• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSh o‘z elchixonasini evakuatsiya qilish uchun Afg‘onistonga 5 ming harbiy yuboradi

    Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘z fuqarolarini Afg‘onistondan xavfsiz evakuatsiya qilish uchun ushbu mamlakatga 5 mingga yaqin harbiy xizmatchi yuboradi. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Baydenning 14-avgust, shanba kuni e’lon qilingan bayonotida so‘z boradi.

    Jo Bayden.

    Jo Bayden.
    Foto: Getty Images

    “Diplomatik, harbiy va razvedka jamoalarimizning tavsiyalaridan kelib chiqib, men AQSh va boshqa hamkorlarimizning xodimlarini tartibli va xavfsiz olib chiqib ketilishi ta’minlash, shuningdek, missiyamiz davomida bizning qo‘shinlarimizga yordam bergan afg‘onlarni hamda ‘Tolibon’ bosqini oqibatida alohida tahdid ostida qolishi mumkin bo‘lganlarni xavfsiz evakuatsiya qilish uchun 5 mingga yaqirn AQSh harbiy xizmatchilarini joylashtirishga ruxsat berdim”, — deyiladi bayonotda.

    Oq uy rahbari AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenga Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani va afg‘onistonlik boshqa yetakchilarning “kelgusi qon to‘kilishining oldini olish va siyosiy tartibga solishga erishish yo‘lidagi intilishlari”ni qo‘llab-quvvatlash haqida ko‘rsatma bergan.

    “Biz ‘Tolibon’ning Dohadagi vakillariga harbiy qo‘mondon orqali ularning Afg‘onistondagi AQSh xodimlari yoki missiyasini xavf ostida qoldiradigan har qanday harakatiga tezkor va kuchli harbiy javob bo‘lishini bildirdik”, — deya ta’kidlagan Jo Bayden.

    U o‘z bayonotida qo‘shimcha qilishicha, “toki afg‘on harbiylari mamlakatni ushlab turolmas ekan, AQShning yana bir yil yoki besh yil Afg‘onistonda qolishi vaziyatni o‘zgartirmas edi”. “Amerikaning boshqa mamlakatdagi fuqaroviy nizo markazida cheksiz muddat turib qolishi men uchun nomaqbul hol edi”, — degan Oq uy rahbari.

    “Men Amerikaning Afg‘onistondagi harbiy ishtirokiga rahbarlik qilgan to‘rtinchi prezident bo‘ldim... Men bu urushni beshinchi prezident zimmasiga o‘tkazmagan bo‘lardim va o‘tkazmayman ham”, — deya qayd etib o‘tgan Bayden. Uning qo‘shimcha qilishicha, qurolli kuchlar va razvedkaga “kelgusida Afg‘onistondan bo‘ladigan terrorchilik xurujlariga qarshi turish uchun shaylik va hushyorlikni saqlash” haqida buyruq bergan.

    Amerika 2021-yil aprel oyidan Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni boshlagach, “Tolibon” afg‘on hukumat kuchlariga qarshi urushni kuchaytirdi. So‘nggi bir hafta ichida toliblar mamlakatning aksariyat qismini, xususan, Qandahor va Hirot kabi yirik shaharlari, shuningdek, O‘zbekiston bilan chegara yaqinidagi Mozori-Sharif shahrini qo‘lga kiritdi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Hozirgi vaqtda Afg‘oniston armiyasi faqat poytaxt Kobul va uning atrofidagi ayrim hududlarni nazorat qilmoqda, xolos.

    Mavzuga doir:

    • “Tolibon” Mozori-Sharifni egalladi. Afg‘oniston hukumat kuchlari O‘zbekiston tomon qochgan, Termizdagi “Do‘stlik ko‘prigi” afg‘on harbiylari bilan to‘la ekani aytilmoqda
    • OAV: Mozori-Sharifdan qochgan marshal Do‘stum vertolyotda O‘zbekistonga o‘tgan bo‘lishi mumkin

    15.08.2021, 04:11   Izoh (0)   31684
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiyada Rossiyaning o‘t o‘chirish samolyoti quladi. Sakkiz kishi halok bo‘ldi — ularning besh nafari rossiyalik

    15.08.2021, 03:34

    Foto: Gaitida 7,2 magnitudali zilzila yuz berdi. Kamida 304 kishi halok bo‘lgan

    15.08.2021, 02:47

    Argentinada prezident rafiqasining karantinda tug‘ilgan kun nishonlashi janjalga sabab bo‘ldi

    14.08.2021, 23:36

    Angela Merkel nafaqaga chiqqandan so‘ng qancha pensiya olishi ma’lum bo‘ldi

    14.08.2021, 22:56

    Tramp va Pompeo Baydenning Afg‘onistonga oid taktikasini tanqid qildi

    14.08.2021, 21:34

    Yilning eng yorqin “Yulduzlar yomg‘iri” — suratlarda

    14.08.2021, 19:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.