Dzyudo bo‘yicha Tokio—2020 Olimpiadasining aralash jamoaviy musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi 1/8 finalda Niderlandiyaga qarshi bahs olib bordi.
To‘rtta jangdan keyin O‘zbekiston terma jamoasi 3:1 hisobida oldinda borayotgandi. Biroq ushbu Olimpiada bronza medali egasi Davlat Bobonov ishtirokidagi jang mag‘lubiyat bilan yakunlandi. So‘nggi bellashuvda Farangiz Hojiyeva tajribali raqibiga qarshilik ko‘rsata olmadi va hisob 3:3 ko‘rinishini oldi.
Qo‘shimcha jangda Bekmurod Oltiboyev va Xenk Grol o‘zaro to‘qnash keldi. Dastlabki jangda ippon bahosi bilan raqibini taslim etgan Bekmurod bu safar yutqazib qo‘ydi. Uchta shido (ogohlantirish) bahosi bahs taqdirini hal qildi.
Shu tariqa O‘zbekiston jamoaviy bahslarda ham o‘z ishtirokini yakunladi. Qayd etish kerak, O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi Olimpiya o‘yinlarida ilk bor jamoaviy bahslarda ishtirok etdi.
Dzyudo, aralash jamoaviy musobaqa
1/8 final
O‘zbekiston — Niderlandiya 3:4
+90 kg: Bekmurod Oltiboyev – Xenk Grol 10:0-57 kg: Diyora Keldiyorova – Sanne Verxagen 0:10
-73 kg: Hikmatilloh To‘rayev – Tornike Tsyakadoyea 10:0
-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Sanne van Diyke 10:0
-90 kg: Davlat Bobonov – Noyel van Tend 0:10
+70 kg: Farangiz Hojiyeva – Guse Stinxaus 0:10
Qo‘shimcha jang
+90 kg: Bekmurod Oltiboyev – Xenk Grol 0:10
Izoh (0)