• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Tolibon” bir sutka ichida Afg‘onistondagi 9 ta viloyat ma’muriy markazlari egallanganini xabar qildi

    “Tolibon” harakati 14-avgust kuni Afg‘onistondagi to‘qqizta viloyat ma’muriy markazlarini egallab olganini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    “Paktika, Paktiya, Kunar, Forob, Balx va Lagman ‘Tolibon’ ixtiyoriga o‘tgan. Shaharlarni egallash vaqtida minglab askarlar, politsiya va boshqa harbiy kuchlar o‘z qurolini topshirgan va ‘Tolibon’ harakati mujohidlari tomoniga o‘tgan”, — deyiladi harakatning rasmiy bayonotida.

    Shuningdek, bayonotda qayd etilishicha, egallangan viloyatlar hududidagi minglab yengil va og‘ir qurollar, millionlab o‘q-dorilar, harbiylar va noharbiy transport vositalari, uskunalar harakat vakillarining ixtiyoriga o‘tgan.

    Balx viloyati sobiq gubernatori, Islom jamiyati (Afg‘onistondagi tojik va fors tilida muloqot qiluvchi aholining birlashmasi) partiyasi yetakchilaridan biri Ato Muhammad Nur hududning “Tolibon” tomonidan egallanishiga fitna sabab bo‘lganini ma’lum qilgan.

    “Fitna oqibatida barcha hukumat obyektlari va kuchlar ‘Tolibon’ ixtiyoriga o‘tdi. Ushbu fitnaning asoratlari chuqur va og‘ir bo‘ladi, ular marshal Abdulla Rashid hamda meni tuzoqqa tushirmoqchi bo‘lishdi”, — deb yozgan viloyat rahbari Facebook’da.

    “Kurash shu bilan tugamaydi”, — deya qo‘shimcha qilgan Muhammad Nur. Gubernator “Tolibon”ga qarshi mardonavor kurashgan Balx shahri aholisiga minnatdorlik bildirgan.

    Afg‘oniston hududining, taxminan, uchdan ikki qismi “Tolibon” ixtiyoriga o‘tgan.

    “Tolibon” a’zolari 14-avgustda Kobul janubidagi Logar viloyatida faol jang qilgan. “Tolibon” yetakchi kuchlari mamlakat poytaxtidan 11 kilometr uzoqlikda yurgani haqida xabarlar tarqalgan. Ayni vaqtda “Tolibon”ning poytaxtni egallashga jiddiy kuch sarflayotgani, kuchli bosim bilan Kobul tomon yurish qilayotgani haqida axborotlar ko‘zga tashlanmagan.

    G‘arb OAVda jangarilarning asta-sekin Kobulni o‘rab olayotgani haqida xabarlar berilgan. BBC’ning qayd etishicha, shaharda xalqaro aeroportdagi yuklama ortib ketgan, xorijliklar, chet elda siyosiy boshpana olish huquqiga ega bo‘lgan afg‘onistonliklar mamlakatdan chiqib ketishga urinmoqda.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    14-avgustda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani kutilayotgan beqarorlikni bartaraf qilishni va’da bergan va bu uchun qurolli kuchlarni isloh etish lozimligi haqida xalqqa murojaat yo‘llagandi. Prezident “Tolibon” Afg‘onistonni egallab olayotgan bir pallada mamlakatdagi mavjud chigal vaziyat bo‘yicha xalqaro hamkorlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilayotganini bildirgan.

    Xorij davlatlarining, jumladan AQSh, Kanada va Buyuk Britaniya qo‘shinlari o‘z vatandoshlarini Kobuldan uyga evakuatsiya qilish yuzasidan maxsxus operatsiyalar amalga oshirishni boshlagan.

    Shanba kuni “Tolibon” vakillari Afg‘onistodagi beshinchi eng katta shahar — Jalolobodni ham egallagan.

    Nangarxor viloyati deputati Abrorullo Murod shaharning “Tolibon” ixtiyoriga jangsiz topshirilgani va bu boradagi qaror hudud oqsoqollari tomonidan chiqarilganligini aytgan. “Tolibon” ham shaharning mujohidlar nazoratiga o‘tganligini rasman tasdiqlagan.

    “Jihod al-Fatx operatsiyasi davomida Nangarxor viloyatining markazi — Jalolobod shahri to‘liq egallandi. Gubernator qarorgohi, razvedka boshqarmasi, politsiya idorasi va boshqa obyektlar mujohidlarning nazorati ostiga olindi”, — degan “Tolibon” rasmiy vakili Kari Ahmadiy.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, yakshanba tongida Daykundi viloyatining markazi Nili shahri ham “Tolibon” tomonidan egallangan. Afg‘oniston hukumati bu ma’lumotni rasman tasdiqlamadi.

    Kobul va Jalolobod Afg‘oniston sharqida “Tolibon” ixtiyoriga o‘tmagan, hukumat boshqaruvidagi ikki katta shahar bo‘lib turgandi.

    AQSh, NATO va Yevropaning boshqa davlatlari Afg‘oniston hududidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib keta boshlagach, mamlakatda “Tolibon” jangarilari faollashdi va 34 ta viloyatdan 20 tasini egallashga muvaffaq bo‘ldi.

    AQSh hamda uning ittifoqchilari harbiylarni olib chiqib ketishni avgust oxirigacha yakunlashni rejalashtirgandi. Ammo “Tolibon”ning juda tez harakatlangani vaziyatni chigallashtirib yubordi. Ayrim G‘arb davlatlari Afg‘onistondagi fuqarolarini, diplomatlarni va xorijdan boshpana ajratilgan afg‘onistonliklarni qutqarish operatsiyalari uchun Kobulga harbiylarni yubormoqda.

    Avval “Tolibon” Mozori-Sharifni egallagani, Afg‘oniston hukumat kuchlari O‘zbekiston tomon qochgani, Termizdagi “Do‘stlik ko‘prigi” afg‘on harbiylari bilan to‘lgani, Mozori-Sharifdan qochgan marshal Do‘stum vertolyotda O‘zbekistonga o‘tgan bo‘lishi mumkinligi, O‘zbekiston 84 nafar afg‘on harbiy xizmatchisini qabul qilgani, ular orasida yaradorlar ham borligi haqida xabarlar berilgandi.

    15.08.2021, 12:06   Izoh (0)   44008
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tolibon” Kobulga hujumdan avval so‘nggi yirik shahar — Jalolobodni jangsiz egalladi

    15.08.2021, 11:26

    AQSh o‘z elchixonasini evakuatsiya qilish uchun Afg‘onistonga 5 ming harbiy yuboradi

    15.08.2021, 04:11

    Turkiyada Rossiyaning o‘t o‘chirish samolyoti quladi. Sakkiz kishi halok bo‘ldi — ularning besh nafari rossiyalik

    15.08.2021, 03:34

    Foto: Gaitida 7,2 magnitudali zilzila yuz berdi. Kamida 304 kishi halok bo‘lgan

    15.08.2021, 02:47

    Argentinada prezident rafiqasining karantinda tug‘ilgan kun nishonlashi janjalga sabab bo‘ldi

    14.08.2021, 23:36

    Angela Merkel nafaqaga chiqqandan so‘ng qancha pensiya olishi ma’lum bo‘ldi

    14.08.2021, 22:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.