• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini mamlakatda birinchi marta nishonlanayotgan Xalqlar do‘stligi kuni bilan tabrikladi

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini 30-iyul – Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan tabrikladi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tabrik matni quyida to‘lig‘icha taqdim etiladi:

    Muhtaram vatandoshlar!

    Qadrli do‘stlar!

    Siz azizlarni butun O‘zbekiston xalqini mamlakatimizda birinchi bor nishonlanayotgan bayram – Xalqlar do‘stligi kuni bilan chin qalbimdan, samimiy muborakbod etib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

    Ma’lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining qaroriga muvofiq, 30-iyul – butun dunyoda Xalqaro do‘stlik kuni sifatida nishonlanib keladi. O‘zbekistonda shu yil 10-fevralda qabul qilingan qonunga asosan ushbu sana Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilandi. Bu bayramning ta’sis etilishi butun respublikamiz aholisining ayni ko‘nglidagi ish bo‘ldi.

    Bizning qadimiy va qutlug‘ zaminimiz ko‘p asrlar davomida Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashib, turli sivilizatsiya va madaniyatlar o‘zaro munosabatga kirishgan, nafaqat savdo, balki gumanitar aloqalar amalga oshirilgan markaz bo‘lib kelgan. Bu yerda yonma-yon yashagan turli xalqlar, madaniyat va dinlar vakillarining aynan do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari mintaqamizning madaniy rivoji uchun qudratli omil bo‘lgan.

    Chindan ham, bizning ajdodlarimiz og‘ir zamonlarda avvalambor ko‘pmillatli xalqimizning birligi va jipsligi, fidoyiligi, insonparvarligi va bag‘rikengligiga tayanib, barcha sinov va mashaqqatlarni yengib o‘tgan.

    O‘zbekiston – ulkan imkoniyat va resurslarga ega bo‘lgan mamlakat. Lekin bizning eng katta boyligimiz – turli millat va konfessiyalar vakillari o‘rtasidagi tinchlik va barqarorlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlikdir.

    Biz bunday bebaho boylik bilan haqli ravishda faxrlanamiz hamda davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini mamlakatimizdagi do‘stlik va ahillik muhitini mustahkamlashga yo‘naltiramiz.

    Mustaqil O‘zbekistonda millatlar va konfessiyalararo totuvlik va o‘zaro bir-birini tushunish, yosh avlodni bag‘rikenglik, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

    Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari, millati, tili va dinidan qat’i nazar, teng huquq va erkinliklarga ega ekani muhrlab qo‘yilgan. Ularga o‘z madaniyati, an’ana va urf-odatlarini rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

    Keyingi yillarda ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar o‘zining sifati va ma’no-mazmuniga ko‘ra yangi, yana-da yuksak bosqichga ko‘tarildi.

    Bugun biz o‘z oldimizga Yangi O‘zbekistonni barpo etishdek buyuk maqsadni qo‘ydik. Hech shubhasiz, bu borada jamiyatimizda qaror topgan do‘stlik va birdamlik muhiti mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlikni saqlash va mustahkamlash, islohot va yangilanishlar yo‘lidan izchil ilgarilab borish, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini oshirishning mustahkam asosidir.

    Hurmatli do‘stlar!

    Sizlarga ma’lumki, biz Millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosati konsepsiyasini qabul qildik. Bu hujjat ushbu yo‘nalishdagi izchil ishlarimizning samaradorligini oshirishning muhim huquqiy poydevoriga aylandi.

    Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari yagona va ahil oila bo‘lib yashayotgani barchamizni quvontiradi. Ular barcha soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilib, jonajon O‘zbekistonimizning ravnaqi va gullab-yashnashiga munosib hissa qo‘shmoqdalar.

    Yurtimizda 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar o‘z faoliyatini erkin amalga oshirmoqda. Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yana-da uyg‘unlashtirishda 150 ta milliy madaniy markaz katta rol o‘ynamoqda. Ularning ko‘p qirrali faoliyati har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Xususan, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi ushbu maqsadlar uchun zarur mablag‘larni yo‘naltirmoqda, turli subsidiya va grantlar ajratilmoqda.

    Toshkentda Do‘stlik bog‘i tashkil etilmoqda. Poytaxtimiz va hududlarimizda barpo etilgan Do‘stlik uylari fuqarolarimizni o‘z bag‘riga chorlaydigan markazlarga aylanmoqda.

    Davlat ta’lim muassasalarida o‘quv ishlari 7 tilda olib borilmoqda, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o‘z ko‘rsatuv va eshittirishlarini 12 tilda berib bormoqda.

    Biz so‘nggi yillarda chet ellarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan aloqalarni kuchaytirishga alohida ahamiyat bermoqdamiz. Ushbu yo‘nalishda chora-tadbirlar dasturi amalga oshirilmoqda.

    Biz barchamiz mamlakatimizda yashab, Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan turli millat va elat vakillari, jumladan, milliy madaniy markazlarning rahbarlari va faollarini yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz.

    Bu haqda so‘z yuritganda, Viktor Pak, Margarita Filonovich, Galina Melnikova, Vladimir Boyko, Viktoriya Akilova, Rahmatulla Jabborov, Rishat Nabiullin, Gulandom Subhonova, Hanifa Solihova, Umrizoq Quvvatov, Serikbay Usenov, Kaykep Aliyeva, Temur Kapadze kabi yosh avlodimizga o‘rnak bo‘lib kelayotgan taniqli jamoat arboblarining nomlarini alohida tilga olishni istardim.

    Qutlug‘ bayram – Xalqlar do‘stligi kuni arafasida turli millatga mansub fuqarolarimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar.

    Fursatdan foydalanib, ularni chin dildan tabriklab, barchasiga chuqur minnatdorlik bildiraman.

    Muhtaram vatandoshlar!

    Bugungi murakkab zamonda dunyoning turli mintaqalarida millatlar va konfessiyalar o‘rtasida keskinlik kuchayib bormoqda. Bunday tahlikali sharoitda biz birinchi navbatda jamiyatimizdagi tinchlik, barqarorlik va fuqarolararo totuvlikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashimiz, farzandlarimizni ko‘pmillatli xalqimizning yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlari ruhida tarbiyalashimiz zarur.

    Hurmatli do‘stlar, barchangizni yana bir bor Xalqlar do‘stligi kuni bilan tabriklayman.

    Ishonchim komilki, ushbu bayram yurtdoshlarimiz qalbida mustahkam o‘rin egallaydi va hayotimizda ezgu an’anaga aylanadi.

    Barchangizga sihat-salomatlik, yutuq va omad, oilalaringizga tinchlik va farovonlik tilayman.

    Go‘zal va betakror yurtimizda doimo tinchlik va osoyishtalik hukm sursin, ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqiga baxt-u saodat yor bo‘lsin!

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Ma’lumot uchun, 30-iyul — Xalqaro do‘stlik kuni. Ushbu kun 2011-yil 3-mayda BMT Bosh assambleyasi tomonidan e’lon qilingan. Mazkur masala bo‘yicha rezolyutsiyada “xalqlar, mamlakatlar, madaniyatlar va shaxslar o‘rtasidagi do‘stlik, tinchlikni ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni ilhomlantirishi va madaniy xilma-xillikni hurmat qiladigan jamiyatlar o‘rtasida ko‘priklar yaratish imkoniyatini yaratishi mumkin”, deb ta’kidlangan.

    Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari, shuningdek, 16 diniy konfessiya vakillari istiqomat qiladi. Mamlakatda 141 milliy madaniy markaz mavjud.

    Bundan avval Shavkat Mirziyoyev Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bir guruh fuqarolarni mukofotlagani haqida xabar berilgandi.

    30.07.2021, 21:12   Izoh (0)   27090
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Termizda afg‘onistonlik qochqinlar uchun lager qurilayotgani haqidagi xabarlar rad etildi

    30.07.2021, 20:41

    Shavkat Mirziyoyev Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bir guruh fuqarolarni mukofotladi

    30.07.2021, 20:11

    Qo‘qonda bir-biriga tutash 5 ta xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

    30.07.2021, 19:33

    Xorazmda totalizator orqali qo‘lga kiritgan 4 ta uy va 3 ta mashinani farzandlari nomiga rasmiylashtirgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    30.07.2021, 19:09

    TIV O‘zbekistonga kelgan turistda koronavirus aniqlansa, u o‘z yurtiga qaytarilishini ma’lum qildi

    30.07.2021, 18:56

    Shavkat Mirziyoyev talabalarga ajratiladigan ta’lim kreditiga oid qarorni imzoladi

    30.07.2021, 18:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyada 8-qavatdan tushib ketgan sayyoh o‘lib, so‘ngra tirildi

    Dunyo | 22 iyun, 23:50

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Yuventus” Marokash klubini yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

    Sport | 22 iyun, 23:24

    Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi (video)

    Dunyo | 22 iyun, 23:05

    Suriyadagi cherkovda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi (video, foto)

    Dunyo | 22 iyun, 22:39

    Superliga. “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”ni, “Sho‘rtan” “Surxon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 22 iyun, 22:33

    Eron oliy rahnamosi o‘z o‘limi ehtimoliga vorislarini tanladi — NYT

    Dunyo | 22 iyun, 22:06

    AQSH hujumiga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmoqchi. Bu nimani anglatadi?

    Dunyo | 22 iyun, 21:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.