Tokio—2020 Olimpiadasining 3-avgust kungi musobaqalari o‘z yakuniga yetdi. Yozgi o‘yinlarning rasmiy 11-kunida 26 ta medallar shodasi o‘ynaldi.
Medallar reytingida Xitoy yakka peshqadamlikda davom etmoqda. AQSh va Yaponiya ham ta’qibchilardan sezilarli darajada o‘zib ketdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi 3-avgustda qo‘lga kiritilgan navbatdagi oltin evaziga o‘z vaziyatini yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi. O‘zbekistonliklar 2 ta oltin va bitta bronza bilan 28-pog‘onada bormoqda.
Shu vaqtga qadar jami 713 ta medal (226 ta oltin, 224 ta kumush va 263 ta bronza) o‘z egalariga topshirildi. 84 ta mamlakat vakillari kamida bittadan sovringa ega bo‘ldi. Shuningdek, 57 ta delegatsiya, jumladan, O‘zbekiston ham o‘z hisobiga oltin medal yozdirib qo‘ygan.
Tokio—2020 medallar reytingi (top-10)
- Xitoy – 32-21-16 (69)
- AQSh – 24-27-21 (72)
- Yaponiya – 19-6-11 (36)
- Avstraliya – 14-4-15 (33)
- Rossiya – 13-21-18 (52)
- Buyuk Britaniya – 13-17-13 (43)
- Germaniya – 8-8-14 (30)
- Fransiya – 6-10-8 (24)
- Niderlandiya – 6-7-7 (20)
- Janubiy Koreya – 6-4-9 (19)
Izoh (0)