• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Pul futboldan ustun kelganda. Faoliyatining eng yuqori nuqtasida Yevropadan ketgan futbolchilar

    Xitoy, Amirliklar, AQSh… Ishtiyoqini yo‘qotgan futbolchilar shu mamlakatlarga ketadi. U yerda futbol darajasi past bo‘lsa ham, yaxshi maosh to‘lanadi. Kimdir faoliyati so‘ngida u yerga boradi, kimdir esa faoliyatining eng yuqori nuqtasida. Quyida Yevropani erta tark etgan 8 futbolchi haqida hikoya qilinadi.

    8. Antoni Modest — 33 yosh. Xitoy (2016-2017)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    XXI asrning 10-yillarida Antoni Modest “Kyoln” jamoasi muxlislarining sevimli futbolchisi edi. Hujumchi faoliyati boshida “Nitssa”, “Anje”, “Bordo” va “Bastiya” jamoalarida to‘p surib, o‘rtacha natija qayd etgan. 2013-yilda Antoni Germaniyaning “Hoffenhaym” jamoasiga o‘tdi. U yerda ham o‘rtacha o‘yin namoyish etgan futbolchiga “Kyoln” qiziqish bildirdi. Modest u yerda porladi. 2 mavsumda 68 ta o‘yinda ishtirok etib, 40 ta gol urdi. Jamoa muxlislari nihoyat ajoyib futbolchiga ega bo‘lganidan juda xursand edi. Lekin boyvachcha xitoyliklar keldi va hujumchini o‘zlarining chempionatiga olib ketdi. Xitoyda 2 mavsum to‘p surgan fransuz futbolchisi yana “Kyoln”ga qaytdi. Bu safar u avvalgi Antoni emasdi: 2 yilda 10 ta o‘yinda ishtirok etdi. Xitoy futbolchining muvaffaqiyatli faoliyatiga nuqta qo‘yishi mumkinligining yaqqol isboti.

    7. Ramires — 34 yosh. Xitoy (2016—2019)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Braziliyalik — o‘ninchi yillarning birinchi yarmida tayanch zonaning etalonlaridan biri edi. 2010-yilda “Chelsi” Ramiresni xarid qildi. “Aristokratlar” safida futbolchi qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni, shu jumladan, 2012-yilda Chempionlar Ligasini ham yutdi, Braziliya terma jamoasidan chaqiruv oldi. Lekin 28 yoshida Ramires Xitoydan taklif oladi va u yerga ketishga qaror qiladi. Xitoydagi 2 mavsumidan so‘ng yarim himoyachi jamoasiz qoladi. 2019-yilda “Palmeyras” futbolchiga boshpana berishga rozi bo‘ladi. Ramires o‘z yurtida Libertadores Kubogini qo‘lga kiritadi, lekin Braziliyadagi 3 yil doimiy zaxiradan maydonga tushishlar, kam o‘yin amaliyoti bilan yodda qoldi. 34 yoshli Ramires hech kimga kerak bo‘lmay qoldi va hozirda erkin agentga aylangan.

    6. Yannik Karrasko — 27 yosh. Xitoy (2018-2019)

    Foto: Gettty Images

    Foto: Gettty Images

    Faoliyatining ilk yillarida Yannik Ferreyra Karrasko “Monako”da ajoyib o‘yin namoyish etdi. Fransiyadagi uch mavsumi mobaynida belgiyalik iqtidor egasi asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Diyego Simeone futbolchini “Atletiko Madrid”ga o‘tishga ko‘ndiradi. Karrasko Madrid jamoasida qanotda harakat qildi va almashtirib bo‘lmas futbolchiga aylandi. 2018-yilda xitoyliklar futbolchiga taklif bilan chiqdi va Yannik Jahon Chempionatidan avvalroq ularning taklifini qabul qildi. “Dalyan Pro”da ham kuchli futbol namoyish etgan Karrasko rahbariyat bilan nizolashib qoladi va ikkinchi mavsumining oxirida Xitoyni tark etib, “Atletiko”ga qaytadi. Yannik 2020/21-yilgi mavsumda “Atletiko” safida chempionga aylandi va gol+pas tizimida 16 ochko jamg‘ardi. Karrasko o‘z vaqtida Xitoydan keta oldi.

    5. Xalk — 34 yosh. Yaponiya (2005—2008), Xitoy (2016—2020)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Xalk — noyob futbolchi. Braziliyalik faoliyatini Yaponiyada boshlagan. U yerdagi muvaffaqiyatli faoliyatidan so‘ng “Portu”ga o‘tgan. Portugaliya jamoasi safida butun dunyo uning uzoqdan beradigan kuchli zarbalarini tomosha qildi. Terma jamoadan chaqiruv olgan Xalk endi “Liverpul” yoki “Barselona”ga o‘tishi kutilgandi. Ammo futbolchi Rossiyaning “Zenit” jamoasini tanladi. Sankt-Peterburgliklar safida omadli faoliyat olib borayotgan Xalk xitoyliklar nazariga tushadi. Xalk o‘ylab o‘tirmasdan Xitoyga yo‘l oladi. Osiyoda faoliyati ko‘ngildagidek o‘tmagan futbolchi 2021-yilda Braziliyaga qaytadi. “Atletiko Mineyro” a’zosi bo‘lgan Xalk top-5 chempionatlaridan birortasida o‘ynamadi. Shunga qaramasdan qaysi jamoada to‘p surgan bo‘lsa, o‘sha jamoa afsonasiga aylana oldi.

    4. Karlos Vela — 32 yosh. AQSh (2018-yildan hozirgacha)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Karlos Velani Janubiy Amerikada porladi deb aytib bo‘lmaydi. Vela noyob iqtidor egasi edi va bu uning 2008-yilda “Arsenal” safiga o‘tishiga zamin yaratdi. APLda unga oson bo‘lgani yo‘q, meksikalik futbolchi chempionat tanlashda adashgandi. Beshafqat va kuchli Angliya Premyer Ligasi Karlosga o‘zining salohiyatlarini ko‘rsatishga yo‘l qo‘ymadi. Angliyadagi 3 yillik faoliyatidan so‘ng Vela Ispaniyaga ketishga majbur bo‘ldi. “Real Sosyedad”dagi ilk mavsumidayoq Karlos asosiy tarkib futbolchisiga aylandi va gol+pas tizimida 20 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Vela jamoani oldinga boshlardi va asosiy yulduzga aylandi. “Sosyedad”dagi 6 yillik faoliyatidan so‘ng Karlos MLS’ga o‘tdi. “Los-Anjeles” safida ham Karlos Vela yetakchiga aylandi. Hozirda 32 yoshda bo‘lgan Vela boshqa jamoaga o‘tish haqida o‘ylayotgani yo‘q.

    3. Sebastyan Jovinko — 34 yosh. MLS (2015—2018), Saudiya Arabistoni (2018-yildan hozirgacha)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Empoli”dagi ajoyib o‘yinlari Sebastyan Jovinkoning “Yuventus”ga o‘tishiga sababchi bo‘ldi. Turinda Sebastyanning ishlari yurishmadi, jamoa darajasi u uchun yuqorilik qildi. Shuning uchun 2010-yilda futbolchi “Parma”ga o‘tdi. A Seriyaning o‘rtamiyona jamoasida Jovinkoning o‘yini ochilib ketdi: 70 o‘yinda 40 golli vaziyatlarda qatnashdi. Jamoa muxlislari futbolchini yaxshi ko‘rardi va hech qayerga ketishini istamasdi. Ammo “keksa sinyora” Jovinkoni qaytarib olishni xohlab qoldi. Shu tariqa Sebastyan 2012-yilda “Yuventus” safiga qaytdi. 2015-yilda esa MLS’ga yo‘l olishga qaror qildi. “Toronto” safida faoliyat olib borgan futbolchi 2018-yilda shartnomasi yakuniga yetgach, Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga borib qo‘shildi. Sebastyan Jovinkoning Italiyaga qaytishi borasidagi mish-mishlar tinmayapti, ammo bunga ishonish qiyin.

    2. Aleks Teysheyra — 31 yosh. Xitoy (2016—2020)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Teysheyra Donetskning “Shaxtyor” jamoasiga yoshligidanoq qo‘shilgandi. Ukraina jamoasi o‘sha vaqtlarda ham braziliyalik futbolchilarni xarid qilib, ularni katta narxlarga sotish bilan shug‘ullanardi. Fernandinyo, Duglas Kosta, Villian, Luis Adriano kabi futbolchilar shular jumlasidan. 2015/16-yilgi mavsumda “Liverpul” Teysheyrani xarid qilish uchun “Shaxtyor” bilan bog‘lanadi. Ammo Aleks negadir bu taklifga e’tibor qilmasdi. Bunga esa sabab bor edi. 2016-yilda xitoyliklar “Shaxtyor”ga juda katta pul to‘laydi va futbolchining o‘zini ham “rozi qiladi”. Aleks Xitoyga ketishga qaror qiladi. 2020-yilda esa shartnomasi yakuniga yetgan futbolchi erkin agentga aylandi va hozircha hech kim “Szyansu Sunin” taklif qilganchalik shartnoma taklif qilmayapti.

    1. Oskar — 29 yosh. Xitoy (2017-yildan hozirgacha)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Oskar “Chelsi” safida porlagan braziliyalik futbolchilardan biri. U Chempionlar Ligasida debyut o‘yinidayoq “Yuventus” darvozasiga ikkita gol urib, YChL tarixida dublga erishgan eng yosh futbolchiga aylangan edi. Braziliya terma jamoasi va “Chelsi”ning asosiy tarkibi vakili futbol uchun ideal yoshida Xitoyga ketdi. “Shanxay SIPG” uning keyingi jamoasiga aylandi. Xitoyda uning faoliyati turg‘un holatda kechdi. Hozirga kelib u Chin yurtini tark etish istagida, biroq Yevropaga qaytganda ham yangi jamoasi “Chelsi” darajasida bo‘lmasligi aniq.

    30.07.2021, 15:01   Izoh (0)   31997
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tokio—2020. Bokschi Rayhona Qodirova Olimpiadadagi ilk jangida afrikalik raqibini mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi. Dzyudochi Bekmurod Oltiboyev esa musobaqa...

    30.07.2021, 13:56

    Eldor Shomurodovning “Roma” bilan qachon shartnoma imzolashi ma’lum bo‘ldi

    30.07.2021, 11:19

    Tokio—2020. Dzyudochi Bekmurod Oltiboyev Rio Olimpiadasi chempioniga yutqazib qo‘ydi va bronza uchun kurash olib boradi

    30.07.2021, 09:41

    Tokio—2020. Bobousmon Boturov chorak finalda birinchi raqamli bokschiga yutqazib qo‘ydi

    30.07.2021, 09:13

    Medallar sarhisobi: Xitoy peshqadamlikka qaytdi, O‘zbekiston esa pastlashda davom etmoqda

    30.07.2021, 06:23

    “Sportga ‘xayr’ deyish oson bo‘ladi deb o‘ylagandim”. Oksana Chusovitina faoliyatidagi eng yorqin lahza, sportdan keyingi hayoti va gimnastikadagi o‘zgarishlar haq...

    29.07.2021, 22:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda norasmiy bandlikka yo‘l qo‘ygan ish beruvchilarga nisbatan javobgarlik kuchaytiriladi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 15:25

    “G‘azo urushini tugatishning eng yaxshi yo‘li — HAMASni mag‘lub etish” — Netanyaxu

    Dunyo | 11 avgust, 15:10

    “PSJ” “Chelsi” futbolchisi uchun 150 mln yevro taklif qildi

    Sport | 11 avgust, 14:50

    BMTning Afg‘onistondagi xodimalariga o‘lim bilan tahdid qilindi

    Dunyo | 11 avgust, 14:45

    Organizmga D vitamini tanqisligini bildiruvchi belgilarni bilasizmi?

    Maslahatlar | 11 avgust, 14:21

    Qashqadaryoda ayol qarindoshlari bilan boshqa ayolni “samosud” qildi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 14:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.