Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Gaitida 14-avgust, shanba kuni 7,2 magnitudali zilzila yuz berdi. Uning ketidan ketma-ket aftershoklar, xususan, 5,2 magnitudali takroriy yerosti silkinishlari kuzatilgan, deya xabar bermoqda Meduza.

Foto: The New York Times

Zilzila Gaiti janubi-g‘arbidagi Sen-Lui-dyu-Syud shahri yaqinida yuz bergan. Uning epitsentri 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgani aytilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ofat oqibatida kamida 304 kishi halok bo‘lgan, 1,8 mingdan ortiq tan jarohati olgan; bedarak yo‘qolganlarning aniq soni ma’lum emas, qurbonlar soni ortishi mumkin.

AQSh Geologiya xizmati shanba kuni yuz bergan yerosti silkinishlarini “qizil” daraja bilan baholagan — bu daraja zilzilaning “jiddiy insoniy yo‘qotishlar” va sezilarli talofatlar keltirib chiqarishi mumkinligini bildiradi.

AQSh Okeanlar va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi Gaitidagi zilziladan so‘ng sunami yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirgan, biroq keyinroq sunami xavfi bekor qilingan.

Foto: The New York Times

Foto: Al Jazeera

Foto: “CBC.ca”

Foto: “CBC.ca”

Foto: The New York Times

Foto: The New York Times

Foto: The New York Times

Foto: The New York Times

Eslatib o‘tamiz, Gaitida 2010-yili epitsentri poytaxt Port-o-Prens yaqinida joylashgan 7,0 magnitudali zilzila yuz bergan edi. Hodisa oqibatida 200 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan, 300 mingdan ziyod kishi tan jarohati olgan, taxminan yarim million odam boshpanasidan ayrilgan edi.

CNN ma’lumotiga ko‘ra, 14-avgustdagi zilzila Gaiti poytaxti va uning aholi gavjum hududlaridan nisbatan uzoqda yuz bergan. Yangi zilzila epitsentridan 100 kilometr masofada taxminan 2,5 million yashaydi, 2010 yilgi zilzilaning xuddi shunday radiusida salkam 6,5 million odam istiqomat qilardi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ilk bor dunyo parlamentlari ayol rahbarlarining sammiti o‘tkaziladi
Mahalliy
O‘zbekistonda 6 oyda qancha aviaparvoz amalga oshirilgani ma’lum qilindi
Dunyo
Rossiya elchixonasi AQSHni Ukrainadagi mojaroga aralashgani uchun harbiy to‘qnashuv xavfidan ogohlantirdi