tomonidan berilgan ovozlar soni — 22 954 taga yetgan. Shundan, ovoz berish jarayoniga fuqarolar jalb etilgan tuman va shaharlar soni — 189 tani tashkil etmoqda.

3-bosqich ovoz berish jarayonida fuqarolar tomonidan bironta ovoz berilmagan tuman va shaharlar soni — 16 tani tashkil etgan.

Foto: Moliya vazirligi

Foto: Moliya vazirligi

Foto: Moliya vazirligi

Foto: Moliya vazirligi

Avvalroq tashabbusli budjet haqida batafsil ma’lumot berilgandi. Mazkur loyiha orqali fuqarolar infratuzilmani yaxshilash, xiyobonlar, bolalar va sport maydonchalari, ichki yo‘llarni qurish, maktablarni ta’mirlash va jihozlash hamda boshqa masalalar bo‘yicha loyihalarni taklif etib, mahalliy byudjetning taqsimlanishida ishtirok etishlari mumkin.

Budjet shakllanishi jarayonida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish maqsadida tuman va shaharlarda tegishli budjetlarning tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish bo‘yicha yangi tartib bosqichma-bosqich joriy etiladi. Hozir ushbu tartib O‘zbekistonning har bir viloyatida bitta tuman yoki shaharda joriy qilingan (jami 14), 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa bu tartib mamlakatning barcha tuman va shaharlarida joriy qilinadi.

Ovoz berishga qo‘yilgan loyihalarga misollar:

  • Toshkentning Olmazor tumanidagi 18-oilaviy poliklinika filialini 200 million so‘mga rekonstruksiya qilish. Tashabbus 109 ovoz to‘plagan;
  • Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi 29-maktabda 120 million so‘m evaziga hojatxona qurish. Ovozlar — 5 ta;
  • Farg‘ona shahridagi 41-sonli bolalar bog‘chasini 800 million so‘m evaziga kapital ta’mirlash. Ovozlar — 269 ta;
  • Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “O‘zbekiston” mahallasining Chutqara mavzesida 500 million so‘mlik suv quvurlarini almashtirish. Ovozlar — 8 ta.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi