Toshkent shahar Uchtepa tumanida K.A, R.X. va R.L. ismli ayollar maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmay turib, diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz ayol va qizlarga diniy ta’limdan saboq berib kelgani aniqlandi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasiga (diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) muvofiq sud tomonidan ularning har biriga BHMning 5 baravari (1 million 225 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
“Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish qonunchiligimizda taqiqlanadi. Agarda shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilganidan so‘ng yana shu kabi noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullansa, Jinoyat kodeksining 229-2-moddasiga asosan (diniy ta‘limotdan saboq berish tartibini buzish) jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin”, — deyiladi idora xabarida.
Avvalroq Toshkent viloyatida 25 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib, ularni kaltaklagan aka-ukalar ushlangani, Samarqand viloyati IIB masjidlarning birida voyaga yetmagan bola so‘roq qilingani tasvirlangan videoga izoh bergani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)