Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Buyuk ipak yo‘li” metro bekati yaqinidagi yerosti yo‘lagi shiftining bir qismi qulab tushdi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Kadr: Videodan skrinshot

Kadr: Videodan skrinshot

Ma’lum qilinishicha, soat 14:30 da “Buyuk ipak yo‘li” metro bekati yaqinidagi yerosti o‘tish joylaridan birida kompozit panellardan (alyukobond) yasalgan shiftning bir qismi qulab tushgan.

Hodisa oqibatida jarohat olganlar va vafot etganlar yo‘q.

Aniqlanishicha, strukturaning bir qismi yerosti o‘tish joyining tepasida joylashgan maysazorni sug‘orish natijasida to‘plangan suvning og‘irligi fonida qulab tushgan.

Voqea sabab yetkazilgan zarar katta bo‘lmagan. Hudud bir necha daqiqa ichida bo‘laklardan tozalangan.

Avvalroq ushbu yerosti yo‘lagi tepasidan suv oqishi holati kuzatilgani haqida xabar berilgandi. Xabarda “Toshkent metropoliteni” bu mazkur yerosti o‘tish yo‘lagi “Toshkent metropoliteni” tasarrufiga emas, balki Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligiga qarashli ekani ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Roli sabab tomoshabinlar tanqidi va g‘azabiga uchragan mashhur aktyor va aktrisalar (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda 25-noyabr kuni 124 kishida koronavirus aniqlandi
Dunyo
Putinning askarlar onalari bilan uchrashuvi feykmi? Ushbu uchrashuvda aslida kimlar qatnashgani ma’lum bo‘ldi