Saudiya Arabistonining Flynas aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi. Turizm va sport vazirligi axborot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, 5-avgust kuni ushbu aviakompaniya Ar-Riyod shahridan Toshkentga birinchi aviaparvozini amalga oshirdi.

Foto: Turizm va sport vazirligi axborot xizmati

A320NEO samolyoti Toshkent vaqti bilan soat 12:30 da Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga qo‘ngan. Flynas kompaniyasining birinchi reysini Turizm va sport vazirligi hamda Transport vazirligi xodimlari va OAV vakillari kutib olgan.

Foto: Turizm va sport vazirligi axborot xizmati

Foto: Turizm va sport vazirligi axborot xizmati

Qayd etilishicha, Flynas parvozlari muntazamligini hisobga olib, sayyohlar oqimi ko‘paytiriladi, O‘zbekistonning yirik turistik kompaniya va agentliklari vakillarini Saudiya Arabistoniga yuboriladi. U yerda O‘zbekiston turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkaziladi.